Joriy yo’riqnoma - maxsus ruxsat talab etiladigan xavfi yuqori bo’lgan ishlarni bajarish uchun yuboriladigan ishchilar bilan o’tkaziladi va ruxsatnoma (naryad-dopusk)ni «xodim joriy yo’riqnomadan o’tganligi to’g’risida» gi katakda ish joyi rahbari tomonidan belgi qo’yiladi.
Kurslarda o’qitish - mehnat muhofazasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi bo’yicha ishchi xodimlarni malakasini oshirish maqsadida, maxsus vaqtinchalik kurslar tashkil etish orqali amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Ishchi-xodimlarni malakasini oshirish majlis va seminarlarda qatnashish hamda radio va televedeniye, ko’rgazmalar, ekskursiya va kinofilmlar namoyish etish yo’li bilan ham amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar, mutaxassislik bo’yicha o’quv qo’llanmalar, hamda ilovada keltirilgan ma’lumotlar asosida, quyida keltirilgan ishlar uchun yo’riqnoma namunasini tuzing.
Mavzu bo’yicha masalar
Dala boshida g’alla o’rim yig’imini boshlashdan oldin kombayn boshqaruvchisi uchun xavfsilik yo’riqnomasini tuzing.
Elektr qurilmasiga xizmat ko’rsatish uchun navbatdan tashqari xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Qishloq xo’jalik ekinlariga ximiyaviy ishlov berishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Somon va boshqa chorva ozuqalarni ortishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Mineral o’g’itlarni saqlash va tashishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Chorva mollarini vaksinasiya qilishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini konservalash va saqlashda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Yerga ishlov beradigan agregatlardan foydalanishda va xizmat ko’rsatishda xavfsizlik yo’riqnomasini tuzing.
Ilova 1
1 – shakl
Mehnat xavfsizligi bo’yicha kirish yo’riqnomasini
hisobga olish varaqasi
Vazirlik ,konsern ______________________________
Korxona nomi _____ manzili _______________________
Xodimni yo’llagan korxona __________________________
Familiyasi___________Ismi_____________Otasining ismi_________
Tug’ilgan yili______________Kasbi__________________
Ish staji_________________yil. Umumiy ish staji_________
Mehnat qilish uchastkasi______________________________
Yo’riqnoma o’tkazgan kishi F.I.Sh.___________________, imzosi_________
Yo’riqnoma o’tkazilgan sana ___________________________
|