• Kalit so`zlar
  • Yadro fizikasi nurlanishlarining meditsinada




    Download 193,91 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana28.05.2024
    Hajmi193,91 Kb.
    #255976
      1   2   3


    International Conference on Developments in Education 
    Hosted from Toronto, Canada 
    https

    econferencezone.org 
     
    May 21
    st
     2022 
    25 
    YADRO FIZIKASI NURLANISHLARINING MEDITSINADA 
    QO‘LLANILISHI 
    Qurbonov Anvar Razzoqovich
    Xoshimova Soxiba Janzakovna, 
    Qurbanova Barno Qurbon qizi 
    1
    f-m,f.f.d.(PhD), Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax sh. 
    2,3
    magistr, 
    Jizzax davlat pedagogika instituti, Jizzax sh. 
     
     
    Annotatsiya
    . Yadro fizikasi nurlanishlarining meditsinada qo‘llanilishi asab va yurak qon tomir tizimlari, 
    nafas olish va ovqat hazm qilish organlari, tayanch harakat tizim, ginekologik kasalliklar va metabolik 
    kasalliklarni davolashda radon havosi, radon suv va loy vannalari, shuningdek havo ingalatsiyasi va 
    emanatsiyasi jarayonlarida yadro nurlanishlarini muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada yadro fizikasi 
    nurlanishlarining insonga tasiri, qolaversa radon radioaktiv elementi hususiyatlari keltirib o’tilgan. 
    Kalit so`zlar:
    tabiiy radiatsion fon, radionuklid, uran, radon, kosmogen radionuklidlar, emanatsiya. 
    Radiatsiya tabiatda uchraydigan turli radioaktiv elementlardan hosil bo’ladigan nurlanishlar va kosmik nurlar 
    ta’sirida hosil bo’ladi. Radiatsiya hamma joyda havoda, suvda, tuproqda va tog’larda mavjud. Radiatsiya 
    Yerning turli joylarida turlicha bo’ladi, shunday joylar borki radiatsiya juda yuqori bo’ladi. Kosmik nurlar 
    ta’sirida radiatsiya hosil bo’lishi ekvatorga nisbatan qutblarda kuchliroq bo’ladi, ya’ni kosmik nurlar 
    ekvatorga nisbatan qutblarga ko’proq tushadi. Biroq tabiiy radiatsiyaning kosmik nurlar ta’sirada hosil 
    bo’lishi arzimagan qismini tashkil qiladi [1,2]. 
    Inson organizmida turli xil ximiyaviy elementlar mavjud, bu elementlar ichida uglerod elementi asosiy o’rinni 
    egallaydi. Tabiatda uglerodning asosiy uchta izotopi: 
    12
    C (98.89%), 
    13
    C (1.1%) va 
    14
    C (0.01%) uchraydi. Bu 
    izotoplar ichida 14C-izotopi radioaktiv bo’lib, uning yarim yemirilish davri ~5700 yilga teng. Yerda 
    radioaktiv uglerod 
    14
    С - lar atmosferadagi azot yadrolari bilan kosmik nurlar tarkibidagi neytronlar o’zaro 
    ta’sirlashuvidan hosil bo’ladi [3]:
    14
    N + n → 
    14
    С + p. 
    Radiatsiyaning tabiiy foni (tabiatdagi radiatsiya miqdori), gravitasiya va elektromagnit maydonlar kabi atrof 
    muhitning ajralmas omilidir. Barcha tirik organizmlar tabiiy nurlanishning doimiy ta’siri ostida rivojlanadi, 
    nurlanishlar tirik organizmlarning hayotiy faoliyati jarayonida muhim rol o’ynaydi. Bundan tashqari 
    dunyoning turli joylarida radiatsiyaning miqdoriy qiymati sezilarli darajada farq qiladi [4]. 
    Yer qobig’ining radionuklidlari ham quruqlik ham kosmogen kelib chiqishi mumkin. Yerda yuz beradigan 
    tabiiy radionuklidlar radioaktiv oilalarga mansub radionuklidlar va D.I. Mendelev elementlar davriy 
    sistemasining o’rta qismi elementlarining radionuklidlariga bo’linadi. Hammasi bo’lib tabiatda uchta 
    radioaktiv oila mavjud: uran-radiy, toriy va aktiniy. Oilalarning har biri radionuklidlar zanjirini hosil qiladi, 
    unda keying nuklid avvalgisining parchalanish mahsulotiga aylanadi. Ularning har birida dastlabki 
    radionuklid va yakuniy parchalanish mahsuloti (odatda qo’rg’oshinning barqaror izotoparidan biri) mavjud 
    bo’ladi. Har uchala oilada parchalanish mahsulotlaridan biri gaz (radon izotoplaridan biri) bo’lib, u emanatsiya 
    deb deyiladi. Emanatsiya havoda, suvda va tuproqda sezilarli miqdorda parchalanish mahsulotlarining 
    mavjudligiga olib keladi. Uran-radiy oilasida dastlabki nuklid 
    238
    U, yakuniy parchalanish mahsuloti 
    206
    Pb va 
    emanatsiyasi radon 
    222
    Rn izotopiga tegishli bo’ladi. 
    Toriy oilasining dastlabki nuklidi 
    232
    Th, yakuniy parchalanish mahsuloti 
    208
    Pb va emanatsiya toron 
    220
    Rn 
    izotopiga tegishli bo’ladi. Aktiniy oilasining dastlabki nuklidi 
    235
    U, yakuniy parchalanish mahsuloti 
    207
    Pb va 
    emanatsiyasi action 
    119
    Rn izotopiga tegishli bo’ladi. Radon o’zining radioaktiv parchalanish mahsulotlari 
    bilan birgalikda aholi tomonidan yer usti nurlanish manbalaridan olinadigan yillik individual ekvivalent 
    nurlanish dozasining taxminan ¾ qismiga va barcha tabiiy nurlanish manbalaridan olingan dozaning yarmiga 
    to’g’ri keladi. Radoning radioaktiv ta’siri uning α-radioaktivligi va radioaktiv uchuvchan bo’lmagan 
    parchalanish mahsulotlari –Po, Bi va Pb bilan bog’liq bo’lib, ular juda qiyinchilik bilan tanadan chiqariladi. 



    Download 193,91 Kb.
      1   2   3




    Download 193,91 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yadro fizikasi nurlanishlarining meditsinada

    Download 193,91 Kb.
    Pdf ko'rish