|
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas
|
bet | 9/12 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,13 Mb. | | #234741 |
Bog'liq 11 mavzuUshbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas. Qayta hikoya qilishga o’rgatish usullari - Tarbiyachining bola bilan birga qayta hikoya qilishi. Tarbiyachi bu usuldan qayta hikoya qilishga o'rgatishning dastlabki bosqichida, ayniqsa, hikoya qilib bera olmaydigan bolalar bilan ishlashda keng foydalanishi kerak. Qayta hikoya qilish jarayonida tarbiyachi bolalarga sezdirmagan holda gavdasini to‘g‘rilashi, imo-ishora, ko‘z qarashi bilan dalda berishi mumkin, mashg‘ulotning oxirida esa, albatta, bolani maqtash kerak: „Yasha, endi boshqa bolalarga hikoya qilish yengil bo’ladi. Faqat keyingi safar balandroq ovozda hikoya qilgin”.
- Qayta hikoyani takrorlash. Bu usuldan ko'proq o‘rta va katta guruhlarda foydalaniladi. Bu bola uchun ancha murakkab bo’lgan usuldir, chunki u tarbiyachining hikoyasiga alohida luqma tashlash (gap qistirish) bilan birga, to'liq jumlalarni ham takrorlashiga to‘g'ri keladi.
So’z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga yo’l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga e'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo’li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z qarashi bilan uning xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing, boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo’ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo’ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo’llaniladi. - So’z va jumlalarni aytib turish. Bu usul qayta hikoya qilishning ravonligini, izchilligini ta’minlaydi, uzoq pauza qilishga yo’l qo'ymaydi. Bu usuldan ko‘proq bola asar matnining ayrim joylarini esdan chiqarganda foydalaniladi. Agar bola juda yaxshi hikoya qilsa-yu, biroq nutq sur'ati juda sekin bo‘lsa, tarbiyachi pauza vaqtida sabr-toqat bilan hikoyaning davomini kuzatishi: bolaning gavda holatiga e'tibor bilan qarashi, dalda berishi orqali bola diqqatini to ‘plashi kerak.Agar bola hikoya qilayotgan vaqtda tebranib (chayqalib) tursa, boshini egsa, qo’li bilan ortiqcha harakatlarni qilsa, uning hikoyasini bo‘lib tanbeh berish yaramaydi, balki bunday hollarda imo-ishora, ko‘z qarashi bilan uning xatosini, kamchiligini tuzatishi, hikoya qilib bergandan keyin esa hammaga eshitilarli qilib: „Hikoya qilayotganingda tinch turishing, boshingni pastga egmasdan, o‘rtoqlaringga qarab turishing kerak. Axir ular sening hikoyangni tinglashadi-ku“ , deb aytishi kerak. Tarbiyachi bolaning bu nuqsonlarini kundalikka belgilab qo’ysa, maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki keyingi qayta hikoya qilib berish mashg‘ulotidan oldin yana bir marta bolani ogohlantirishda bundan foydalanadi. Tarbiyachi aytib turish orqali, bolani qayta hikoya qilayotganida yo‘l qo’ygan grammatik xatolarni to'g'rilaydi. Bu usul qayta hikoya qilishga o ‘rgatishning keyingi bosqichlarida ham qo’llaniladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Ushbu talablarning barchasi bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘liq bo'lib, bulardan birortasini ham e'tibordan chetda qoldirish mumkin emas
|