|
Ba’zi bir ishlab chiqarish binolari uchun tavsiya
|
bet | 37/37 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 11,18 Mb. | | #254801 |
Bog'liq «Hayot faoliyati xavfsizligi»Ba’zi bir ishlab chiqarish binolari uchun tavsiya
etiladigan havo almashuchanlik k miqdori
№
|
Bino turi
|
Tavsiya etiladigan k
|
1
|
Dastgohlar o’rnatilgan bino
|
2-3
|
2
|
Dvigatel ta’mirlash binosi
|
2
|
3
|
Mis va akkumuliyator xizmati binosi
|
3-4
|
4
|
Payvandlash binosi
|
4-6
|
5
|
Temirchilik binosi
|
4-6
|
6
|
Yonilg’i apparatlari ta’miri binosi
|
2
|
7
|
Dvigatellarni sinash binosi
|
3
|
8
|
Yuvish va tozalash binosi
|
3
|
9
|
Duradgorlik binosi
|
2
|
10
|
Ma’muriy bino
|
1,5
|
11
|
Majlislar binosi
|
3
|
12
|
Chekish xonasi
|
10
|
Ilova 2
GOST 12.1.005-86 bo’yicha ish joylari havosi tarkibidagi ayrim
zararli changlarni ruxsat etiladigan me’yori (MRK), mg/m3
№
|
Moddalar nomi
|
MRK, mg/m3
|
1
|
Sement, minerallar va ularni aralashmalari (kremniy oksididagi saqlanmagan changni miqdori %;),
|
6
|
2
|
Ko’mir changi (kremniy oksididagi saqlanmagan chang)
|
10
|
3
|
Ko’mir changi (10% gacha kremniy oksididagi saqlangan chang)
|
4
|
4
|
Geksoxloran
|
0,1
|
5
|
Metafos
|
0,1
|
6
|
Dixlordiveniltrixloretan
|
0,1
|
7
|
Karbofos
|
0,5
|
8
|
Simob xloroksidi
|
0,1
|
9
|
Dixloretan
|
10
|
10
|
Sevin
|
1
|
11
|
Tiofos
|
0,05
|
12
|
Merkuran
|
0,02
|
Ilova 3
GOST 12.1.005-86 bo’yicha ish joylari havosi tarkibidagi ayrim
Gaz va bug’larning ruxsat etiladigan me’yori (MRK), mg/m3
№
|
Moddalar nomi
|
MRK, mg/m3
|
1
|
Uglerod oksidi
|
20
|
2
|
Ammiak
|
20
|
3
|
Benzin
|
100
|
4
|
Bromli metil
|
1
|
5
|
Aseton
|
200
|
6
|
Kerosin
|
300
|
7
|
Benzol
|
20
|
8
|
Sulfat kislotasi
|
1
|
9
|
Vodorodli sulfat
|
10
|
Ilova 4
Turli hayvonlarning uglerod oksidi va suv bug’ini
ajratish ko’rsatgichlari
№
|
Hayvonlar turi
|
Og’irligi, kg
|
Uglerod oksidi l/soat
|
Suv bug’i
l/soat
|
1
|
Yirik shoxli qora mollar
|
400…800
|
110…162
|
350…516
|
2
|
4oylikdan katta yosh qora molar
|
180…350
|
71…97
|
227…310
|
3
|
Tovuqlar (go’sht uchun)
|
2,5…3,0
|
1,8…2,0
|
5,0…5,5
|
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar
Havo almashuvchanlik deganda nimani tushunasiz?
Havo alamashtirishlik arraligi nima ?
Havo alamashtirish qurilmalarini tanlashda nima hisobga olinadi?
Havo almashtirishdan ko’zlangan maqsad nimadan iborat?
– Amaliy mashg’ulot.
Radiatsiya. Radioaktiv zararlanishni aniqlash.
11 – Amaliy mashg’ulot.
Havodagi chang miqdorini aniqlash.
Ishning maqsadi: Havo tarkibida bo‘lgan chang miqdorini amaliy jihatdan
aniqlash va respirator samaradorligini baholash bo‘yicha tajriba orttirish.
Ishning vazifasi:
1. Changning turlari va ularning zararli xususiyatlari bilan tanishish.
2. Sanitar me’yor tomonidan turli changlarga belgilangan eng yuqori yo‘l
qo‘yiladigan konsentratsiyalar va ularning xavflilik sinflari bilan tanishish.
3. Havodagi chang miqdorini gravimetrik (massasini o‘lchash) uslubda
aniqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar va ularning vazifalari bilan tanishish.
4. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi havo tarkibida bo‘lgan chang
miqdorini aniqlash.
5. Olingan natijalarni sanitar me’yor talabi bilan taqqoslash va xulosa qilish.
6. Zarur holatda havo tarkibidagi chang miqdorini talab darajasiga keltirish
uchun tadbirlar ishlab chiqish.
7. Respirator samaradorligini baholash bo‘yicha tajriba o‘tkazish.
Ishni bajarishdagi texnika xavfsizligi talablari.
1. Тajriba o‘tkazishdan oldin talabalar texnika xavfsizligi yo‘riqnomasidan
o‘tishi kerak.
2. Butun tajriba o‘tkazish jarayoni ma’sul shaxs nazorati ostida olib borilishi
kerak.
3. Uskunani tarmoqga ruxsatsiz ulash mumkin emas.
4. Uskunada tajriba o‘tkazish sxemasini yig‘ish ishlari aspirator kuchlanishdan
ajratilgan holatdagina olib borilishi shart.
5. Aspiratorni yerga ulash simining butunligini tekshirish lozim.
6. Yig‘ilgan tajriba o‘tkazish sxemasi o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinishi
lozim.
7. Nazoratdan keyin faqat o‘qituvchining ruxsati bilangina uskunani ishga
tushirish lozim.
8. Тajriba o‘tkazish vaqtida aspiratorning kuchlanish ostidagi ochiq metall
qismlarga tegish taqiqlanadi.
9. Uskunada ajratish ishlarini o‘tkazish faqat kuchlanish uzilgandan keyinginga
ruxsat qilinadi.
10. Тajriba tugashi bilan uskuna tarmoqdan ajratilishi lozim.
11. Ishdan keyin ish o‘rni talab darajasida tartibga keltirilishi lozim.
Тajriba o‘tkazish uchun zarur asbob - uskunalar va materiallar.
1. Changlatish uskunasi, 1 ta.
2. Тaxta changi, 0,5 kg.
3. Elektr aspirator, 1 ta.
4. AFA-VP-10 yoki AFA-VP-18 turidagi filtrlar, 5 ta.
5. Allonj, 1 ta.
6. Rezina shlang, 1,5 m.
7. Respirator, 1 ta.
8. Konussimon nasadka, 1 ta.
9. Laboratoriya analitik tarozisi, VLA-200g-M, 1 ta.
10. Spirtli yoki simobli termometr, 1 ta.
11. Barometr-aneroid (shkalasi mm.sim.ust.), 1 ta.
12. Sekundomer, 1 ta.
13. Pinset, 2 ta.
14. Polietilen qopchalar.
Umumiy ma’lumotlar
Qishloq va suv xo‘jaligida bajariladigan juda ko‘p texnologik jarayonlarni va
ishlarni bajarishda inson organizmiga salbiy ta’sir qiluvchi chang hosil bo‘ladi.
Masalan, chang yer-tuproq ishlarini bajarishda, tuproqqa ishlov berishda, yer
tekislashda, kanallar va ariqlarni aktiv ishchi organga ega bo‘lgan meliorativ
mashinalar bilan qazishda, qurilish ishlarida, yetishtirilgan hosilni yig‘ishtirib
olishda, transport ishlarini bajarishda va boshqa ishlarda amalga oshirshda juda
jadal ravishda ajralib chiqadi.
Chang deb har qanday modda va jismlarning havoda muallaq holda uchib
yurgan mayda zarrachalariga aytiladi. Havoda uchib yurgan chang aerozol deb,
yuzaga cho‘kkani esa aerogel deb ham aytiladi.
Kelib chiqishiga qarab ular organik (o‘simlik va boshqa tirik organizmlardan
ajralib chiqadigan) va noorganik (turli qattiq moddalar, minerallar va metallardan
ajralib chiqadigan) hamda yuqoridagi ikkisining qo‘shilgani - aralash changlarga
bo‘linadi.
O‘lchamlari bo‘yicha changlar quyidagicha sinflanadi:
• ko‘zga ko‘rinadigan changlar – o‘lchamlari 10 mkm katta;
• mikroskopik changlar – o‘lchamlari 0,25 ... 10 mkm;
• ultramikroskopik changlar – o‘lchamlari 0,25 mkm kichik.
Inson organizmiga chang zararli ta’sirining darajasi nafas olishda yutilayotgan
chang miqdoriga, chang zarrachalari o‘lchamlariga, zarrachalar shakliga, changning
kimyoviy tarkibiga va eruvchanligiga bog‘liq. Nafas olishda yutilayotgan chang
miqdori esa ish o‘rni havosining changlanganlik darajasiga bog‘liq. Changlangan
havo ishlash va undan nafas olish natijasida odam organizmining nafas olish
organlari, ovqat hazm qilish organlari, ko‘zi, terisi va boshqa organlari turli darajada
zararlanishi mumkin. Shularning ichida eng xavflilari o‘pka silikozi, ko‘zga
qorachig‘ining xiralashishi, ko‘zda oq parda hosil bo‘lishi, teri yallig‘lanishi,
qichima va boshqa teri kasalliklaridir.
O‘lchamlari 5 mkm dan kichik bo‘lgan chang zarrachalari o‘ta xavfli
hisoblanadi. Ular yuqori nafas olish organlarida ushlanib qolmasdan o‘pkaning ichgi qismiga (alveolga) chuqur kirib borib silikoz (kvarsli changni yutganda), antrokoz
(ko‘mir changini yutganda), asbestoz (asbest changini yutganda) va kimyoviy
tarkibiga bog‘liq holatda boshqa turdagi kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Chang zaharli va zaharsiz bo‘lishi mumkin. Bu uning kimyoviy tarkibiga
bog‘liq. Zaharli changlar kukunsimon pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar va boshqa
kimyoviy moddalar bilan ishlaganda hosil bo‘ladi. Bundan tashqari zaharsiz chang
tarkibida turli mikroorganizmlar va mikroblar bo‘lishi mumkin. Bu holat uning
zararli ta’siri oqibatini og‘irlashtiradi.
Ba’zi bir changlar inson sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lishidan tashqari havo bilan
ma’lum bir konsentratsiyada aralashma hosil qilganda portlash xususiyatiga ega.
Bularga ko‘mir, torf, yog‘och-taxta, shakar, un, don, tamaki va teri mahsulotlari
changlari kiradi. Ba’zi bir changlar portlashining pastki konsentratsiya chegarasi va xavflilik sinfi 2.1-jadvalda keltirilgan.
«Hayot faoliyati xavfsizligi»
fanidan « mehnat muhofazasi » qismi uchun
uslubiy ko’rsatma
Bosmaga berildi «_____»______________. Bosishga ruxsat etildi «_____»_________________
Kogoz bichimi 60x84 1/16. Hajmi _____4.8__ b.t. Buyurtma №______500nusxa .
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti.
|
| |