Himoyaga ruxsat beriladi Fakultet dekani I f. n A. T. Jo’raev




Download 2,87 Mb.
bet4/26
Sana22.03.2021
Hajmi2,87 Mb.
#13380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Ushbu malakaviy bitiruv ishini yozishdan maqsad - berilgan mavzu yuzasidan izlanishlar olib borib, turizm sohasining mutaxassisi sifatida kerakli bilim va ko’nikmalarni hosil qilish, oliygohda to’rt yil mobaynida olingan ta’lim bilan uyg’un holda har tomonlama yuksak darajadagi malakali kadrlar bo’lib yetishib chiqishga ko’maklashishdan iborat.

Ushbu malakaviy bitiruv ishi 2 bobdan iborat. Birinchi bob, mavzuning nazariy ahamiyatini o’rgansa, ikkinchi bo’lim esa, birinchi bobdan olgan nazariy bilimlarni bir aviakompaniya misolida amaliy faoliyati bilan tanishib chiqishni ikkinchi bob ko’zda tutadi. Shuningdek, ishning oxirida xulosa va takliflar, qo’shimcha ilovalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati kabilar joy olgan.

Malakaviy bitiruv ishi o’z tarkibining birinchi qismida, xalqaro turizm bozorida aviatsiyaga ixtisoslashgan transmilliy kompaniyalarning muhim ahamiyati, turizm bilan aloqadorliklari, kompaniyaning ishlash tartiblari, vazifalari, band qilish tizmi, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish yo’l- yo’riqlari, aviakompaniyalarning turoperatorlar, vositachi kompaniyala va iste’molchilar bilan bo’lgan aloqalari kabilarning nazariy qismlari kiritilgan. Ikkinchi qismda esa, amaliy qismlar yoritib berilib, ana shunday yirik kompaniyalardan biri bo’lmish British Airways aviakompaniyasining ishlash faoliyati , joylashuv nuqtalari, turizm bozoridagi roli, tur operatorlar bilan aloqalari, turistlar oqimi statistikasi va uning xizmatlari, moliyaviy ko’rsatkichlari kabilarni qamrab oladi.

Malakaviy bitiruv ishining asosida bugungi kunda hali yosh bo’lgan yana bir sanoat turi bo’lmish turizmning rivojlanishida qanday qilib havo transporti harakati o’z hissasini qo’shishi mumkinligi haqida hamda dunyoning turli nuqtalarida joylashgan yoki bir- biriga qo’shni mamlakatlarning turistik maskanlari ne chog’lik muhim ahamiyat kasb etishini o’rganib chiqish yotadi. Shunday ekan turizm sanoatini qo’llab- quvvatlash va rivojlanishiga yo’l ochib berish maqsadida aviakompaniyalar qanday xizmat ko’rsatish tartiblarini ishlab chiqishi lozimligi, tur operatorlar bilan bo’ladigan aloqalarda uzoq maqsadni ko’zlash kabi savollarga turli xil adabiyotlardan foydalangan holda javob berishga harakat qildik. Shuningdek, turistlarni ko’proq ushbu xizmat turidan foydalanishlarini ko’zda tutuvchi strategik ishlash tartiblari bilan tanishib chiqdik.

Oxirida shuni ta’kidlash zarurgi, O’zbekistonda ham turizm sohasi endi rivojlanayotgan bir paytda aviatransportni ham rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Turistlar oqimini O’zbekiston hududida kengaytirish uchun ana shunday yirik aviakompaniyalar kabi ko’pgina texnologik ustunliklarni qo’lga kiritishga harakat qilish O’zbekiston sharoitida ichki va tashqi turizmni rivojlantirish uchun juda katta bir qadam bo’ladi.


  1. Download 2,87 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Download 2,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Himoyaga ruxsat beriladi Fakultet dekani I f. n A. T. Jo’raev

Download 2,87 Mb.