Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qabul qilingan asosiy qonunlar




Download 21,63 Kb.
Sana12.01.2024
Hajmi21,63 Kb.
#135965
Bog'liq
Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy


Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qabul qilingan asosiy qonunlar.

Maqsad: Hayot faoliyati xavfsizligi fanining assosiy vazifalari talabalarning bilimi, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talablar-fiziologik faoliyatining nazariy asoslarini o'rgangan holda insonning yashash muhiti va ishlab chiqarish faoliyatini sog'lom va xavfsiz ish sharoiti bilan ta'minlay olishi, texnik vositalardagi xavfli va zararli omillarni bartaraf etaolish va sodir bo'lishi ehtimoli bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish usullarini ishlab chiqa olishdan iborat.

Reja:
1. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.
2. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish.
3. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha.
4. Baxtsiz xodisalarni tahlil etish.
5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish usullari.

Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari.


Inson to'g'ilgan kundan boshlab baxtli yashashga intiladi. U mehnat qilish, dam olish, toza muhit sharoitida yashash huquqiga ega, buni esa O'zbekiston Resbuplikasi Konstitusiyasi kafolatlaydi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani asosan quydagi qismlardan tashkil topgan.
1. Hayot faoliyati xavfsizligi umumiy masalalari to'g'risida ekologik va mehnat qilish qonuniyatlari.
2. Sanoat sanitariyasi va gigienasi.
3. Xavfsizlik texnikasi.
4. Yong'in va portlashga qarshi chora-tadbirlar.
5. Fuqaro muhofazasini sanoat korxonalarida tashkil etish.
• Ishlab chiqarishda ish sharoitini yaratishda asosan mehnat hamda ekologik qonunchiliklariga rioya qilish maqsadga muofiqdir. Mehnat muhofazasi qonunchiligi mehnat qilish va dam olishning huquqiy normalarini o'z ichiga oladi hamda uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Ekologik Qonunchilik esa ishlab chiqarishda atrof muhitning inson hayot faoliyati uchun ta'sirini kamaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
• Sanoat sanitariyasi va gigienasi ishlab chiqarishda ishlovchilarga zararli faktorlarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy gigiena va sanitariya texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
• Xavfsizlik texnikasi ishlovchilarga ishlab chiqarishdagi xavfli omillarning ta'sir etishining oldini oluvchi tashkiliy va texnikaviy tadbirlar hamda vositalar sistemasidir.
• Yong'in profilaktikasi - ishchilarni olovdan (yong'in va portlashdan) himoya qilishga qaratilgan texnikaviy va tashkiliy tadbirlar kompleksidir.
• Fuqaro muhofazasi ishlab chiqarishda favqulotda holat yuzaga kelganda ishlab chiqarishdagi ishchi xizmatlarni hamda asbob-uskunalarni ko'chirish (evakuasiya) chora-tadbirlarini ishlab chiqish sistemasidir.
2. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish.
Hayot faoliyat xavfsizligi ish jarayonida insonning mehnat qobiliyatini, sog'ligi va xavfsizligini ta'minlash uchun yo'naltirilgan qonunlar majmuasi, sotsial-iqtisodiy, tashkiliy, texnik, gigienik, profilaktik tadbirlarni o'z ichiga qamrab olgan. "Hayot faoliyati xavfsizligi" ijtimoiy – huquqiy masalarni o'z ichiga olgan muhandislik fani bo'lib, klassik fanlar bo'lmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigienasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, umumiy muhandislik, yong'in texnikasi, ergonomika, sanoat estetikasi va boshqa fanlar bilan hamohangdir.
Bu fannig metodologik asosi mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zaharli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo bo'ladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir bo'lishi mumkin bo'lgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularning oldini olish va bartaraf etish choralari ishlab chiqiladi. Bu masalarning barchasi o'zaro bog'langan, kelajak rejalarni hisobiga olgan holda ko'riladi.
Tashkilotlarda hayot faoliyat xavfsizligiga doir barcha qaror va xujjatlarni tahlil qilish, kelgusida hayot faoliyat xavfsizligi darajasini ko'tarish, ish yuritishda texnika xavfizligi mashg'ulotlarini o'tkazish, hayot faoliyat xavfsizligi ishlarini tashkil etish, o'quv yurtlari o'qituvchilari, talabalari, xizmatchi va ishchilari o'rtasida shikastlanishning oldini olish hamda davlat standarti masalari talalariga rioya etish maqsadidi "mehnatni muhofaza qilish tug'risida" qonun qabul qilindi. Bu qonun asoslari mazmun jihatidan juda keng qamrovli bo'lib, o'z tarkibida jamoa shartnomasi, mehnat sharnomasi, kadrlar tayorlash va malakasini oshirish, mehnat intizomi, ayollar va bolalar mehnati, ijtimoiy himoya hamda boshqa masalalarni mujassamlashtirgan.
"Mehnatni muhofaza qilish to'grisida"gi qonun asosida ishlab chiqarishdagi inson sog'ligi uchun zararli bo'lgan omillarni bartaraf qilish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining sanitariya-gigienik jihatidan qoniqarli holatda bo'lishi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rish ma'suliyati ma'muriyat zimmasiga yuklatilganligi ko'rsatib o'tilgan. Kasbiy zararliklar mavjud bo'lgan xududlarda mehnat qiladigan ishchilar uchun qisqartirilgan ish kuni, qo'shimcha dam olish kunlari joriy qilishi, zararli ish joylirida ishlaganlarga, ya'ni juda issiq haroratli, sovuq, zah va sog'liq uchun zararli sharoitdam mehnat qilayotganlar uchun maxsus ustama haq hamda himoya kiymlari berilishi ko'zda tutiladi. Kasbiy kasalliklarning oldini olish, ishchilarning sog'ligini mustahkamlash maqsadida ularni o'rnatilgan tartib asosida sut, parhez taomlar bilan ta'minlash tartibi joriy etilgan.
Ishlab chiqarish korxonalarida "mehnat kodeksi" va "mehnatni muhofaza qilish" to'g'risidagi me'yorlarni buzishda ayblangan rahbar shaxslar ma'muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladi. Ma'muriy javobgarlik-xodimga hayfsan berish, ishdan chetlantirish, o'rtacha oylik ish haqining yigirma foizdan ortiq bo'lmagan miqdorda jarima solish va mehnat sharnomasini bekor qilishdan iborat. Moddiy javobgarlik ega "mehnatni muhofaza qilish tug'risida"gi qonunni buzgan shaxslarni nazorat tashkilotlari tomonidan belgilangan miqdorda jarima to'lashga yoki keltirilgan moddiy zararni qoplashga majbur qilishdan iborat. "Mehnatni muhofaza qilish tug'risida"gi qonunni buzish baxtsizlik yoki o'limga sabab bulsa, aybdor shaxslar belgilanga tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xotin-qizlar erkaklar bilan teng huquqli bo'lib , ular davlat, ho'jalik, madaniy va jamoat ishlarida faol qatnashish imkoniyatiga ega. Mehnat kodeksiga xotin-qizlarning fiziologiyasi va onalikni himoya qilish hisobga olinib, ularning mehnatini muhofaza qilish belgilangan. Og'ir va organizm uchun zararli ishlarda ayollarning mehnat qilishiga yo'l qo'yilmaydi. Xomilador ayollarga davlat tomonidan ish xaqi to'lanadigan ta'til beriladi.
Mehnat kodeksiga o'smirlar mehnatiga alohida e'tibor berilgan. 18 yoshga to'lmagan yigit-qizlarni ishga qabul qilishda ularning hohishiga qarab, yilnang istalgan vaqtida bir oylik mehnat ta'tili berilishi belgilangan. O'smirlar fabrika, zavod kasaba qumitalari ruxsatisiz qo'shimcha ishlarni bajarishga jalb qilinmaydi. Agar o'smirlarni bajarayotgan yumushlari ularning sog'ligiga ta'sir qilayotganligi sezilsa, u holda shifokor maslahati va tegishli hujjatga asosan boshqa ishga o'tkaziladi.
Sanoat korxonalarining ish jarayonida shikastlanish va kasbiy kasalliklarni kamaytirish davlat miqyosidagi ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lib, mehnat muhofazasi bo'limi rahbariyat va kasaba uyushmalari bilan hamkorlikda chora-tadbir belgilaydi. Sanoat korxonalarida qonun asosida mehnatni muhofaza etish masalarini hal qilish maqsadida, har yili kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan xamkorlikda mehnat muhofazasi chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
Mehnat sharoitining yaxshilanishga olib keladigan jami tadbirlar mazmuni bo'ycha quydagilarga bo'linadi:
-baxtsiz hodislarning oldini olish chora-tadbirlari. Bularga zaharli va engil alanganuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizasiyalashtirish, himoya moslamalari, to'siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo'shimcha o'rnatish va boshqalar kiradi;
-mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari. Bunga mehnatni muhofaza qilish masalarini yoritivchi ko'rgazmali xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini unumli yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus echinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi;
-ishlab chiqarishda kasb kasalliklari oldini olish chora-tadbirlari. Unga ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta'siridan himoyalovchi moslama, jihozlarni tayyorlash, ularni ishlab chiqarishga joriy etish, xonalarni shamollatib turish moslamalarini o'rnatish xamda ishlab turgan moslamarni o'z vaqtida ta'mirlash, havo tarkibini tekshirish hamda nazorat o'rnatish uchun asbob-uskunalar olish, o'rnatish va boshqalar kiradi.
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlar tatbiq etish va umumiy rekonstruktsiya qilish ham mehnat sharoitini yaxshilash chora-tartiblariga kiradi. Bundan tashqari, korxona jamoasi, rahbarlari tarmoq vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitini yaxshilash va sanitariya-gigiena chora-tartiblarini ishlab chiqib, tarmoq Markaziy kasaba qo'mitalari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
3. Jarohatlanish, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklari haqida tushuncha.
Sanoat korxonalarida xavfsizlik texnikasi, sanoat sanitariyasi va yong'in xavfsizligi qoidalariga, me'yor va tavsiyanomalariga rioya qilmaslik ishchilarni jarohatlanishga, zaharlanishiga va kasb kasalliklariga olib kelishi mumkin.
Inson tanasining teri yoki ayrim qismlari tashqi mexaniq, kimyoviy, issiqlik va elektr ta'siri natijasida shikastlansa, buni jarohatlanish deb ataladi. Jaroxatlanishga urilish natijasida lat eyish, kesilish, suyak sinishi va chiqishi, kimyoviy yoki issiqlikdan kuyish, issiq urishi, sovuq urishi, o'tkir zaharlanish va elektr toki ta'sirida organizmning ba'zi qismlarida hayot faoliyatining buzilishi kiradi. Jaroxatlanish tushunchasi baxtsiz hodisa deb ham yuritiladi.
Jarohatlanish uch turga bo'linadi. Birinchisi, ishlab chiqarishda, ish joyida jarohatlanish, ikkinchisi ish bilan bog'liq, lekin ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lmagan jarohatlanish va uchinchisi ishlab chiqarish va ish bilan bog'liq bo'lmagan jarohatlanish.
Ishlab chiqarishda, ish joylarida olingan jaroxatlanishga, ishchi ma'muriyat tomonidan buyurilgan ishni bajarish chog'ida ish joyida, tsexda, zavod hududida yuk ortish va yuk tushirish yoki ba'zi yuklarni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish vaqtida olgan jaroxatlanishlar kiradi.
Ikkinchi tur jarohatlanishlar ishga borib-kelish vaqtida transport vositalarida, komandirovka vaqtida yoki korxona ma'muriyatining topshirig'iga muvofiq ishlab chiqarish hududidan tashqaridagi ba'zi bir ishlarni bajarganda olingan jarohatlanishlardan iborat.
Uchinchi tur jarohatlanishga mast bo'lish natijasida olingan jarohatlar, davlat mulkini o'g'irlash va boshqa shunga o'xshash holatlaridagi jarohatlanishlar kiradi.
Agar baxtsiz xodisa u ma'muriyat tomonidan xavfsiz ish sharoitni yaratish sohasida yo'l qo'yilgan xato orqasida bo'lmay, balki ishchining mehnatini muhofaza qilish qoida va me'yorlariga amal qilmasligi natijasida kelib chiqqan bo'lsa, unda ishchi ham ma'muriyat xodimi bilan birga javobgar hisoblanadi. Bunda moddiy to'lov miqdori ma'muriyat xodimi va ishchining aybdorlik darajasiga qarab belgilanadi. Mehnat qonunlariga asosan ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan jarohatlanishdan yo'qotilgan ish kunlariga korxona tomonidan haq to'lanishi kerak deb belgilangan.
Sanoat sanitariyasi me'yorlarining buzilishi natijasida ishlab chiqarish joylaridan ajralib chiqqan zararli omillar ta'siridan ishchi kasbiy zaharlanish yoki kasb kasalligiga chalinishi mumkin. Kasbiy zaharlanish ishchining nafas olish, ovqat hazm qilish natijasida kelib chiqishi mumkin.
Kasbiy zaxarlanish bir smena davomida yuz bersa, uni o'tkir zaharlanish deyiladi, agar uzoq muddat davomida zaharli moddalar yig'ilishi natijasida yuz bersa, surunkali zaharlanish deyiladi. Surunkali zaharlanish kasb kasalliklariga olib keladi. Kasb kasaliklariga qoniqarsiz ish sharoitlarida ishlash natijasida kelib chiqadigan hamma kasalliklar kiradi. Masalan, havo bosimining ortiq yoki kam bo'lishi natijasida kesson yoki tog'kasalligi, sanoatda ajralib chiqadigan chang ta'siridan pnevmokonioz kasalligi, yallig'lanish va zaharli moddalar ta'siridan dermatit va yara kasalliklari kelib chiqadi.
Shuning uchun ham ishlab chiqarish korxonalarida yuz bergan har qanday baxtsiz hodisa har tomonlama tekshiriladi va hisobga olinadi. Tekshirish va hisobga olish umumiy o'rnatilgan qat'iy tartib asosida olib borilishi kerak. Yo'l qo'yilgan baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini hisobga olish va tekshirish, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash tufayli bunday baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining qaytarilishining oldi olinadi.

4. Baxtsiz xodisalarni tahlil etish.


Korxona ma'muriyati ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalarni tekshirish va xisobga olish haqida Nizomga binoan mehnat faoliyatini yo'qotishga sabab bo'lgan har bir shikastlanish hollarini tekshirib chiqib, shu xaqida N-1 namuna bo'ycha 4 nusxada dalolatnoma tuziladi. Bosh muhandis dalolatnoma va ko'riladigan chora-tadbirlar rejasini tayyorlaydi. Baxtsiz hodisa sababini bartaraf qilish haqida buyro'q birinchi rahbar tomonidan tasdiqlanadi va uni bajarish uchun ma'sul kishi tayinlanadi, amalga oshirish muddati belgilanadi.
Guruhiy, og'ir jaroxat va o'lim bilan tugagan shikastlanishlarda N-1 namunali dalolatnomani tuzish bilan bir vaqtda baxtsiz hodisalar maxsus jurnalga qayd qilib qo'yiladi. N-1 namunasi bo'ycha tuzilgan dalolatnomalarga asoslanib korxona ma'muriyati hisobot tayyorlaydi va yuqori tashkilotlarga yuboradi, bunda mehnat faoliyati faqat uch kundan ortiq yo'qotilgan hodisalarnigina inobatga olinadi. N-1 namunali dalolatnomalar idora arxivida 45 yil saqlanishi kerak.
Baxtsiz hodisani o'z vaqtida, to'g'ri o'rganish va hisobga olish, uning sabablarini puxta tahlil qilish hamda bunday xodisalar takrormasligi uchun butun javobgarlik hodisa sodir bo'lgan idoraning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi. Hisobotlar ishi sanoat tarmoqlarida, xalq xo'jaligidagi ishlab chiqarish va transportda ro'y bergan shikastlanishlar dinamikasini baholash va unga qarshi kurash yo'llarini belgilashga imkon beradi. Shikastlanish ishlash qobiliyati yo'qotilgan yoki yo'qotilmaganligidan qat'iy nazar har bir hodisani to'la hisobga olish uchun tibbiyot shaxobchalari va sanitariya qismlarida ro'yxatga olib boriladi. Bu ma'lumotlarni tahlil etish N-1 namuna hisobotlari asosida aniqlanadi.
Shikastlanishlarning tahlilini mehnat gigienasi bo'ycha shifokor va uning yordamchisi mehnat xavfsizligi bo'limi hamda sog'lomlashtirish shaxobchasi tibbiyot-sanitariya qismi shifokorlari bilan birgalikda olib boradi. Shikastlanishlarga qarshi tadbirlar ko'rish rejasi tahlil asosida tuziladi.
Shikastlanishni har tomonlama to'lduruvchi belgilarini nazarga olgan holda tahlil qilish, unga qarshi kurashning samarador rejasini tuzishga imkon beradi. Bunday rejani mehnat gigienasi bo'ycha shifokor, mehnat muhofazasi muhandisi va tibbiyot-sanitariya qismining shifokori birgalikda tuzib, uning muddatida bajarilishini nazoratga oladi.
Shikastlanishning oldini olish ishini tashkil etishda signalizasiya yo'li bilan hisoblash va tahlil qilishning tezkor shakli mavjud bo'lib, bu juda qisqa muddat ichida (hafta, oy) o'tkaziladi. Unga qo'ydagi ma'lumotlar kiritiladi:
1. tsex;

2. asbob-uskunalar turkumi;


3. vaqti.
Shular asosida shikastlanish xavfi bo'lgan joylar aniqlanadi va uning sabablari bartaraf etiladi.
Ishlab chiqarishda shikastlanish deb, korxona xududida bo'lgan davrda kishi tanasining biror a'zosi tasodifan shikatslanishi natijasida salomatligiga putur etishiga aytiladi.
Baxtsiz hodisalar sodir bo'lishining oldini olish, asosan, ma'muriyat rahbarlari javobgarligida bo'lib, nazorat ishlari mehnat muhofazasi bo'limi zimmasida bo'ladi. Shikastlanishning sabablarini o'rganish, muhandis-texnik sohasiga tegishli masalalar, profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ishchilar salomatligini mustahkamlashga oid masalalarni hal etishda tibbiyot-sanitariya qismidagi shifokorlar ma'suldirlar.
Shikastlanishlar turiga qarab:
• mexaniq (yara toshishi, sinish);
• termik (issiqlanish, kuyish, sovuq urish);
• kimyoviy (kuyish, o'tkir zaharlanish);
• elektr quvvatidan shikastlanishlarga bo'lanadi.
Shikastlanish joyiga qarab oyoq va bosh shikastlanishi (ko'zdan boshqa), gavda, qo'l, ko'p joylarning shikastlanishiga bo'linadi.
Shikastlanish og'ir-engilligiga ko'ra mehnat qobiliyati yo'qolmaydigan engil shikastlanishga, mehnat qobiliyati bir necha kunlab, xaftalab va xatto oylab yo'qotiladigan o'rtacha va og'ir shikastlanishlarga tafovut qilinadi. Shikastlanishning og'ir turi mehnat qilish qobiliyatini mutlaqo yo'qotishga sabab bo'lishi va nogironlikka olib kelishi mumkin. Guruh holida va o'limga olib boradigan turdagi shikastlanishlar alohida ko'riladi.
Shikastlanishlar kelib chiqishining asosiy sabablari. Texnik jixozlarning nosozligi natijasida dastgohlarning to'xtab qolishi, tasmalarning uzilib ketishi va shu kabi hodisalar shikastlanishga olib keladi. Bunga ularning o'z vaqtida ehtiyot yuzasidan ta'mir qilinmaganligi, uzliksiz ishlashi natijasida ayrim qismlarning ishdan chiqishi sabab bo'lishi mumkin. Shunday xodisalar ro'y bermasligi uchun mehnat xavfsizligi bo'ycha javobgar shaxslarning doimiy nazorati talab etiladi.
Texnologik jarayonning buzilish natijasida termik, kimyoviy jarohatlanish va o'tkir zaharlanishlar yuzaga keladi. Buning oldini olish uchun reja asosida ishchilarning bilimini o'z vaqtida tekshirib turish va yo'riqlov o'tkazib turish katta ahamiyatga egadir. Qul kuchi bilan boshqariladigan ishlar, transportlarga yuk ortish va tushirish jarayonlarining etarli darajada mexanizasiyalashtirilmaganligi mehnat sharoitini yaxshi tashkil qilinmaganligini bildiradi.
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan ish korxonalarining kichiklik qilib qolishi, tayyor mahsulotlarni saqlash xonaning sharoiti qoniqarli bo'lmasligi , mahsulotni tayyorlov joylaridan o'z vaqtida olib ketilmasligi, yo'llarining tor bo'lishi shikastlanish xavfining ortishiga sabab bo'ladi.
Korxonalarda sanitariya holati qoniqarsiz bo'lishining asosiy sabablariga xonalar sathining sirpanchiqligi va tekis bo'lmasligi, korxona hovlisidagi yo'lakning o'ydum-chuqurligi, yoritish qurilmalari quvvatining kamligi, deraza oynalarning chang bosib ketishi, chang va gazlar miqdorining me'yoridan ortiq bo'lishi natijasida diqqat-e'tiborining kuchayishi, shovqin bosimining yuqori bo'lishini misol qilib keltirish mumkin. Shikastlanishning ko'p uchraydigan sabablaridan biri ishchilarning toliqib qolishidir, chunki bunda ishga diqqat-e'tibor pasayibgina qolmay, balki ishchilardagi harakat yo'nalishi ham buziladi. Bunday hollarda shikastlanish mehnat kuning so'nggi soatlarida yoki rejada ko'rsatilgandan ortiqroq mehnat qilish natijasida yuz beradi.
Binobarin, ishlab chiqarish sharoitini sog'lomlashtirish va ishchilarning toliqib qolmasliklariga sharoit yaratish, faqat kasbga aloqador kasalliklarning emas, balki shikastlanishning ham oldini oladi.

5. Sanoat jarohatlanishi va kasb kasalliklarini o'rganish usullari.


Sanoat korxonalarida baxtsiz hodisalar va ularni keltiirib chiqaruvchi xavfli holatlar baxtsiz hodisalarning kelib chiqishiga sabab bo'ladigan omillarni yo'qotish maqsadida aniqlanadi. Bu ishlar asosan oqilona usullarni qullash, baxtsiz hodisa va kasb kasalliklarining kelib chiqishidan xoli bo'ladigan ish sharoitini tashkil qilish hisobiga amal oshiriladi.
Baxtsiz hodisalar sabablarini aniqlash uchun asosan ikki usuldan foydalaniladi.
1.Statistika usuli. Bu usul baxtsiz hodisalarning umumiy statistik hisobga olingan sanoat jarohatlanishi materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Mazkur usul sanoat jarohatlanishini tahlil qilish uchun asosiy materiallarini tahlil qilishga asoslangan. Bu bu usul bilan sanoat jarohatlanishini aniqlovchi chastota koeffisienti va jarohatning og'irligi koefisientining o'rtacha ko'rsatgichini olish mumkin.

Baxtsiz xodisalarning takrorlanish koefisientini, 1000 ishchi hisobiga , ma'lum vaqt davomida sanoat korxonasida kelib chiqqan baxtsiz hodisalarning o'rtacha miqdorini qo'ydagi formula orqali aniqlash mumkin.


Bunda P - ma'lum vaqt ichidagi jarohatlanganlar soni; T - shu vaqt ichida korxonada ishlagan ishchilar soni. Jarohatlanish koeffisienti mashinosozlik sanoatining qaysi korxonasida baxtsiz xodisalar ko'proq vujudga kelayotganligi haqida ma'lumot beradi.


Baxtsiz hodisaning og'irlik koeffisientini, ya'ni har bir jarohatlanishning o'rtacha yo'qotilgan ish kunlari hisobini ko'rsatuvchi K ni qo'ydagi formula bilan aniqlash mumkin.

Bunda, П - hamma baxtsiz hodisaga uchraganlar tomonidan yo'qotilgan ish kunlari soni;



Р - shu darvda baxtsiz hodisaga uchraganlar soni.
Shuni aytib o'tish kerakki, bu ko'rsatkich haqiqiy og'ir jaroxatlanish belgilarini ko'rsata olmaydi, chunki uning tarkibiga nogironlik va o'lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar kiritilmagan, ular alohida hisobga olinadi.
Statistika usulini ikkiga bo'lib qarash qabul qilingan: bular guruh va topografik usullardir.
Guruh usuli. Statistik usulining tarkibiy qismi hisoblanadi va baxtsiz hodisalarning bir xil sharoitlarda va ayrim belgilari bilan (masalan vaqti va sodir bo'lgan joyi, baxtsiz hodisaning xususiyatini va h.q.) guruh holida takrorlanishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Topografik usul. Bu usul ham guruh usulining ko'rinishlaridan biri bo'lib, qo'yidagi hollarda qo'llaniladi: guruh usulida keltirilgan baxtsiz hodisalar haqidagi ma'lumotlarni har xil shartli belgilar bilan belgilab (masalan, N-1), ish uchastkalarining rejasida baxtsiz xodisa yuz bergan joylarga qo'yib chiqiladi. Bu usulda ma'lum ish uchastkalarida baxtsiz hodisalarning takrorlanishi haqida ko'rgazmali ma'lumot olinadi.
Har qanday statistik tekrish kabi, bu usul bilan baxtsiz hodisalarni tahlil qilishda ham olingan material, asosan baxtsiz hodisa haqida tuzilgan N-1 formadagi AKT har tomonlama o'rganiladi. Aktda baxtsiz hodisa yuz bergan joy, jarohatlanish tavsifi, og'irlik darajasi, voqea sutkaning qaysi vaqtida yuz berganligi haqidagi ma'lumotlar aks etadi.

2. Monografik usul. Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz bergan ayrim tsex, uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o'rganiladi. Asosiy diqqat-e'tibor texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va sanitariyasi-gigienik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ro'y bergan baxtsiz hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o'rganiladi.


Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo'yicha ham o'tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo'lgan potentsial baxtsiz hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi.
Shuningdek qurilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh korxonalarda shunga o'xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta'minlashga harakat qilinadi.
Bu usul xulosalari asosida loyilanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o'zgartirish va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko'riladi.

Adabiyotlar:


1. Белов С.В. "Безопасность жизнедеятельности" Высшая школа 2002 г.
2. Kукин П.П. "Безопасность жизнедеятельности. Безопасность технологических процессов и производства" Высшая школа 2002 г.
3. Yormatov G.Yo. "Hayot faoliyati xavfsizligi (ma'ruzalar matni)" Toshkent 2000 y.
4. Hasanova O.T. "Mehnatni muhofaza qilish" Toshkent 2005 y.

5. Maйоров A.Б., Maскатов Г.И. "Безопасность функционирования автомотизированных объектов в машиностроении" Moсква 1988 г.



http://fayllar.org
Download 21,63 Kb.




Download 21,63 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari. Ishlab chiqarishda faoliyat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha qabul qilingan asosiy qonunlar

Download 21,63 Kb.