|
II- Bob. British Airways - turizm infratuzilmasining asosiy bo’g’ini sifatida. British Airways Transmilliy kompaniyasining ishlash tartibi
|
bet | 3/26 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #13380 |
II- Bob. British Airways - turizm infratuzilmasining asosiy bo’g’ini sifatida. British Airways Transmilliy kompaniyasining ishlash tartibi 33
2.1 British Airwaysning ulkan yirik Transmilliy aviakompaniya sifatida vujudga kelishi 33
2.2 British Airways faoliyatini tashkillashtirish va uning dunyo bo’ylab joylashuv nuqtalari 36
2.3 British Airwaysning tur xizmatlari va hamkorlik aloqalari 48
2.4 British Airways ning moliyaviy ko’rsatkichlar 50
Xulosa va takliflar 52
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 55
Kirish.
Hozirgi kunda havo transporti juda o’ziga xos bir sanoat turi bo’lib, ko’plab ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy aloqalarda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu xizmat turiga bo’lgan talab kundan- kunga oshib bormoqda. Havo transporti bugungi kunda yangi bir sanoat turi bo’lgan turizm bozorida, ayniqsa, keng imkoniyatlarni ochib beryapti , desak to’g’ri bo’ladi. Chunki qaysi bir maskan hududni olmaylik , u yerda agar transport sanoati, ayniqsa, agar havo transport vositalarining qatnovi keng tashkil qilingan bo’lsa, aynan o’sha hududning oldinga siljishi, rivojlanishi tezlashadi.
Natijada, bordi- keldi aloqalari yo’lga qo’yilib, turistlar oqimi ham kengayadi. Demak, agar turizm sohasini ma’lum bir hududda rivojlantirishga maqsad qilib qo’yilsa, bunda albatta havo transportini rivojlantirish ham ko’zda tutiladi. Dunyoda ana shunday sanoat turlarini va ko’pgina sohalarni rivojlantirish uchun shunday ulkan aviakompaniyalar faoliyati keng yo’lga qo’yilyaptiki, ular kundan- kunga turistlar , iste’molchi, xaridorlarning yo’l mushkulotini osonlashtirmoqda.
Ushbu malakaviy bitiruv ishining mavzusi – “Xalqaro turizmni rivojlantirishda aviatsiya sohasiga ixtisoslashgan transmilliy kompaniyalarning o’rni ” bo’lib, dunyo miqyosida keng faoliyatga ega bo’lgan aviakompaniyalar qanday qilib turizm bozorining rivojiga hissa qo’shgan holda turistlar oqimini kengaytirishni yo’lga qo’yish hamda ushbu aviakompaniyalar faoliyati bilan tanishib chiqishni ko’zda tutadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
II- Bob. British Airways - turizm infratuzilmasining asosiy bo’g’ini sifatida. British Airways Transmilliy kompaniyasining ishlash tartibi
|