• Issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan jarohatlangalarga yordam ko’rsatish.
  • Suyaklarda sinish va chiqish sodir bo’lganda yordam ko’rsatish
  • «Hayot faoliyati xavfsizligi»




    Download 11,2 Mb.
    bet24/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    1-Jigar; 2-oshqozon; 3-yo’g’on ichak; 4-kichi ichaklar


    1-O’pka; 2-buyrak usti bezlari; 3-Jigar; 4-buyrak; 5-peshob oquvchi; 6-kichik ichaklar; 7-yo’g’on ichak; 8-taloq



    Rasm 4. Qorinning ustki qismi va bo’shlig’idagi a’zolarning joylashuvi

    Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog’lam qo’yiladi. Buning uchun jarohat ustiga havo o’tkazmaydigan material qo’yib, ustidan 3-4 qavat sterillangan ro’molcha yoki bint va paxta qo’yiladi. Shundan keyin jarohat bint bilan kattiq bog’lab qo’yiladi.


    Issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan jarohatlangalarga yordam ko’rsatish. Kishi issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan biror joyini kuydirib qo’ysa jarohatlangan joyni kaliy permanganat eritmasi yoki ichimlik sodaning 2% li eritmasi bilan ho’llash lozim. 2- va 3-darajali kuyishlarda terining shu joyiga kaliy permanganat eritmasi surtiladi, quruq sterillangan bog’lam qo’yiladi va darhol shifoxonaga yuboriladi.
    Kimyoviy kuyishlarda, tananing kuygan qismini suv bilan kamida 20 daqiqa yuvish kerak. Shundan keyin sodaning 2% li eritmasi yoki borat yoxud sirka kislotalarning 1% li eritmasi bilan ho’llangan nam bog’lam qo’yiladi.
    Zaharli chang va gazlar bilan zaharlanganlarga yordam ko’rsatish. Pestisidlar bilan zaharlanganda, jabrlanuvchini pestisid sepilgan daladan ochiq havoga olib chiqish va teriga tushgan bo’lsa, u holda terini suv oqimi bilan yuvish yoki artib tashlash lozim. Agar pestisid organizmga, oshqozon-ichak yo’lidan o’tgan bo’lsa, qustirish uchun iliq suv yoki kuydirilgan magneziy eritmasi beriladi va jabrlanuvchining oshqozon atrofi o’qalanadi, so’ngra jabrlanuvchiga xom tuxum beriladi. GXSG va ruh fosfidi bilan zaharlanganlarga sut tavsiya etilmaydi. Jabrlanuvchiga ichni yumshatadigan tuz (glauber yoki angliyskiy) berish mumkin, zahar kuchini yanada oshirib yubormaslik uchun zinhor moy (kanakunjut moyi va shunga o’xshashlarni) bermaslik kerak. Jabrlanuvchining yuragi xasta hollarda unga efirli valerian tomchisi beriladi. Nafas olish susayganida novshadil spirti hidlatiladi, nafas olish to’xtaganida sun’iy nafas oldiriladi.
    Zaharli chang va gazlar ta’siri natijasida zaharlanish kishiga hid sezish va his etish organlarini qo’zg’atadi, shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bo’ladi. Zaharlanishni eng birinchi belgilaridan bosh og’rishi, ko’ngil aynishi, boshda og’irlik va quloqda shovqin paydo bo’lishi, bosh aylanishi va yurak urishining tezlashishidir. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bo’lishining davom etishi uni yana ham holsizlantiradi, uyquga tortadi, nafas olishi uzun-uzun bo’ladi, tomir tortishi paydo bo’ladi va nafas olish markazining falajlanishidan o’lim yuzaga keladi. Jabrlanuvchida zaharlanish alomatlarini aniqlash bilan uni toza havoga olib chiqish, sovuq kompressni boshiga qo’yish va novshadil spirtini hidlatish lozim. Yuzaki sust nafas olishda yoki u to’xtaganda sun’iy nafas oldiriladi.
    Suyaklarda sinish va chiqish sodir bo’lganda yordam ko’rsatish. Suyak sinishi yopiq va ochiq tipda bo’ladi. Yopiq sinishda singan joydagi teri va yumshoq to’qimalar jarohatlanmaydi, ochiq sinishda esa jarohatlangan bo’ladi. Birinchi yordam ko’rsatishdan oldin tashqi belgilariga qarab yoki bemorning o’zidan so’rab jarohatlangan joyni aniqlash lozim. Singan joy aniqlangandan keyin avval sog’ oyoq-qo’llardan, so’ngra jarohatlanganidan kiyim-kechakni yechish kerak. Jarohat atrofidagi teriga yod, spirt yoki atir surtilgandan keyin unga sterillangan bog’lam qo’yib bog’lanadi. Shundan keyin singan joy tahtakachlanadi. Tahtakachning uzunligi singan joyga yaqin ikkita bo’g’imga yetadigan bo’lishi kerak. Chiqish - suyakning siljishi, og’riq bo’ladi, shish paydo bo’ladi, teri ko’karadi.. Agar chiqish bo’lgan bo’lsa o’zi joyiga solishi maqsadga muvofiq emas.
    Umurtqa pog’onasi zarar topgan bo’lsa – jarohatlangan kishi ostida tekis taxtaga yotkizilib, qimirlatmasdan tez yordamga murojaat qilish kerak.
    Umurtqa va bosh qismidan jarohatlangan shaxslarda ularning jismoniy holatini, asab tizimi faoliyatini, eslash qobilyatini hamda ruhiy holatlarini yamonlashishini kuzatish mumkin. Ko’pgina miya va umurtqa qismidan jarohatlangan shaxslarni umumrbod nogiron bo’lib qolishlarini kuzatish mumkin.






    Download 11,2 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   37




    Download 11,2 Mb.