• Yorug’likni hisoblash usuli
  • «Hayot faoliyati xavfsizligi»




    Download 11,2 Mb.
    bet34/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    Darsning mazmuni



    1. Ishlab chiqarish xonalarida yorug’likka qo’yilgan

    asosiy talablar

    Kishining tashqi muhit haqida axborot olib turishi, mehnat qilish qobiliyatini va salomatligini saqlab turish uchun yorug’lik asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Ish joyining yaxshi yoritilmaganligi ishlab chiqariщdagi jarohatlanishga sabab bo’lishi, asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatib, ko’zni charchatadi. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yoritilganligi ko’z toliqishini kamaytiradi, nafas olishni yaxshilaydi, jarohat sabablarini yo’qotadi.


    Ishlab chiqarish xonalari uchun yorug’likka qo’yiladigan asosiy talablar:

    • ishlab chiqarish xonalardagi yorug’lik shunday bulishi keraki ishchi ishni yengil va tez bajarish uchun ko’radigan bulishi lozim;

    • ish o’rinlarida yorug’lik shunday ta’minlanishi lozimki, yoritilganda ish joylarida soya qilmaydigan, o’zgarib turuvchi shu’la hosil qilmaydigan bo’lishi lozim;

    • ish o’rinlarini yoritishdan oldin, bajariladigan ish xususiyatlari va meyorlari hisobga olinishi lozim;

    • yorug’lik bir tekis bo’lib, kishini ruhiy fiziologik holatiga ta’sir etmaydigan bulishi lozim.

    Ma’lumki, ko’pgina ishlab chiqarish binolari va ish o’rinlari sun’iy yoritish vositalaridan tashqari, tabiiy yorug’lik manbasidan ham keng foydalanadilar.
    Ayniqsa binolarni va ish o’rinlarini tabiiy yoritish manbasi bilan ta’minlashda derazalardan keng foydalanadilar. Deraza oynalarining holati va fizik xusuiyatlargi ko’ra, yorug’likni o’tish koeffisiyenti 0,75 tashkil etadi. Binon ichkarisi devorlarining bo’yalganligi va qurilmalarning ranglari ham yoritilganlikka katta ta’sir qo’rsatadi. Masalan, oq rangga bo’yalgan devorlardan 80% gacha yorug’lik qaytsa, ko’k rangli devorlardan esa faqatgina 11% yorug’lik qaytadi. Shu sababli ishlab chiqarish binolarining ichki qismlari och rangalarda bo’yalishi tavsiya etiladi.



    1. Yorug’likni hisoblash usuli

    Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy yoritilganligini ta’minlash uchun, loyihalash jarayonidagi hisob ishlari tabiiy yoritilganlik va yorug’lik koeffisiyentlari yordamida olib boriladi.


    Tabiiy yoritilganlik koeffisiyentini (TYK) aniqlash uchun, bino ichidagi nuqtaning Ei , xuddi shu gorizontal tekislikda joylashgan tarqoq nuri bilan yoritilgan Em tashqaridagi nuqtaning shu paytdagi yoritilgaligiga nisbatan foiz hisobida olingan yoritilganlikdir:


    (1)
    Bir tomonlama yoritilganda, xonaniig eng uzoq nuqtasi uchun TYoK ning minimal qiymati normalanadi. Turar joy va jamoat binolarida polning yoki poldan 0,8 m balandlikdagi gorizontal yuzaning yoritilishi aniqlanadi. Shu bilan bir vaqtda havo ochiq bo’lganda tarqoq yorug’lik bilan yoritilishi o’lchanadi va natijalar yuqorida keltirilgan formula yordamida hisoblanadi.
    Yuqoridan va aralash yoritiladigan binolarda TYK ning o’rtacha qiymati meyorlanadi. Buning uchup tekshirilayotgan xonada bir-biridan teng uzoqlikda joylashgan beshta nuqtaning yorug’ligi aniqlanib bir vaqtda havo ochiq bo’lganda tarqoq yorug’lik bilan yoritilish o’lchanadi. Keyin har bir nuqta uchun TYoK hisoblab chiqariladi. TYoK ning o’rtacha qiymati (E o’rta) quyidagn formula bo’yicha hisoblab chiqariladi:
    (2)
    Bunda:
    E1, E2,E3.En - har xil nuqtalardagi TYoQ qiymati;
    n - TYoK ning hisoblab chiqarilgan qiymat miqdori.

    Yoritilganlik asosan yorug’lik koeffisiyenti (A) orqali tavsiflanib, bu koeffisiyent, masalan derazaning andozasiga qarab xonaning ichiga yorug’likning kirishini tavsiflaydi.


    Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga asosan qishloq xo’jaligi inshootlari tashqi tomondan yoritiladi. Tunda ishlaganda, ish joylarini hamda qo’zgaluvchi mashina agregatlarni, ya’ni agregatning to’la yo’li va butun qamrab olish kengligini hamda ishlayotgan joyini kerakli miqdordagi yoritgichlar bilan ta’minlash lozim. Buning uchun maxsus MXST meyorlari qoidalariga asosan kechasi dalada ishlayotgan mashina-traktor agregatlarga, dala sathidan 2-3 m balandlikda yoritish tizimi o’rnatiladi.
    Bino va inshootlarga tabiiy yoritilganlik darajasini ta’minlash uchun, derazalardan o’tadigan yorug’lik miqdorini hisoblashni quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiramiz:
    1. xona derazalarining umumiy ( ) maydonini aniqlaymiz


    (3)
    Bu yerda A - yorug’lik koeffisiyenti, jadvaldan olinadi.
    - xonaning umumiy maydoni
    2. Derazalar soni qo’yidagicha aniqlanadi:


    dona (4)
    Bu yerda: Sder - bitta derazaning yuzi, m2;
    0,75 - deraza konstruksiyasini hisobga oluvchi koeffisiyent.

    Quyida keltirilgan bino va inshootlar uchun yorug’lik miqdorini aniqlang.


    Masala 1. Ta’mirlash ustaxonasining yig’uv-yuvish bo’limiga kerakli derezalar sonini aniqlang. Bo’limning maydoni 10x14=140m2, ishni bajarish xarakteriga ko’ra yig’uv-yuvish bo’limi III-razryadli binolar turiga kiradi (jadval 2), derazaning balandligi 2,1m kengligi 1,55m (3jadval), tabiiy yorug’lik koeffisenti (jadval1) orqali amalga oshiriladi.
    Bunda kerakli derazani umumiy maydoni (3) va derazalar soni (4) formulalar orqali aniqlaniladi.

    Masala 2. Xo’jalik mashina traktor parkining dvigatellarni ta’mirlash sexi uchun jadvallarda keltirilgan ma’lumotlar asosida derezalar maydoni hisoblab sonini aniqlang. Park sexining maydoni 70x18 va balandligi 12m ni tashkil etadi.


    Masala 3. Xo’jalik ma’muriy binosida aniq ishlarni bajarish uchun xonalar (chilangarlik, yonilg’i apparatini ta’mirlash, elektr ta’mirlash ishlari) ajratilgan. Xonalarda yorug’likka ta’sir ko’rsatuvchi tutun, chang va gazlarni ta’siri 5-10% ni tashkil etadi. Binoning uzunligi 24metr va eni 12metrni tashkil etadi. Oynalarni yorug’lik o’tkazuvchanlik xususiyati hamda bino ichidagi ishlab chiqarish holatini hisobga olib 1575mm balandlikka va 1060mm kenglikka ega bo’lgan derezalar sonini aniqlang.





    Download 11,2 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Download 11,2 Mb.