Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №3)
ISSN 2181-1709 (P)
266
Education and innovative research 2021 y. №3
жизнедеятельность,
модель
жизнедеятельности,
Принципы
эксплуатационной безопасности, гомосфера.
Abstract. This article explains the content of life safety, the importance
of safety measures in human life and activity. Terms such as safety, activities,
methods of ensuring the safety of life activities and their development are
clearly defined. The article reflects the decisions taken and reforms in all
types of man-made, economic, political and information security measures
in Uzbekistan. The concept of security in human life is widely explained to
young people today, the positive and negative aspects of external influences
are passed on to the younger generation in the process of educating young
people, ways and means of creating a safe environment and ways to develop
existing conditions. Additional suggestions were given as a result of the
overall analysis about our consept.
Key words: Life safety, hazard, activity, man-made hazard, safety, safe
activity, activity model, occupational safety principles, homosphere
Kirish. Insonning faol harakatlari yig‘indisi
- faoliyat tushunchasini
bildiradi. Aynan mana shu faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan
farqlantiradi. Demak, faoliyat - insonning bor bo‘lib turishi uchun zaruriy
ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat esa inson faoliyatining eng oliy shaklidir.
Shuning uchun faoliyat ham, mehnat ham bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham
bo‘lmaydi.Quyida aslida hayotiy faoliyat, xavf va xavfsizlik tushunchalariga
oydinlik kiritamiz:
Faoliyat – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson
bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro
ta’sir jarayonidir.
Xavf – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va
material boyliklarga zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib
keluvchi salbiy xususiyatlaridir1.
Xavfsizlik – ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya
va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan
holatidir. Har qanday xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf
hisoblanadi. Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda,
atrof –muhitning har qanday komponentini tushunish mumkin, ya’ni: inson,
jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos[6]
Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush
tarzidir.
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning
kelib chiqishini bartaraf qilishdir.[3]
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan
to hozirgi kunimizga qadar
Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
267
http://interscience.uz
insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir.
Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi.
Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma’lumki
baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar
ko‘riladi.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu
fan muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va xalq xo‘jaligi faoliyatining xavfsizligi
darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi. Bunda, maxsus shu sohaga oid
qarorlar bilan olib borilgan dasturiy vositalar alohida o’rin egallaydi.
Asosiy qism.Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan:
inson va
muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat
insonlar shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o‘rab turgan atrof muhit bilan yaqin
munosabatda bo‘ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit»
tizimini ham ikki
maqsadli deb qarash mumkin: «birinchi maqsadi - inson o‘zining mehnat
faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat
qilsa, ikkinchi maqsadi - mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz
oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo‘ladi.[6]
Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan,
falokat
va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb
muammolardan hisoblanadi.
Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir.
Aynan mana shu muammolar echimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani
o‘rganadi.[5]
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-
jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi. Hayot faoliyati xavfsizligi
fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson
hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini,
oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish,
tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza
qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash
hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan
iborat.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish.
Bunda inson faoliyati
jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning
xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz
mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.