|
“Takomillashgan Ilk qadam” dasturida Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
|
bet | 2/12 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,13 Mb. | | #234741 |
Bog'liq 11 mavzu“Takomillashgan Ilk qadam” dasturida Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari - Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.
- Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
- Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
- O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
- Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
Aqliy hujum…… - 1. Hikoya nima?
- 2. hikoya qaysi adabiy turga kiradi?
- 3. O’zbek adabiyotida dastlabki hikoya muallifi kim?
- 4. O’zbek adabiyotida yaratilgan ilk hikoyaning nomi?
- 5. O’zbek adabiyotida kimni hikoyalar ustasi deb ataladi?
- 6. Rus adabiyotida kimni hikoyalar ustasi deb ataladi?
- 7. Jahon adabiyotida-chi?
Hikoya – o‘quv materialini bolalar uchun tushunarli tarzda bayon etish imkonini beruvchi og‘zaki metodlardan biri. Hikoyada turli mazmundagi bilimlar obrazli shaklda taqdim etiladi. Bolalar uchun hikoyalar kundalik voqealar, yil fasllari, yozuvchilar, rassomlar, ona shahri haqida bo‘lishi mumkin. Hikoya qilish uchun material sifatida badiiy asarlardan foydalanish mumkin.
- Hikoyani tushunish qobiliyati, ya’ni tinglay olish, mazmuniga munosabat bildira olish, savollarga javob berish, oddiy qayta aytib berish uch yoshdan boshlab paydo bo‘ladi.
- Kichik guruhlarda hikoya ko‘rgazmali materiallarni (narsa-buyumlar, ularning tasviri) namoyish qilish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
- Ko‘rgazmali materiallardan bolalar tasavvurga ega bo‘lmagan voqea-hodisalar haqida hikoya qilinganda o‘rta va katta maktabgacha yosh guruhlarida ham foydalaniladi.
- Biroq, katta guruhlarda hikoya qilish jarayonida ko‘rgazmali materiallardan keragidan ortiqcha foydalanish tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarni so‘z yordamida fikrlashga o‘rgatish, ulardagi tasavvurni rivojlantirish lozim.
|
| |