Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana25.12.2023
Hajmi0,82 Mb.
#128307
1   2   3   4   5
Bog'liq
122-Текст статьи-372-1-10-20210815

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №3)
ISSN 2181-1709 (P)
270
Education and innovative research 2021 y. №3
jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.[6]Inson psixikasida sodir 
bo’ladigan salbiy jarayonlar samarali ijobiy usullarda maxsus mutahasis 
yordamida treninglarda bartaraf etiladi. Psixologik xavf ham ta’sir jihatidan 
juda kuchli ta’sirga ega chunki u boshqaruvchilik xususiyatiga egadir.
O’zbekistonda Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar 
Mahkamasi qarori bugungi kunda ro’y berishi mumkin bo’lgan texnogen va 
favqulodda xavf xatarlani oldini olish maqsadida aholini ushbu vaziyatlarda 
amalda harakatlanish bilimlari bilan ta’minlovchi hamda himoya tadbirlarini 
olib borilgan asosiy choralardan biridir.[1]
Ushbu qarorda hayot xavfsizligiga daxl qiluvchi barcha ta’sirlar 
keltirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston respublikasi favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat 
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida, Favqulotda vaziyatlar 
vazirligiga yangi vazifalar topshirilishi, Favqulodda vaziyatlarning oldini 
olish va bunday vaziyatlarda va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi 
nizom ishlab chiqilishi mamlakatimizda barcha turdagi sodir bo’lishi 
mumkin bo’lgan xavf –xatarlarni oldini olishga qaratilgan. Mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va 
harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalar 
aholi yashash tarzi hamda hayot faoliyatini xavfsiz shaklda olib borishga 
qaratilgan bo’lin, bunda aholining ozuq –ovqat, texnik mehnat jarayonida 
xizmat ko’rsatishi, gidrometerologik tasirlarni, salomatlik borasidagi 
keng ko’lamli xavflarni oldini olishga aholi hayot tarzini xavfsizligini 
ta’minlashga qaratilgan vazifalarni o’z ichiga oladi. Ishonch bilan ayta 
olamizki, mamlakatimizda olib borilayotgan ushbu chora- tadbirlar 
hukumatimiz hamda prezidentimiz tomonidan uzoqni ko’zlab yurtimizda 
xatarlardan holi jannatmakon sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan. Buni 
biz prezidentimizning SH.Mirziyoyev “Tanimizda kuchimiz, shijoatimiz bor 
ekan –xalqimizga zarur eng yaxshi sharoitlarni yaratamiz, bizning xalqimiz 
doim bundanam ortig’iga loyiq va munosib bo’lgan “degan fikrida yuqoridagi 
qarorlarni, islohotlarni isbotini ko’rishimiz mumkin.
Xavfsizlikni taminlash choralari haqida so’z borganda , x avfsizlikni 
taminlash choralari bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy 
gavdalantirib amalga oshirishdir.
Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir.Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni 
ta’min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq 
sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.Xavfsizlikni 
taminlash yo’llari ko’p.
Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin.[3]


Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
271
http://interscience.uz
yo’naltiruvchi,tashkiliy, boshqaruv.texnik,
Inson mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), 
doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo’ladigan fazoni noksosfera 
deyiladi.
Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:
HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va 
«T(tavakkal)»ga ob’ektiv ta’siri katta. HFX boshqarilishida inson-muhit 
tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob’ektiv xavfli holatdan kam xavfli 
holatga o’tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik 
shartlariga amal qilinadi. «Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa 
tizimlar murakkab ko’p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi. 
Xavflarni o’rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi.
Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta’sir qiluvchi aloqalar.
Aniq faoliyat sharoitida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi. 
Shuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini) 
yetarli darajada aniqlab, to’g’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib, 
ularning xavfli xususiyatlari topiladi.
Faoliyatni turkumlarga ajratish:
1-inson; 2-mehnat quroli; 3-mehnat vositalari; 4-quvvat (energiya); 
5-mehnat mahsulotlari; 6-texnologiya; 7-flora; 8-fauna; 9-ma’lumot; 
10-tabiiy iqlim; 11-mehnatni tashkil etish; 12-jamoa[5]
Ko’rib turganimizdek faoliyat qanchalik murakkab jarayon bo’lsa , 
xavfsizlikni takomillashtirish ham shunchalik katta masuliyatni talab etadi.
Har bir faoliyat turiga ko’ra ongli ravishda xolisona xavfsizlik usullaridan 
foydalaniladi. Agar xatarlarsiz muhit yaratishga harakat qilsak, har faoliyat 
turi bilan mashg’ul bo’lishda biz soha mazmunida yondashuv va alohida 
bilimni talab etadi , bu esa yetarli bilim ko’nikmalarni taqozo etadi.
Xulosa. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, xavfsizlikni 
ta’minlash faqatgina biryoqlama jarayon emas, balki bahamjihat birgalikda 
olib boriladigan umumiy vazifadir. Avvalo,aholi yoshu- qari hayot faoliyati 
xavfsizligi nima ekanligini ongli ravishda anglamog’i va shu xavfsizlik 
choralariga doimo amal qilmog’I zarur.Bu borada nafaqat mehnat faoliyati, 
tabiat, atrof muhit bilan o’zaro bog’liq zanjirga ham zarar yetkazmaslik eng 
asosiy masalalardan hisblanadi.Inson tabiat o’zaro bog’liq ekanmi inson 
faoliyati xox iqtisodiy, siyosiy, texnogen yoki gidrometerologik jihatdan 
ta’sirda bo’ladi. Mustaqil bilimli shaxs sifatida hayot faoliyati xavfsizligini 
ta’minlashni rivojlantirish sohasida aholiga keng ko’lamda tushuntirish 
hamda profilaktika ishlarini amalga oshirishni taklif etgan bo’lardim. Zero, 
bu yetishib elayotgan yosh avlod uchun asosiy tayanch vazifasini ham o’taydi 
deb umid qilaman.



Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari

Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish