Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat




Download 2,13 Mb.
bet5/12
Sana15.05.2024
Hajmi2,13 Mb.
#234741
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
11 mavzu

Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.

  • Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat.
  • Tarbiyachi hikoya qilishni o’rgatishni savollar zanjiri yordamida, ya’ni bolaning bayon qilish, tavsiflash yoki mulohaza yuritishda mantiqqa amal qilishni ko’zda tutuvchi reja yordamida amalga oshiradi.
  • Hikoya rejasi oddiy bo’lishi, ya’ni bir chiziqdagi savollar zanjiri shaklida yoki murakkab, ya’ni keng tarmoqlangan qo’shimcha (aytib turuvchi yoki faqat yo’naltiruvchi) savollar zanjiri shaklida bo’lishi mumkin.
  • Turli yosh guruhlaridagi bolalar bilan mashg’ulotlar turlicha o’tkaziladi va ushbu mashg’ulotlarda bolalarga qo’yiladigan talablar ham turlicha bo’ladi.
  • Hikoyaga oid mashg’ulotlarda doimo taniqli she’rlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlarni esga olish maqsadga muvofiqdir: bu bolalarning emotsional kayfiyatini ko’taradi va ularning hikoyalarini yanada ifodali qiladi.

Monologik nutqqa oid mashg’ulotlarni real obyektlarga (quyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

  • Monologik nutqqa oid mashg’ulotlarni real obyektlarga (quyoncha) tayanish usullari yordamida va real narsalarni eslash (farrosh mehnati haqida hikoya) asosida o’tkazish maqsadga muvofiqdir.
  • Bolalar suratlarga qarab hikoya qilishni tegishli suratlarni (harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan) ko’rib chiqish jarayonida o’rganadilar.
  • Statik suratlar - bu tavsiflash uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar haqida hikoya qilish bir vaqt rejasida olib boriladi.
  • Harakatlanadigan suratlar - (bosmaxonada chop etilgan turkum suratlar, diafilmlar, diapozitivlar va boshq.) - bayon qilish uchun didaktik materiallardir: ularda tasvirlangan narsalar yoki harakatlar bir-biridan keyin keladigan vaziyatlardan iboratdir.

Download 2,13 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 2,13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hikoyaning maxsus vazifasi (qayta hikoya qilish vazifasi kabi) - monologik nutqni rivojlantirishdan iborat

Download 2,13 Mb.