Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana25.12.2023
Hajmi0,82 Mb.
#128307
1   2   3   4   5
Bog'liq
122-Текст статьи-372-1-10-20210815

Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №3)
ISSN 2181-1709 (P)
268
Education and innovative research 2021 y. №3
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan 
uslubiyatlarni ishlab chiqish.
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan 
himoyalanish usullariga o‘rgatish.
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- 
tadbirlarini o‘rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni 
qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.
[2]
Faoliyat xavfsizligini ta’minlash tamoyillari
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish 
belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi:
1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyil
2. Texnik tamoyil
3. Tashkiliy tamoyil
4. Boshqaruv tamoyili
Taxminiy tamoyillar o‘zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo‘nalishni 
aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi, 
asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi: 
operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish, strukturani o‘zgartirish, 
operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, 
tizimlilik va boshqalar.
Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga 
yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan. 
Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini 
oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan 
qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va eta olmaslik 
tamoyillari.
Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida 
bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi 
tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta 
aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, bir ma`noli, adekvatli 
tamoyillar kiradi.
Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil 
qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha 
himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni 
tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik 
tamoyillari kiradi.
Bir vaqtda ayrim tamoyillar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni 
ta’minlash tamoyillari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir 


Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
269
http://interscience.uz
tamoyil nisbatan mustaqillik kashf qiladi.
Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo‘linadi:
A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan 
ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish 
va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va 
robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va 
noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera 
tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni 
shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya 
qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani 
yaratish bilan amalga oshiriladi.
Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga 
erishish ta’minlanmaganda, С - metod qo‘llaniladi.
С - metodi tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning 
himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga 
moslashtirishga asoslangan.
Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir 
qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi. 
С-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har 
xil vositalar qo‘llaniladi.
Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida 
zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday 
holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.[3]
Xavfsizlikni ta’minlashda psixologiyaning ahamiyati
Mehnatni muhofaza qilishda psixologiya ham muhim o‘rinni egallaydi. 
Zamonaviy ishlab chiqarishda avariyalar, shikastlanishlar muammosi faqat 
muhandislik uslublari bilan echilmaydi. Tajribalardan ma’lumki, avariya va 
shikastlanishlar muhandis-konstruktorlik ishlaridagi kamchiliklar asosida 
yuzaga keladi. Shuningdek tashkiliy-psixologik sabablar, masalan kasb 
bo‘yicha xavfsizlik talablariga past darajada tayyorgarlik ko‘rilishi, etarli 
bo‘lmagan tarbiya, mutaxassislarning xavfsizlik choralariga e’tiborsizligi, 
xavfli ishlarga etarli malakaga ega bo‘lmagan shaxslarni jalb qilish, ishda 
odamlarni toliqqan va psixologik holatda bo‘lishi ham sabab bo‘ladi. 
Bular mutaxassisning faoliyatiga ishonchsizlikni (xavfsizlikni) pasaytiradi. 
Xalqaro tajriba, izlanishlarning ko‘rsatishicha maishiy ishlab chiqarishdagi 
shikastlanishlarning 60-90 %i zarar ko‘rgan kishilarning aybi bilan sodir 
bo‘ladi. Xavfsizlik psixologiyasi faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik 
bilimlarni tadbiq qilishni ifodalaydi. Bu yerda mehnat faoliyati jarayonida 
ko‘rinadigan psixologik holatlar turlari to‘liq tekshiriladi, psixologik 



Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari

Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish