• Tibbiy mol-mulk ta’minotini tashqi l. Qilish va uning vazifalari
  • Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati tuzilmalarini va muassasalarini




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet131/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

    Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati tuzilmalarini va muassasalarini
    tibbiyot, sanitar- xo’jalik va maxsus mol-mulklar bilan ta’minlash 
    Tinchlik va harbiy davrdagi Favqulotda vaziyatlarda aholining tibbiy 
    ta’minotini FMTX tuzilma va muassasalarini yaxshi tashqi llashtirilgan, aniq 
    amalga oshirilgan ta’minotsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tabiiy va texnogen 
    halokatlar yuz ber ganda hamda ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilgan hududlarda
    tibbiy yordamga muhtoj ko’p sonli zararlanganlar paydo bo’lishi mumkin. 
    Zararlanganlarga tibbiy yordam ko’rsatishi uchun ko’p miqdordagi tibbiy mol-
    mulklar, shu jumladan dori-darmonlarga bo’lgan ehtiyoj ortib ketadi. 
    Shu vaqtning o’zida zararlanish o’chog’ida tibbiy mol-mulklar ishlab 
    chiqarish tizimining safdan chiqishi va mulklarning bir qismi nobud bo’lishi FMTX 
    tuzilmalari va muassasalarining to’liq ishlashiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday 
    sharoitda FMTX ishida tibbiy mol-mulk ta’minotining roli bir necha marotaba 
    oshadi. 
    Tibbiy mol-mulk ta’minotini tashqi l. Qilish va uning vazifalari 
    Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmatida tibbiy mol-mulk ta’minoti quyidagi 
    holatga asoslangan holda tashqi llashtiriladi va amalga oshiriladi: 
    Tibbiy ta’minotni tashqi l qilish fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmatining 
    tuzilishiga va vazifalariga to’g’ri kelishi kerak. Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati 
    zararlanish o’chog’ida ko’p sonli sanitar yo’qotishlar ehtimoli borligi va ba’zi bir 


    329 
    davolash-profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar o’tkazish zarurligini hisobga
    olgan holda tibbiy mol-mulklar zaxirasini yaratishi lozim. 
    Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmatida tibbiy mol-mulk ta’minotini tashqi 
    llashtirish, sog’liqni saqlash tizimidagi tibbiy mol-mulk ta’minotini tashqi 
    llashtirish qoidalariga to’g’ri kelishi kerak. 
    Sog’liqni saqlash tizimi talablariga muvofiq fuqaro muhofazasi tibbiyot 
    xizmatida tibbiy mol-mulk ta’minoti boshqarmasi tuzilgan va uning vazifalari 
    belgilangan. 
    Tibbiy mol-mulk ta’minotini boshqarish organlariga dori-darmon, tibbiy 
    texnika va tibbiy ta’minot boshqarmalari kiradi. Bu boshqaruv organlaridan tashqari 
    ta’minot organlari ham mavjud, ularga, omborxonalar, dorixonalar kiradi. 
    Tibbiy tuzilmalarni va muassasalarni qon va uning preparatlari bilan 
    ta’minlash uchun qon quyish instituti, stantsiya va bo’limlar jalb etiladi, ularni 
    biologik preparatlar bilan ta’minlash uchun SENM, zardob va vaksina instituti zarur 
    bo’ladi. 
    Dorixona boshqarmasi FMTX tuzilma va muassasalarini dorilar, asboblar, 
    bog’lov vositalari va boshqalar bilan ta’minlashga javobgardirlar. Texnika va tibbiy 
    ta’minot boshqarmasiga FMTX tuzilmalarini tibbiy apparatlar, asboblar va 
    buyumlar bilan ta’minlash javobgarligi yuklatilgan. FMTX tuzilma va 
    muassasalarini aloqa vositalari, radiatsion va kimyoviy qidiruv asboblari va boshqa 
    maxsus buyumlar bilan ta’minlash FMTX shtab buyurtmasiga asosan FMTX shtabi 
    orqali bajariladi. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fuqaro muhofazasi tibbiyot xizmati tuzilmalarini va muassasalarini

    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish