|
Hikoya to’qishni o’rgatish metodikasi quyidagicha
|
bet | 7/12 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 2,13 Mb. | | #234741 |
Bog'liq 11 mavzu - Hikoya to’qishni o’rgatish metodikasi quyidagicha:
- 1. Bolaga ertak yoki hikoyaning muayyan lavhasini bu xuddi uning o’zi bilan yuz bergani kabi o’z nomidan aytib berish taklif qilinadi.
- 2. Pedagog «to’qish»ning borishini diqqat bilan kuzatib boradi, o’zini bolaning har so’ziga ishonayotgandek qilib ko’rsatadi, ayni paytda bolaning nutqini kuzatib boradi, uning nutqidagi kamchiliklarni unga xalaqit bermasdan tuzatib boradi.
- 3. Asarni tanlashda pedagog uning bola asar qahramonlarining ijobiy xususiyatlaridan namuna oladigan darajada munosib bo’lishiga alohida e’tibor qaratishi lozim. Zero, ushbu yoshda bolaning o’rganganlari butun umrga muhrlanib qoladi.
Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so’z ijodkorligi hisoblanadi. Hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to’qima voqealarini hikoya qilishga, o’z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo’naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar berish, o’zining qiziqayotganligini bildirish, o’yin vaziyatlarini hosil qilish (o’yinchoqlar, rasmlar to’plami, qo’g’irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo’llab-quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning ehtimoliy yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir. - Ravon nutqni (hikoya qilishni) rivojlantirishning asosiy sharti kattalar va bolaning birgalikdagi so’z ijodkorligi hisoblanadi. Hatto besh yoshli bolalar ham tanish ertaklarni, to’qima voqealarini hikoya qilishga, o’z shaxsiy tajribasidan kelib chiqib hikoya qilishga qiziqa boshlaydilar. Katta odam yo’naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollar berish, o’zining qiziqayotganligini bildirish, o’yin vaziyatlarini hosil qilish (o’yinchoqlar, rasmlar to’plami, qo’g’irchoq teatri qahramonlari yordamida) bola tashabbusini qo’llab-quvvatlashi zarur. Pedagogning hikoya mavzusini, voqealar rivojini, voqealarning ehtimoliy yakunini, so’z shaklini aytib berishi birgalikdagi so’z ijodkorligi uchun katta ahamiyatga egadir.
- Birgalikda hikoya qilib berish dastlab dialog ko’rinishiga ega bo’ladi, bunda katta odam savol beradi, bola javob beradi, katta odam gapni boshlaydi, bola esa uni nihoyasiga yetkazadi. Bunday dialogdan - monolog nutqi tug’iladi. Keyinchalik bola monologi asosida bolalarning birgalikdagi ijodkorligi boshlanadi, u kattaning bola bilan dialogi shaklini takrorlaydi. Birgalikda hikoya qilish uchun yaxshi asos rasmlar turkumi bilan ishlashda, rollarga bo’linib hikoya qilib berishda, o’yin sahnalashtirishlarda yaratiladi.
|
| |