• Maxsus korjomalar
  • Niqobning o’lchami aniqlash usuli




    Download 11,2 Mb.
    bet15/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    Niqobning o’lchami aniqlash usuli



    Yuzning balanligi, mm

    Gazniqob
    O’lchami

    109gacha
    109…119gacha
    119dan yuqorisi

    1
    2
    3

    Niqobning aniq o’lchami sinov vaqtida, kishining yuziga tekis yopishib turishi bilan tanlanadi.


    Niqoblarni shunday kiyish kerakki, unga iyak va burun yaxshi o’rnashishi lozim, bosh uzra o’tkaziladigan tasmani mos holga keltirib tikish mumkin. Yangi niqoblar va qo’shimcha patronlar harorat 5OS darajada bo’lgan quruq toza, gazsiz binolarda saqlanadi.
    Maxsus korjomalar. Ishlab chiqarishdagi zararlarning xarakteriga moslab shaxsiy himoya vositalari uchun material tanlanadi va tikiladi. Maxsus korjoma ishlovchilarni tashqi muhitning salbiy ta’siridan saqlashga mo’ljallangan. Korjoma kiyganda kishi tanasining havo almashish funksiyasi buzilmasligi, ishchi o’zini qulay his qilishi va ish sharoitida xavfsiz bo’lishi zarur, u kishining erkin harakatiga to’sqinlik qilmasligi va aylanib turuvchi qismlarga o’ralib ketishi mumkin bo’lgan osilib yoki chiqib turuvchi qismlari bo’lmasligi kerak.
    Changli sharoitda ishlovchi ishchilar paxta ipidan to’qilgan satin xalatlar, o’ta changli xonalar, masalan, chang kameralarini, filtr xonalarini, shahta, chang yerto’lalarini tozalaydigan ishchilar chang o’tkazmaydigan matodan to’qilgan kombinezonlar bilan ta’minlanadi. Harakatlanib turuvchi mexanizmlar yaqinida turib ishlovchilarga (operatorlar, moylovchilar, ta’mirchi-chilangarlar va sh.k.) paxta ipidan to’qilgan belbog’siz ichki cho’ntakli kombinezonlar beriladi.



    • korjomalar (kombinezon, yarim kombinezon, kurtka, shim, kostum, xalat, plash, po’stin, fartuk, nimchalar);






    • maxsus poyabzal (etik, qo’nji kalta etik, botinka, qo’njli botinka, tufli, kalish, botilar);






            • qo’llarni himoya qilish vositalari (qo’lqoplar);




            • boshni himoya qilish vositalari (kaska, shlem, shapka, beretka, shlyapalar);



            • yuz va ko’zni himoya qilish vositalari (himoya niqoblari);




            • eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari;




            • e htiyot moslamalari (ehtiyot kamarlari, dielektrik gilamchalar, qo’l changaklari, manipulyatorlar, tizza, tirsak va yelkani ehtiyot qilish moslamalari);

    Suyuq xavfli suyuqliklar bilan ishlaydigan ishchilari dag’al jundan yoki paxta ipidan to’qilgan, kislota ta’siriga chidamli modda shimdirilgan matolardan to’qilgan shim va kurtkalar bilan ta’minlanadilar. Shu maqsadda dag’al jun va xlorin tolasi aralashmasidan to’qilgan, kislota ta’siriga chidamli movutdan maxsus korjomalar tikiladi. Hozirgi paytda kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli sintetik tolalar (lavsan, nitron) jun tolalari bilan aralashtirilgan holda yoki faqat sintetik tolalardan to’qilgan matolar keng qo’llaniladi.


    O’ta nam xonalarda ishlovchi ishchilarga paxta tolasidan to’qilgan, namiqmaydigan (suvni o’ziga tortmaydigan) kostum va ko’krak fartuklari, qo’lga kiyish uchun rezina qo’lqoplar beriladi. Maxsus poyabzal ishchining oyoqlarini har xil zararli modda va xavflardan saqlashga mo’ljallangan.
    Qo’llarni jarohatlanishdan saqlash maqsadida ishchilar qo’lqoplar bilan ta’minlanadi. Qo’l teri qatlamli qo’lqoplar, to’qima qo’lqop, kaftlik, panjaliklar, shuningdek himoyalovchi «Serrigel», «Ayro», «IER-1», «IER-2» va boshqa pastalar; «Silikonli», «Plyonka hosil qiluvchi» kremlar va «Feya», «Soj», «Ralli» pastalari, DNS-AK-sovun va boshqa vositalar bilan himoyalanadi.
    Kislota bilan bevosita ishlovchilarga dag’al jun qo’lqop, ishqor bilan ishlovchilarga paxta ipidan yoki brezentdan tikilgan kostum va ko’krak fartuklari beriladi. Shuni aytish kerakki, ishqorlar jundan to’qilgan matolarni yengil parchalaydi, shuning uchun ularni ishqor bilan ishlashga qo’llab bo’lmaydi.
    Ish tugagandan so’ng rezinali qo’lkoplarni yechmay turib, zararsizlantiruvchi eritma bilan yuviladi. Shundan so’ng niqob, etik, kambinezonni yechish kerak. Rezina qo’lqop yana zararsizlantiruvchi eritmada yuviladi.Maxsus kiyimlar ishdan so’ng maxsus ajratilgan joylarda, ochiq maydonlarda shamol esishiga qarshi yunalishida yaxshilab silkitiladi yoki qoqiladi. Bu maqsadda chang yutgichdan foydalanish mumkin.
    Shaxsiy himoya vositalari tozalangandan so’ng, usti berk yoki ochiq joylarda osib qo’yiladi. Kimyoviy moddalar bilan bevosita ishlaydigan kishilarga mazkur korxona tashkilot, xo’jalik ma’muriyati tamonidan maxsus oziq ovqat bilan ta’minlanishi shart.



    Download 11,2 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




    Download 11,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Niqobning o’lchami aniqlash usuli

    Download 11,2 Mb.