335
MTYOB, MTYOO, HEQB tabelga binoan tashqi llovchi tibbiyot
muassasasa hisobidan ta’minlanadi.
Tabelda FMTX tuzilmalari va muassasalari uchun mo’ljallangan mollar
tarkibi (har bir predmet soni) ko’rsatiladi. Bu tuzilmalar mollari yashik – o’ramda
(to’plam)da saqlanishi kerak. Shu yashik–o’ramning og’irligi 50kg dan oshmasligi
lozim. To’plamdagi mollar uchun 2 ekzemplyar ro’yxat tuziladi. Birinchi
ekzmeplyari oluvchi shaxs qo’li qo’yilgan muassasada qoladi, ikkinchi ekzemplyari
to’plama ichiga qo’yiladi. FMTX tuzilmalarini tabelga asosan mollar bilan
ta’minlashga tashqi llashtiruvchi muassasa rahbari javobgardir.
Rahbar mutaxassis shifokorlar tavsifnomasiga asosan va kundalik ehtiyoj
mollari borligini hisobga olgan holda, ammo tuzilma tayyorligini pasaytirmasdan
to’plamda ko’rsatilgan ba’zi mollarni o’zgartirishi mumkin.
Shuni e’tiborga olish kerakki, MTYOB tabelga asosan eng kerakli maxsus
mollar bilan ta’minlanadi. Qolgan mollarni harbiy davrda qaysi muassasada
ishlashsa ulardan oladi.