• 1.Changlar, aerozollar va ularning turlari
  • O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi




    Download 1.36 Mb.
    bet1/2
    Sana05.10.2023
    Hajmi1.36 Mb.
    #86559
      1   2
    Bog'liq
    2 mustaqil
    8.19-dars, AkT fanidan 1-Amaliy mashg`ulot , test on, 6-задание



    Mustaqil ish2

    Bajardi: Orziyeva N. U.


    Ishlab chigarish changlar turlari, insonga ta'siri va changdan ximoyalanish





    Reja:
    1.Changlar, aerozollar va ularning turlari.
    2. Ishlab chiqarish changi va uning inson organizmiga ta’siri
    3. Nafas olish organlarining individual himoya vositalari
    1.Changlar, aerozollar va ularning turlari
    Havo yoki gaz tarkibidagi qattiq zarrachalarga, chang deyiladi. Chang zarrachalarining o‘lchami 5-10 mkm atrofida bo‘lishi mumkin. Ularning kelib chiqish sabablariga ko‘ra 2 guruhga bo‘lish mumkin.
    1. Tabiiy changlar, ya’ni inson ta’sirisiz hosil bo‘ladigan changlar. Bu guruhga yer ustki qatlamining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi natijasida o‘simlik va hayvonot olamida paydo bo‘ladigan changlar, vulqonlar otilishi natijasida paydo bo‘ladigan changlar, koinot changlari va boshќagi tabiiy changlar kiradi.
    2. Sun’iy changlar, yani sanoat korxonalarida va qurilishda insonning bevosita ta’siri natilasida hosil bo‘ladigan changlar.
    Bu guruhga qurilish sanoatida, yer qazish, beton qorish ishlarida sement, ohak ishlab chiqarish, yengil sanoati va kimyo sanoatida paxtaga ishlov berish paytida ajralib chiqadigan changlar kiradi. Bu changlarni havoga tarqalib ketishi atrof muhitni ifloslanishiga va turli kasalliklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
    Kimyoviy va mineralogik tarkibiga qarab changlar quyidagi 5 asosiy guruhlarga bo‘linadi.
    1.Organik changlar. Bu guruhga yog‘och, ko‘mir, torf, o‘simliklar va hayvonot changlari (masalan, paxta, pilla, qog‘oz va boshqa xom-ashyolarga ishlov berish paytida hosil bo‘ladigan changlar) kiradi.
    2.Anorganik changlar. Kvars, sopol, marmar, sement, ohak, tuproq, ma’danlar va boshqa materiallarga ishlov berish paytida hosil bo‘ladigan changlar ushbu guruhga kiradi.
    3. Zaharli changlar.
    4. Portlovchi changlar
    5. Yonuvchi changlar
    Zarrachalarning o‘lchamiga qarab, changlar 3 guruhga bo‘linadi.
    1. Ko‘zga ko‘rinuvchi changlar. Bunday chang zarrachalarning o‘lchami 10 mkm dan katta bo‘lib, ular o‘z og‘irligi bilan bemalol cho‘ka oladi.
    2. Mikroskopik changlar. Ularning o‘lchami 0,25 - 10,0 mkm atrofida bo‘lib, yerga asta-sekinlik bilan cho‘kishi mumkin.
    3. Ultramikroskopik changlar. O‘lchami 0,25 mkm dan kichik bo‘lgan bu changlar havoda muallaq turadi va ularni elektron mikroskoplar yordamida ko‘rish mumkin.
    O‘lcfmi 10 mkm dan kichik dispers sistemalarga, ayerozollar deb ataladi. Chang va ayerozollarning o‘lchami qancha kichik bo‘lsa, ular nafas olish azollari orqali organizmga tez singib boradi.
    Chang zarrachalarining solishtirma yuzalari kattaligi tufayli ular tez yonuvchan va portlash xususiyatiga ega. Agar yuzasi 1 sm2 ga teng bo‘lgan qattiq jismni yuzalari 0,1 mkm2 ni tashkil etadigan kublarga bo‘lsak, unda kublarning umumiy yon yuzalari 6 sm2 dan 60 m2 gacha bo‘lishi mumkin. Demak, chang zarrachalarining harakatlanishiga ularning o‘lchami, massasi, zichligi va solishtirma yuzasi katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Ishlab chiqarish korxonalarida 1 m3 havo tarlibida 100 mg va hatto undan ham ortiq chang zarrachalari bo‘lishi tabiiy holdir. Shuning uchun gaz, bug‘ va changlarning xavfigiga qarab, ish joylarida ularning havodagi ruxsat etilgan chegaraviy konsentrasiya (REChK) lari belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Changlarning kimyoviy tarkibiga ќarab, ish joylari uchun 10/mg3 gacha va aholi yashaydigan hududlar uchun esa 0,5 mg/m3 gaca REChK lari belgilangan.
    Agar havo tarkibida uglerod oksidining miqdori 50, 100 va 200 mg/m3 ni tashkil etsa, unda ishchiga mos ravishda 1 soat, 30 daqiqa va 15 daqiqa ishlashga ijozat beriladi.
    Qurilish sanoatida ishlatadigan sement tarkibida xrom (U1) mavjud Uning hatto 0,001 % miќdorda mavjudligi allergiya kasalligini qo‘zg‘atadi. Xromdan terini oshlashga ham keng qo‘llaniladi. Demak, korxonalarda zararli moddalarning REChK lariga ahamiyat berish kata ahamiyatga ega.
    Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, korxonalarda chang havo yoki gazlarni tozalash uchun chang zarrachalarining o‘lchamlariga qarab, tozalash usuli va qurilmalari tanlab olinadi.
    Malumki, ishlab chiqarish korxonalarida materiallarni yanchish, aralashtirish, uzatish va ќuritish jarayonlarida zarrachalarining o‘lchami 3-70 mkm atrofida bo‘lgan changlar paydo bo‘ladi. Yoqig‘ilarni yoqish paytida tutunlar, buglarni kodensatsiyalashda esa tumanlar paydo bo‘ladi. Tutun va tumanlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalarning o‘lchami 0,3 - 5,0 mkm atrofida bo‘lishi mumkin.
    Shuni alohida takidlash kerakki, zararli moddaning inson organizmiga singib borishi turli kasalliklarni paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shuning uchun atmosfera havosini tozalash katta ahamiyatga ega.
    Bundan tashќari, hozirgi paytda atmosfera havosining suniy ifloslanishi inson faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning tabiiy ifloslanishidan ustunlik qilmoqda. Bu esa asmosfera havosini tozalab turishni taqozo etadi.
    Atmosfera havosi 3 ta asosiy maќsadlarda tozalanadi.
    1.Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish, yani havo tarkibidagi zararli moddaning miќdori uning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiya (REChK)sidan oshib ketmasligini taminlash uchun.
    2. Havo yoki aralashma gazlar tarkibidan ќimmatbaho mahsulotlarni ajratib olish uchun.
    3.Texnologik jarayonlarga salbiy tasir etuvchi va asbob-uskunalar, hamda ќurilmalarning buzulishini tezlashtiruvchi moddalarni havo yoki gaz aralashmalari tarkibidan ajratib olish uchun.
    Atmosfera havosi tarkibida turli kimyoviy xossalarga ega bo‘lgan changlar mavjud. Yoqilg‘ilarni to‘liq yonmaganligi tufayli qoraquya paydo bo‘ladi. Uning 90-95% ni uglerod zarrachalari tashqil etadi. Anorganik changlarning atmosfera havosi tarkibidagi REChKsi 0,05 mg/m ni tashqil etadi. Qoraquya uglevodorodlar va benz (a) piren kabi zaharli moddalarni adsorbsiya qilish qobiliyatiga ega.
    Zaharli changlarning o‘lchamlari kichik (0,5-10,0mkm) bo‘lganligi uchun, ular nafas olish yo‘llari orqali tez organizmga singib borish xususiyatiga egadirlar. Shuning uchun, ulug‘ bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino ming yillar oldin «chang va g‘ubor bo‘lmaganda, inson ming yil yashar edi!» deb, bejiz aytmagan.

    Download 1.36 Mb.
      1   2




    Download 1.36 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘simliklar evolyusiyasi va tirik tabiatning tarixiy jarayonda paydo bo‘lishi

    Download 1.36 Mb.