|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi
|
bet | 2/9 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 134 Kb. | | #127719 |
Bog'liq Hayot xavfsizligi asoslariHayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.
3. Ishlab chiqarish jarayonlarida kasb kasalliklarini kamaytiradigan uslubiyatlarni ishlab chiqish.
4. Fuqarolarni turli xavflardan, tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o‘rgatish.
5. Mehnat jarayonlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish chora- tadbirlarini o‘rganish.
6. Tabiiy, texnogen va ekologik shikastlanish o‘choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklash ishlarini o‘tkazish.
7. Jarohatlangan insonlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘rgatish.
Hayot faoliyati xavfsizligining nazariy asoslari bo‘limida fanning asosiy tushunchalari, ularning mazmuni, xavfsizlikni ta’minlash usul va vositlari, inson faoliyatining turlari, ishlab chiqarish sanitariyasi va gigienasi, ularga qo‘yiladigan talablar hamda mehnatni muhofaza qilishning huquqiy asoslari mavzulari muhokama etilgan.
Fuqaro muhofazasi bo‘limida: Favqulodda vaziyatlar, ularning sababchi omillari, xususiyatlari va oqibatlari, favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni, moddiy boyliklarini, ob’ektlarni himoya qilish usullari va himoyalovchi vositalardan foydalana bilish qoidalariga o‘rgatish, shikastlangan o‘choqlarda qutqaruv va birinchi tiklov ishlarini o‘tkazish va boshqa muhim vazifalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda keltirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining fuqaro muhofazasiga oid qonunlar, Prezident farmonlari, hukumat qarorlari va favqulodda vaziyatlar vazirligining yo‘riqnomalari asos qilib olingan.
Yong‘in xavfsizligi bo‘limida, yong‘in, uning sababchi omillari va salbiy oqibatlari, yonish jarayoni, uning fazalari, yong‘in xavfiga bardoshli bino, inshootlar va qurilish materiallarining turlari. yong‘inni so‘ndiruvchi vositalar, ularning xususiyatlari, ularga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi masalalar muhokama etilgan. Bu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasining 2009 yil 30 sentyabrda qabul qilingan «Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi» Qonuni asos qilib olingan.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limida fuqarolarni ishlab chiqarish xavflaridan hamda hayotiy faoliyatining boshqa jabhalarida yuz beradigan tabiiy, texnogen va ekologik tusdagi favqulotda vaziyatlardan oladigan jarohatlarida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoida va usullarini, yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan tibbiyot vositalarini o‘rgatadi. Shu sababdan har bir fuqaro birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish muolajalarini bilishi zarur hisoblanadi.
|
| |