РУ-60 М niqob filtrlovchi patronlar xususiyatlari
Filtrlovchi patronlar turi
|
Filtrlovchi patronni zaharli moddalardan himoya qilish xusuiyati
|
A
|
Aerozol va organik bug’lardan, fosfor va xlororga-nik birikmalardan( metofos ,bromofos, xlorofos, geksoxloran va boshqalar) qisqa vaqt ichida «G» markasiga ko’ra, simobli zaharlovchilardan ham himoya kiladi.
|
V
|
Aerozol va zaharli gazlardan hamda qisqa vaqt ichida «A» markasiga ko’ra aerozol va organik gazlar, fosfor, xlororganik birikmalardan himoya kiladi.
|
G
|
Simobli bug’ va aerozollardan himoya qiladi.
|
KD
|
Vodorod sulfit va aerozollardan himoya kiladi.
|
РУ-60 М turdagi gazniqobning ishlash tartibi, zaharli aralashmalarni filtrlovchi patronlar orqali tozalash va toza havoni nafas olish organlariga yetkazib berishdan iborat.РУ-60 М turdagi niqob A, V , G, va KD turdagi patronlar bilan ta’minlanadi (GOST 17269-71). Filtrlovchi patronlar zaharli moddalarning fizika-ximiyaviy xususiyatlari hamda zaharlilik 15 MRKgacha va havo tarkibidagi kislorod miqdori 18% kam bo’lganda ishlashga moslashtirilgan.
G azniqoblar. Zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda sharoitga qarab u yoki bu turdagi shaxsiy himoya vositalaridan foydalaniladi.
Gazniqobning 2 xili mavjud:
- filtrlovchi sanoat gazniqobi;
- ajratuvchi gazniqob.
Filtrlovchi sanoat gazniqobi. Bu gazniqoblarni atmosfera havosida 16% dan ortiq zaharli moddalar bo’lganda ishlatish mumkin.
S
Rasm 6. Sanoat gazniqoblari va uning filtrlari
anoat gazniqobining bir necha xil turi mavjud: aerozol–filtrsiz; aerozol-filtrli; aerozol filtrsiz niqob, shartli «8» raqami bo’ladi.
Gazniqob qutilari ma’lum maqsad uchun mo’ljallangan bo’lib, qutisining tashqi ko’rinishi rangi bilan farqlanadi. Himoyalash xususiyatlariga nisbatan gazniqob to’g’risida tushunchalar ilovadagi jadvalda keltirilgan.
|