Mavzu bo’yicha topshiriqlar




Download 11,2 Mb.
bet36/37
Sana17.05.2024
Hajmi11,2 Mb.
#239905
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

Mavzu bo’yicha topshiriqlar.
Masala 1. Qishloq xo’jalik texnikalariga xizmat ko’rsatish ustaxonasida havo almashishni ta’minlash uchun qurilma unumdorligini hisoblang. Binoning o’lchamlari:
-uzunligi 25 m
-kengligi 12 m
-balandligi 6 m.
Masala 2. Fermer xujaligi traktor parki avtomobillarni saqlash usti yopiq binosida qish mavsumida Ca=5 ta GAZ 53 avtotransporti saqlanadi. Barcha avtomobillar yo’lga chiqishdan oldin tq=10 daqiqa dvigatellarni qizdrib keyin yo’lga chiqadilar. Ushbu binoda avtomobil dvigatellarini ishlatish davomida karbonat angidrid gazini tq=10 daqiqadan keyin qay miqdorda bo’lishini aniqlab, havo almashtirish qurilmasining talab etiladigan unumdorligini aniqlang. Bunda bino hajmi Vbino=1152m3 ga teng, ya’ni binoning o’lchamlari:
-uzunligi 24 metr
-keggligi 12 metr
-balandligi 4 metr
bitta avtobil dvigatelining bir soat davomida ishlab chiqqan is gaz miqdori Gis=3256g ni tashkil etadi. Is gazini ruxsat etilgan miqdori 2- ilovada keltirilgan.

  1. O’n daqiqada beshta avtomobil ishlab chiqqan is gazining o’rtacha miqdorini aniqlaymiz:

Go’r = (Gis /60)* tq * Ca





  1. O’n daqiqadan keyin binodagi is gazining o’rtacha konsentrasini aniqlaymiz:

, g/sm3

  1. Aniqlangan konsentarsiya miqdori va 2-ilovadan me’yoriy ruxsat etilgan konsentrasiya (MRK) miqdorlarini hisobga olib, binoning havo almashuvchanligini aniqlaymiz, ya’ni:




va (1) formuladan foydalanib qurilma uchun talab etiladigan unumdorlik aniqlanadi.

Masala 3. Fermer xujaligi chorvachilik binosida bo’rdoqi uchun boqilayotgan uch yoshli 25 qora mol va 50 ta qo’y mavjud.


Bunda bino hajmi Vbino=960m3 , ya’ni binoning o’lchamlari:
-uzunligi 32 metr
-kengligi 10 metr
-balandligi 3 metr
bitta hayvon bir soat davomida:
qoramol Gis=140 l is gazi va Wc=420g suv bug’i:
qo’y Gis=30l is gazi Wc =200g suv bug’ini ishlab chiqadi. Binolardagi suv bug’ining miqdori 17…21% dan oshmasligi lozim. Qoramol va qo’ylar ishlab chiqqan is gazi va suv bug’idan tashqari mollarni axlatlari va to’shamalaridan qo’shimcha ajaraladigan gaz va suv bug’i 12% ni tashkil etadi.
Ushbu bino tabiiy havo almashtirish tizimi bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi sababli mexanik havo almashtirish tizimini unumdoriligi hisoblang.

Masala 4. G’alla-don omborida mahsulotlarni transportlarda ortishda transportyordan havoga chiqayotgan chang konsentrasiyasi 15 mg/m3 ni tashkil etadi. Bino uchun havo almashuvchanlik miqdori va havo almashtirish qurilmasi unumdorligini aniqlang.


Masala 5. Xo’jalikdagi mineral o’g’it va pestisidalar saqlanadigan omborda ortish va tushirish jarayonida karbofos moddasining havodagi konsentrasiya miqdori 1,2 mg/m3 ni tashkil etadi. Bino uchun havo almashuvchanlik miqdori va havo almashtirish qurilmasi unumdorligini aniqlang.


Ilova 1


Download 11,2 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Download 11,2 Mb.