Umumiy amaliyot shifokori
General practitioner (GP)
Umumiy amaliyot shifokori - shu fan tamoyillari asosida ta’lim olgan mutaxassisdir. U birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida faoliyat ko’rsatib, shu erda yoshi, jinsi va qaysi kasalligidan qat’iy nazar murojaat qilgan har bir shaxsga uzluksiz tibbiy yordam ko’rsatishga javobgar mutahassis hisoblanadi.Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. U shu erda yashayotgan bemorga, individual shaxs sifatida hamda uning oilasi, jamiyat va madaniyatiga qaratilgan asoslarda tibbiy yordam ko’rsatadi.
Diagnoz
Diagnosis
Diagnoz– bemorni xar tomonlama tekshiruvlariga asoslanib kasallik borligini va uning o’ziga xosliklarini aniqlash.
Aggravatsiya
Aggravation
Aggravatsiya – mavjud kasallikning simptomlarini bilib turib yoki bilmasdan bo’rttirish.
Aggravatsiya anamnezda qo’yilib, kasallik tarixi va boshqa tibbiy xujjatlarga kiritiladi.
Anamnez
Anamnesis
Anamnez – tashxis qo’yish, bashoratlash, davolash va profilaktika maqsadida yig’ilgan kasallik rivojlanishi, turmush sharoiti, o’tkazilgan kasalliklar xaqidagi ma’lumotlardir.
Gemotologik tekshiruvlar
Gemotologik tekshiruvlar – qon yaratish va buzish, qon kasalliklarini aniqlashda o’tkaziladigan usullardir. Gemotologik tekshiruvlar o’z ichiga qon taxlili, suyak komigi, rentgenologik, ultra tovush va boshqa tekshiruvlarni oladi.
Tibbiy tashxisiy moslama
Tibbiy tashxisiy moslama – inson salomatligining ma’lum ko’rsatkichlarini o’lchovchi moslama.
Tibbiy tashxisiy moslama biologik organizmdagi fiziologik xolatlar xaqida ma’lumot olishga imkon beradi.
Rentgenografiya
Rentgenografiya – rentgen tashxislash usuli bo’lib, maxsus fotomaterialga rentgen tasvirini fiksatsiya qilinishiga asoslanadi.
Tomograf
Tomograf – texnik kompleks bo’lib :
Tomografiya grekchadan Tomos – qavat Grapho yozaman ma’nosini bildiradi.
Tomografiya inson ichki a’zolarining xajmli suratini o’rganuvchi tibbiy tashxisiy usul xisoblanadi.
Funktsional tashxislash
Funktsional tashxislash – tashxislash bo’limining asbobiy va laborator tekshiruv usullariga asoslanib, bemor tana a’zolari va to’qimalarining fiziologik xolatini tinch va yuklama bilan tekshiruvchi bo’limidir.
Sitodiagnostika
Sitodiagnostika – tananing yuza qismi yoki suyuqliklaridan olinib mikroskopik tekshiruvlar asosida kasalliklarni aniqlovchi tashxisiy yo’nalishdir.
TERAPEVTIK DAVO USULLARI
Alfa davolash
Alfa davolash – nur terapiya turi; alfa – zarralarning davo sifatida qo’llanilishi: rodon vannalari, radioaktiv bog’lamlar va boshqalar.
Autogemoterapiya
Autogemoterapiya –organizm ximoya tizimini va moddalar almashinuvini kuchaytirish maqsadida bemorning o’z tomiridan olingan qonini mushak orasiga yoki teri ostiga kiritishdir.
Autogemoterapiya – sust kechuvchi infektsion va boshqa kasalliklarni davolash usulidir.
Baroterapiya
Baroterapiya –xavoning yuqori yoki past bosimidan davolash maqsadida foydalanish. Bu usul tomirlar xolati, nafas funktsiyasiga va gazlar almashinuviga ta’sir etadi.Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi. Gaz - 1) uzunlik va masofani oʻlchash uchun moʻljallangan qad. oʻlchov birligi; arshin. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonning baʼzi joylarida zar deb ham yuritilgan. Qiymati 0,71 m deb qabul qilingan. Umumiy baroterapiya barokamerada o’tkaziladi.
Gen davolash (Genoterapiya)
Gen davolash – gen muxandisligi va tibbiy usullarning imkoniyatlarida foydalanib, kasalliklarni davolash maqsadida inson somatik hujayrasi gen apparatiga o’zgartirishlar kiritish.
Gemoterapiya
Gemoterapiya – o’rin bosuvchi sifatida qon yoki qonning shakilli elementlarini tomir ichiga quyishdir. Gemoterapiya qon yo’qotilganda, og’ir shakilli anemiyalarda va boshqa xolatlarda o’tkaziladi.
Giperbarik oksigenatsiya
Giperbarik oksigenatsiya – barokamerada yuqori bosim ostida kislorod bilan davolashdir.
Dezintoksikatsion davo
Dezintoksikatsion davo – darhol organizmdan zaharli maxsulotni chiqarish yoki uni parchalashga qaratilgan davo choralari yig’indisidir.
O’rin bosuvchi davo
O’rin bosuvchi davo – biron bir a’zo faoliyatining qisman yoki to’liq buzilishida, shu a’zo tomonidan ishlab chiqariluvchi moddaning o’rnini bosuvchi dori vositalari yoki aynan shu moddani kiritishdir.
Infuzion davo
Infuzion davo –
-
normal faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan suyuqlik va kimyoviy elementlarni tiklash;Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi.
-
zaharli maxsulotlarni yo’qotish;
-
a’zo faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha susaytirish maqsadida
tomir ichiga katta miqdorda suyuqlik yuborish.
Lazeroterapiya
Lazeroterapiya – lazer nurlantirish yordamida davolash.
Oksigenoterapiya
Oksigenoterapiya – davolash maqsadida nafas yo’llariga, oshqozon ichak tizimiga yoki bo’g’im bo’shliqlariga xavo yuborish.
|