326
SHTYOB hududiy sog’liqni saqlash organlari qaroriga asosan shahar, markaz,
tuman, tumanlararo davolash-profilaktik muassasalar tarkibida tuzilib o’choqda
(o’choq chegarasida) birinchi tibbiy yordam otryad tarkibida, mustaqil ishlash yoki
tez tibbiy yordam brigadani kuchaytirish uchun tuziladi.
Favqulotda vaziyat bo’lmaganda SHTYOB tuzuvchi muassasa rahbariga
bo’ysunadi. Favqulotda vaziyat sodir bo’lganda xabar ber ish, yig’ilish va brigadani
shay holatga keltirish hududiy markaz shoshilinch tibbiy yordam rahbarining
qaroriga asaosan amalga oshiriladi.
O’choq (o’choq chegarasida ) SHTYOB ustidan
umumiy rahbarlikni fojea
oqibatini yuqotishda qatnashayotgan aholining tibbiy ta’minotini tashqi llashtirgani
olib boradi.
Shoshilinch tibbiy yordam brigada tarkibida shifokor -1, hamshira -2, sanitar -1,
haydovchi saniatr -1. jami 5 kishi.
Tashqi llashtiruvchi muassasa rahbarining qaroriga asosan brigadaning
mo’ljallanishi va asosiy tarkibning o’zgarishi amalga oshiriladi.
Shoshilinch tibbiy
yordam brigadaning tibbiyot, sanitar – xo’jalik va maxsus mulklar bilan tabelga
asosan ta’minotini tashqi llashtiruvchi muassasa amalga oshiradi.
Ishga tayyor yuklar tuzuvchi muassasada maxsus transport o’ramlarda
saqlanadi
va 50ta zararlanganga mo’ljallangan. Brigada yuklarni tayyorlash, saqlash va
ularni yangilashni tashqi llashtiruvchi muassasa bosh shifokoriga yuklanadi.
Brigadani favqulotdda vaziyatda ishlashda doimo
shay holatda saqlash tashqi
llashtiruvchi muassasa bosh shifokoriga va hududiy shoshilinch tibbiy yordam
markaziga yuklatiladi.
Shoshilinch tibbiy yordam brigada vazifasi. Favqulotda vaziyatda:
-Brigadani o’z vaqtida yig’ish va Favqulotda vaziyat tumaniga yuborish;
-Fojea o’chog’ida (o’choq
chegarasida, zararlanganlarni yig’ish joyida) birinchi
shifokor yordamini tashqi l etish va ko’rsatish, shok profilaktikasi va unga
qarshi kurash, kechiktirib bo’lmaydigan holatda (qon ketishi, asfiksiya,
yurak
327
faoliyatining pasayishi, hushdan ketish, nafas olish buzilishi v.b.). yarada
infeksiya
rivojining oldini olish;
-Tibbiy saralashni tashqi l etish (hudud ichida va transportda ko’chirish);
-Aholining ommaviy zararlanish sharoitlarida qo’llash mumkin bo’lgan zamonaviy
tashxis qilish va davolash metodlarini qo’llash:
- Zararlanganlar va bemorlarni ko’chirishga tayyorlash.