• Maxsus ashyolarmollarga
  • Sarflanuvchi ashyolar
  • Inventar ashyolar
  • Hayot faoliyati xavfsizligi




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/147
    Sana25.05.2024
    Hajmi5,44 Mb.
    #253549
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147
    Bog'liq
    жумаева

    Tibbiyot ashyolarga: 
    dorilar, qon va uning preparatlari, bog’lovchi matolar, 
    tibbiy apparatlar, stomatologik mollar va boshqalar kiradi. 
    Sanitar-xo’jalik ashyolarga: 
    Kiyim-bosh, xalatlar, tapochkalar, xo’jalik-ishxona mebellari, vositalari va 
    boshqalardan tashqi l topilgan bo’lib odatda matyer ial-texnik ta’minot bazalaridan 
    olinadi. 
    Maxsus ashyolarmollarga: 
    Shaxsiy himoya vositalari, radiometrik, dozimetrik asboblar, qidiruv 
    asboblari, yoritish asboblari va boshqalar kiradi. 
    Bu mollar fuqaro muhofazasi va FMTX shtablari orqali talabnoma asosida 
    omborxonalardan olinadi. 
    Barcha tibbiyot mollari hisobot hujjatiga asosan sarflanuvchi va inventar 
    mollarga bo’linadi. 
    Sarflanuvchi ashyolar
    – bir marotaba foydalanadigan ashyolardan tashqi l 
    topgan (dorilar, biologik preparatlar, qon va qon o’rnini bosuvchilar, bog’lamalar, 


    333 
    dezinfeksiya mollari va boshqalar). Bular sarflanuvchi hujjatlar (retsept, yuk xati)ga 
    asosan dorixonadan byyer ilgandan so’ng hisobot qayd etuvchi hujjatga yoziladi va 
    darrov umumiy hisobdan o’chiriladi. 
    Inventar ashyolar
    – uzoq vaqt davomida bir necha marotaba foydalanuvchi 
    mollar – apparatlar, mebellar, asboblar va boshqalardan iborat. Bu ashyolar 
    belgilangan foydalanish yili va texnik holatiga qarab hisob-kitobidan ko’chiriladi. 
    Inventar ashyolar sifat holati (texnik holatiiga) asosan 5 toifaga bo’linadi. 
    1.
    Umuman ishlatilmagan yangi ashyolar; 
    2.
    Ishlatilgan, butun, yaroqli, foydalanish mumkin bo’lgan ashyolar; 
    3.
    O’rta, kundalik tuzatish talab qiluvchi ashyolar. Bu tuzatishni tibbiyot 
    tuzatish ustaxonasida bajarsa bo’ladi. 
    4.
    To’la (kapital) tuzatishni talab qiluvchi ashyolar. Bunda ma’lum qismlar 
    (detallar) almashtirilishi mumkin. 
    5.
    Ishga yaroqsiz, tuzatish murakkab, qimmatga tushuvchi, eski konstruksiyali 
    ashyolar. Shu toifadagi ashyolar hay’at qaroriga asosan hisob-kitobdan o’chiriladi. 
    Tuzilmalar va muassasalarni qon va uning o’rnini bosuvchi moddalar bilan 
    ta’minlash, ularning talabnomalariga asosan shahar qon quyish stansiyalari orqali 
    amalga oshiriladi. 
    Biologik moddalar bilan (vaksina, zardoblar) ta’minlash shahar, viloyat 
    sanitariya epidmiologiya nazorat markazi (SENM) tomonidan olib boriladi. 
    SENM esa ushbu moddalarni talabnoma asosida, shularni tayyorlovchi 
    maxsus institutlardan oladi. 

    Download 5,44 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   147




    Download 5,44 Mb.
    Pdf ko'rish