• Klapansiz «Lepestok» turdagi respiratorlar.
  • Nafas a’zolarining himoya vositalari




    Download 11,18 Mb.
    bet11/37
    Sana27.05.2024
    Hajmi11,18 Mb.
    #254801
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
    Bog'liq
    «Hayot faoliyati xavfsizligi»

    Nafas a’zolarining himoya vositalari. GOST 12.4.034-86ga asosan havo orqali ta’sir qiluvchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan odam nafas olish a’zolarini himoya qiluvchi moslamalar to’rt xil bo’ladi:

    • Gazniqoblar;

    • Respiratorlar;

    • Havo shlemlari;

    • Havo niqoblari;

    Bular kishini ish joyidagi havoda aralashgan har xil iflosliklardan (bug’, gaz, aerozol, changlar) va kislorod yetishmasligidan samarali himoya qilishi kerak. Ularni tanlashda, sexdagi havo muhitining tarkibi hamda holatini, ishlab chiqarish jarayonini va boshqa mehnat sharoitlarini hisobga olish kerak. GOST 12.4.034-86ga asosan nafas a’zolarini himoya vositalari ishlash prinsipi bo’yicha ikki turga:
    1 filtrlovchi (F)
    2 ihotalovchi (I) bo’ladi.
    Filtrlovchi turlari sex havosida kislorod miqdori yetarli (18 %dan kam bo’lmaganda) bo’lganda va zararli moddalar miqdori kam bo’lganda qo’llaniladi.
    Ihotalovchi himoya vositalari zararli moddalar sex havosida chegaralanmagan va kislorod yetarli miqdorda bo’lmagan hollarda ishlatiladi.
    Klapansiz «Lepestok» turdagi respiratorlar. Niqob 2 qavat dokadan i borat bo’lib, tashqi tamonidan dixloran bilan shisha aralashmasi singdirilgan. Doka qoplamalari o’rtasiga maxsus suniy tola(FPL) qo’yilgan bo’lib, bu tola yuqori darajada changni ushlab qolish qobiliyatiga ega. «Lepestok» turdagi respiratorlar o’zlarini chang o’tkazuvchanligi bilan «Lepestok-200», «Lepestok-40», «Lepestok-5» turlarga ega.
    Rasm 1. «Lepestok» turdagi respiratorlar
    «Lepestok-200» yuqori dispers-li, kichik va o’rta zaharli moddalar miqdori 200 MRK (me’yoriy ruxsat etilgan konsentrasiyasi)gacha bo’lganda zahrli ximikatlardan saqlanish uchun ishlatiladi.
    «Lepestok-40» havo tarkibida ingichka va o’rta dispersli aerozollar miqdori 40 MRK gacha bo’lganda ishlatiladi.
    Ingichka va o’rta dispersli changlar miqdori 5 MRK gacha bo’lganda «Lepestok-5» turdagi respiratorlardan foydalaniladi. «Lepestok» ho’l bo’lganda himoyaviy xossasini yo’qotadi. Barcha turdagi «Lepestok» turdagi respiratorlar faqatgina bir marotaba ishlatishga mo’ljallangan.
    Benzol fosfamid, fazalon turdagi o’ta kuchli zaharli ximikatlar va uchuvchan moddalar bilan ishlaganda «Lepestok» turidagi niqoblardan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

    Download 11,18 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




    Download 11,18 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nafas a’zolarining himoya vositalari

    Download 11,18 Mb.