• 2-Jadval. 20 ta Xalqaro aeroportlarning yo’lovchi tashishdagi o’sish su’atlari.
  • -Jadval. Solnoma asosida yo’lovchi tashuvchi xalqaro havo yo’llari kompaniyalar ro’yxati




    Download 2,87 Mb.
    bet7/26
    Sana22.03.2021
    Hajmi2,87 Mb.
    #13380
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
    1-Jadval. Solnoma asosida yo’lovchi tashuvchi xalqaro havo yo’llari kompaniyalar ro’yxati.

    Aviakompaniyalar

    Yo’lovchilar soni (million)

    Air France

    112,689

    British Airways

    111,336

    Lufthansa

    109,384

    Singapore Airlines

    87,646

    American Airlines

    81,129

    United Airlines

    74,578

    Emirates Airline

    74,578

    KLM

    71,761

    Cathay Pacific

    71,124

    Japan Airlines

    59,913

    Manba: Xalqaro Havo Transporti Assotsiatsiyasi (IATA).

    Quruqlik va havo transportlari o’rtasidagi tafovutni qo’llash maqsadida dunyoning ulkan transmilliy kompaniyalarining aeroportlari millionlab aviatsiya xalqaro yo’lovchilar va tonnalab har yili chegirmalar ishlab chiqishdi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy yuqori texnologiya va turizm sanoatlarida o’sish sur’atlarini oshirdi. 2008- yilda yo’lovchi tashish havo transportlari umumiy15500 aeroportlar bilan bog’langan; oxirgi o’n yilliklarda eng tez o’sish sur’atlari Yevropa va Osiyo bozorlarida ro’y bermoqda:



    2-Jadval. 20 ta Xalqaro aeroportlarning yo’lovchi tashishdagi o’sish su’atlari.

    Aerport

    Xalqaro yo’lovchilar

    London Heathrow Airport

    62,099,530

    Charles de Gaulle International Airport

    54,901,564

    Amsterdam Airport Schiphol

    47,677,570

    Frankfurt Airport

    47,087,699

    Hong Kong International Airport

    46,281,000

    Singapore Changi Airport

    35,221,203

    Narita International Airport

    34,289,064

    Dubai International Airport

    33,481,257

    Suvarnabhumi Airport

    31,632,716

    London Gatwick Airport

    31,139,116

    Incheon International Airport

    30,753,225

    Madrid Barajas International Airport

    29,339,784

    Kuala Lumpur International Airport

    26,938,970

    Chatrapati Shivaji International Airport

    25,360,860

    Munich Airport

    23,988,612

    Dublin Airport

    22,339,673

    John F. Kennedy International Airport

    21,521,711

    London Stansted Airport

    21,201,543

    Taiwan Taoyuan International Airport

    20,855,186

    Malpensa International Airport

    20,627,846

    Manba: Xalqaro Aeroportlar Konsulligi.

    Vazifasi. Xalqaro havo transportining roli hozirda o’zgargan bo’lib, endilikda u faqatgina ilk davrlardagi kabi xat tashuvchi “uchar ot” emas. Keyinchalik bu vosita mulkning bir turi bo’lib, hukumatlar o’z ta’sir doiralarini keskin hollarda kuchaytirish vositasi sifatida foydalanishgan. Keyinchalik II Jahon urushidan so’ng uzoq masofadagi biznes va sayohat, savdo maqsadida keng tarqalgan transport vositasi, so’ng texnologiyaning rivojlanishi bilan odamlarda bo’sh vaqtning ko’payishi va boshqarma tomonidan transport vositasining kira haqi kamaytirilishi natijasida shaxsiy sayohatlar va bo’sh vaqtlarni unumli o’tkazishda ushbu transport vositasidan foydalanishgan. Bu o’z navbatida turizm sanoatida kirimlar ko’payishiga turtki bergan. Bu kabi havo transportiga bo’lgan talablar davom etayotgan bir paytda havo transportiga bo’lgan talab yana 1 taga ko’paydi. Bu ham bo’lsa ishchi kuchining ko’chishidir.

    Band qilish. Aviakompaniyalar juda ko’pdan beri ichki kompyuter band qilish sistemasidan foydalanib kelmoqdalar. Ular tez- tez global distribyutorlik tizimlari bilan to’qnashishadi va internet saytlaridan o’z inventarlarini ko’rsatish va bu inventarlar (joylar) ayni paytda amalda ekanligini tasdiqlaydilar. Bu sistemalar asosan, elektron chiptalarni nashr qilish va dunyoning turli xil yuk tashuvchilari bilan elektron chiptalarni ayirboshlash uchun ham qo’llaniladi. Intervyulardagi takliflarga ko’ra, ushbu tizim jiddiy tuzatishlarga muhtoj bo’lib, band qilish sistemasining barcha hamkor kompaniyalarini bir- biriga bog’lashi kerak. Unda albatta muqobil o’rin bo’lishi shart. Ya’ni bunda ma’lum bir aeroport va tur agentliklarning yo’nalishlari ularning bandlilik darajasini hamda alternativ o’rinlarni ko’rish oson bo’ladi. Bundan band qilish sistemasi , shuningdek, jarayonni avtomatlashtiradi hamda hamkorlar o’rtasidagi aloqalarning bir tekisda borishini ta’minlaydi. Havo yo’llari kompaniyalari texnologiyalardan o’zlarining samaradorliklarini oshirishda foydalanishga harakat qilishmoqda. Shu sababli ular yangi texnologiyalar ya’ni elektron shkalalar, qo’l tutgichli terminallar kabi vositalardan foydalanib, nazoratlarning samaradorligini oshirishda va operativ narxlarni pasaytirishga harakat qilishdi.

    Shu tariqa, bu tizim administratsiya, buxgalteriya, savdo va marketing, daromad va foydalarni boshqarishda, chiptachiliklar va jo’nashni nazorat qilish tizimlarini birlashtirib, yagona tizim ostida boshqarishni ta’minlagan.

    Aviakompaniyalar kompyuter rezervatsiya sistemasida qarorlarni qo’llab- quvvatlash sistemalaridan ham foydalanishadi va shu tariqa vujudga kelgan harakatlar va bronlashni muntazam tekshirib borishadi. Bundan asosiy maqsad iste’molchilarning xulq- atvorini o’rganish, harakat oqimlari va yo’nalishlarini shuningdek, hamkorlar va savdo agentliklarining ishtiroklari va ularni solishtirish imkoniyatlarini bajargan ishlarini o’rganib chiqishdir. Ular shuningdek, o’z raqobatchilarining narxlashtirish strategiyalarini ham kuzatib borishadi. Bu kabi sistemalar aviakompaniyalarga raqobatchilarning keskin harakatlariga moslashishlariga, vaziyatga qarab qarshi chora- tadbirlar ko’rishga yordam beradi. Shu tariqa aniq axborotlar bazasi aviakompaniyalarni vaziyatga mos qaror qabul qilib, asosiy strategiyani ishlab chiqishga va operatsion faoliyatlar olib borishga ko’maklashadi. Bunday faoliyat turlariga marketing va savdo sohalarini, jadvalni rejalashtirish, foyda menejmenti yoki narxlashtirishni kiritish mumkin.

    Ishlash jarayoni tizimi. Aviakompaniyalar elektron ishlarni yo’lga qo’yishni optimallashtirishlari uchun samarali rejalashtirish jarayonlaridan foydalanishlari zarur. Bu esa o’z navbatida kerakli jihozlar bilan maksimal darajada ta’minlash va inson resurslaridan talab bosimlariga, hukumat boshqaruvlariga va operatsion cheklovlar ya’ni havo transporti harakatini nazorat qilish qoidalari kabi muammoli vaziyatlarga qarshi foydalanishni taqazo qiladi. Intervyuchilarning takliflariga binoan qarorlarni rejalashtirishda yo’nalishni tanlash va raqobatbardoshlikni nazorat qilish kabi uzoq muddatli strategik mavzulardan tortib to jihozlar uchun va ishchi- xodimlar ro’yxati uchun jadvallar tuzishgacha bo’lgan mavzularni qamrab olishi maqsadga muvofiq. Jadvallashtirish deganda aeroportlar o’rtasidagi aloqalar sonini va vaqtlarni belgilash hamda samalyot vositalari tanlovini nazarda tutadi. Rejalashtirish va operatsiyalar bo’limlari birlashgan uchish jadvali menejmenti sistemasidan aeroportlarning jadvallarini rejalashtirishlarini osonlashtirish uchun foydalanishadi. Bunday sistemalar parallel ravishda boshqa sistemalar ya’ni operatsiyalar nazorati, jamg’arma va daromad menejmenti, ta’mirlash nazorati bo’limi va ekipaj menejmenti sistemalari bilan birlashishi kerak. Ular uchish jarayonlarining tarixiy ma’lumotlarini va o’tgan yuk omillarini tekshirishadi , shuningdek, kelajakdagi talab hajmlarini oldindan bashorat qilishadi.

    Ovozli e’lon qilish sistemalarining oshishi elektron ishlarni bir maromda boshqarib borishda va jo’nash, uchish vaqtlarini hamda jadvallarini rejalashtirishda katta yordam ko’rsatdi. Aviakompaniyalar , shuningdek, uchishni boshqarish jadvali sistemalari ham electron tarzda tashkillashtirilgan bo’lib, u samalyot harakatlarini oldindan bashorat qilishda turli xil kech qolishlardan kelib chiqqan operatsion farqlarni ko’rsatishda ob- havo sharoitlarini va boshqa jadval tartibini buzadigan, bashorat qilib bo’lmaydigan vaziyatlarda juda ahamiyatli bo’ladi va shularni tasvirlaydi.

    Bunday jadvallarni boshqarish sistemasini to’ldiradigan operatsion nazorat sistemalari mavjud bo’lib, u avtomatik kalkulyatsiyani va reyslarning vaqt rejalarini ko’rsatish bilan bir qatorda boshqa xususiyatlar ya’ni uchish davomida reyslar yonalishlarini va vaqtini to’g’ri boshqarishni nazorat qilish bilan birgalikda cheklovlarni ham ko’rsatadi. Reyslarni kuzatib turuvchi moslama ayrim muhim ma’lumotlarni yig’adi hamda muhim axborotlar ya’ni bronlash shakllari yo’lovchilarni transfer qilish , axborotlarni, ob- havoning o’zgaruvchanlik holatlari, xodimlar smenalarini va boshqa aeroport limitlarini ko’rsatib beradi. Ehtimoliy muammolar va boshqa favqulodda vaziyatlar muhim xabarlar va yangilangan boshqa operatsion sistemalar (reyslarni jadvallashtirish, rezervatsiya, ta’mirlash bo’limi va xodimlarni nazorat qilish sistemasi orqali) xabarlaridan bilish mumkin.

    Informatsion Kompyuter Texnologiyalari (IKT)dan foydalanish. Aviatsiya sohasida informatsion texnologiyalar nihoyatda yaxshi rivojlangan bo’lishi lozimligi nuqtai nazaridan ko’pgina ulkan transmilliy aviakompaniyalarda ham bunday axborot uzatish moslamalari o’rnatilgan va ular elektron o’tkazgichlar yordamida ulangan bo’ladi. Bu kabi elektron o’tkazgichlar yordamida bekatni nazorat qilish tizimi tashkillashtirilgan bo’lib, u orqali barcha bekat bo’ylab aloqalar o’rnatiladi va operatsion bo’linmalar hisobot berib borishadi. Bunda, masalan, keyingi navbatdagi samalyotning tayyor turishi, xodimlar, ekipaj a’zolari bilan aloqalar, yo’lovchilar, yuk va baggaj bo’linmalari bilan aloqalar amalga oshiriladi. Aeroportlar birgalikda ishlagan holda samalyotlarning ortga qaytish vaqtini va yo’lovchilar bilan bo’ladigan aloqalar vaqtini qisqartirishlari kerak.

    Bu tizimlar, shuningdek, bekat menejerlariga ham o’z ishlarining reja bo’yicha ketishida va har bir reysda ko’rsatiladigan xizmatlar o’z o’rnida bo’lishiga yordam beradi. Undan tashqari Xalqar Fuqarolar Aviatsiya Tashkiloti tasdiqlaganidek, hech qaysi baggaj o’z egasisiz tashilishi mumkin emasligini kafolatlaydi. Bu tizim orqali yo’lovchilarning xavfsizlik nuqtai nazaridan kafolatlanib yo’lovchilar bilan birga bir vaqtning o’zida yetkaziladi. Baggaj og’irliklari belgilangan og’irlik birligidan oshganda har bir 1 kg uchun to’lanadigan haqlar ham qisqartiriladi.



    Resurslarni boshqarish tizimi. Avia yo’nalishlar maksimal darajada o’z qo’l ostida bo’lgan qimmatli resurslaridan foydalanishi lozim, bular tarkibiga inson resurslari va flotlar kiradi. Shu sababli, ular o’z jihozlari va samalyotning barcha qulayliklaridan va funksiyalarining ishlash qobiliyatidan to’liq foydalanishlari kerak. Binoning butun tuzilishini nazorat qiladigan tizim samalyotning tuzilishi, moliyaviy va operatsion talablari bilan muvofiqlashtirilgan. Tizim orqali samalyot va jihozlardan doimiy foydalanish kafolatlanadi hamda barcha texnik nosozliklar va tartibga kiritilmagan xizmatlar shu darajada samarali bajariladiki, bu bilan xizmatda paydo bo’ladigan muammolarning oldi olinadi.

    Ushbu sistemalar , shuningdek, boshqa iste’molchilar foydalanadigan saytlar bilan birgalikda qo’shilgan holda o’z faoliyatlarini olib borishadi. Injenerlik sistemasi esa ayni paytda texnik jihatdan o’zini ta’minlab borish uchun ta’minotchi saytlar bilan birgalikda qo’shilib faoliyatini yuritib boradi.

    Texnik hujjatlashtirishni boshqarish sistemalari tez-tez ma’lumotlarni yaratishadi, ko’rsatishadi va ularni boshqaradi. Albatta bularning barchasi chuqur yo’lga qo’yilgan internet aloqalar orqali boshqariladi. Aviakompaniyalarning ayni maqsadi flotlarni yangilab turish, ulardan foydalanishni maksimallashtirish kabi vazifalarni yo’lga qo’yish bo’lsa, bularni albatta ta’minotchi internet aloqalari zanjirlarini optimallashtirish , samalyotlarni xarid qilish va xom- ashyoni to’g’ri boshqarish orqali amalga oshiriladi.

    Aviakompaniyalar o’z ekipaj xodimlarini ham ekipajni boshqarish tizimi orqali boshqarishadi. Ularning vazifalarini rejalashtirish ham murakkab jarayon sanalib, bir qancha faktorlarga asosan taqsimlanadi. Bularga ularning imkoniyatlari va jihoz, qurilmalarni qo’llash qobiliyati, darajasi, immigratsiya mavzulariga ko’ra, dam olish davrlari va bu davrlarning haqi kabilar inobatga olinadi. Ekipajni boshqarish tizimi inson resurslaridan foydalanishni optimallashtirish uchun ekipajlarning ma’lumotlar omboridan foydalanishadi.

    Ularning barchasi bir- biri bilan bog’langan holda boshqarilishi lozim, ya’ni, ular reyslarni ekipaj aloqalari, reyslar to’g’risida ma’lumotlarni yetkazish va boshqalar shular jumlasidandir. Bu sistemalar, shuningdek, qonuniylikni tekshirish, xodimlar ro’yxatini tuzish, mehmonxona xizmatlarini takliflari, aeroportdan kutib olish xizmatlari kabilar shular jumlasidandir. Bularning barchasi aviakompaniyalarning uzoq muddatli strategiyasi bo’lib, samaradorlikni oshirishga qaratilgan.

    Aviatsiya sanoatida uni boshqarishda axborot kompyuter texnologiyasidan strategik va taktik foydalanish.

    Aviatsiya axborot almashish kompyuter texnologiyasi quyidagi funksiyalarga bo’linib boshqariladi:



    Umumiy Aviatsiya boshqaruvi:

    • Strategik va Operatsion Boshqaruv;

    • Moliya va Buxgalteriya;

    • Xizmatchilarning samaradorligi va ekipajni boshqarish;

    • Hamkorlar bilan aloqalar va alians (ittifoq) birlashuvlar;

    • Biznes boshqaruv va hisobot;

    • Xavfsizlikni ta’minlash jarayonlar.

    Strategik havo yo’llarining funksiyalari:

    • Strategik biznes bo’limining boshqaruvi;

    • Reyslarni rejalashtirish va bozor tahlili;

    • Raqobatchilarni kuzatib borish;

    • Strategik narxlashtirish va foydani boshqarish;

    • Brendlash va kommunikatsion tamoyillar;

    • Distribyutorlik strategiyasi;

    • Hamkorliklar va allianslar;

    • Ustunliklar va samalyotlarni yangilash.

    Iste’molchilar , hamkorlar, agentliklar va boshqa distribyutorlar bilan o’zaro aloqa hamda chipta ta’minoti:

    • Samalyot mulkini boshqarish va chiptalarni ko’rsatish;

    • Iste’molchi profili, iste’molchi xizmati va iste’molchilar bilan aloqa o’rnatish;

    • Internet va global distribyutorlik tizimi orqali samalyot mulkini hamda buyurtma berishni boshqarish;

    • Iste’molchilar bilan munosabatlarni boshqarish;

    • Sodiq iste’molchilar klubini boshqarish;

    • Bronlashni boshqarish nashr qilingan yoki electron chipta bilan ta’minlash;

    • Operatsion boshqarish;

    • Uslubiy narxlashtirish va samarani boshqarish;

    • Siljitishlar, maxsus takliflar va maqsadli faoliyatlar;

    • Elektron xom- ashyo va texnik ta’minotchilar va hamkorlar bilan bo’lgan aloqalarni boshqarish;

    • Bekatlar, distribyutorlik kanallari, iste’molchilar bilan global tarzdagi aloqalar va ular bilan bo’ladigan faoliyatlarni boshqarish;

    • Schyot faktura va daromadlarni yig’ish;

    • Hamkorlar va allians a’zolari bilan o’zaro munosabatlarda roziliklari.

    Uslubiy rejalashtirish va biznesni yuritish:

    • Bronlashlar va daromad ta’minoti;

    • Ro’yxatdan o’tish jarayoni va o’rinlarning joylashuvi;

    • Qoldirishlarni boshqarish va yuqoriga hisobot berish;

    • Uchish mobaynidagi oziq- ovqat bilan ta’minlashni boshqarish;

    • Aeroport yo’lovchilarini o’tkazishni nazorat qilish;

    • Yuklar nazorati;

    • Baggajlarni tashish va tekshirish nazorati;

    • Narxlashtirish, chipta ta’minoti, daromad va foydani boshqarish;

    • Internet tarmog;ida ishlash va dasturni , rejani rivojlantirish;

    • Grafik bo’yicha ishlash, operativ rejalashtirish , boshqarish va nazorat qilish;

    • Ekipajni boshqarish va nazorat qilish ;

    • Ichki tuzilishni boshqarish va nazorat qilish;

    • Xom- ashyo va jihozlarni xarid qilish va o’rnatish;

    • Bekatlar va markaziy (o’tkazuvchi) bekatlarning o’zaro muvofiqlashuvi;

    • Ob- havo, yoqilg’I va navbatchi xodimlar ro’yxati hisobotlari va axborotlari;

    • Keskin hodisalarni boshqaruvchi va to’g’rilovchi qurilmalar.

    Yuqorida ko’rsatilgan boshqaruv tizimining barchasi axborot almashuv kompyuter texnologiyasi vositasida amalga oshiriladi. Shunday talablar borki, ularning barchasi bita nazorat ostiga olinishi kerak. Ular : yo’lovchilarni ro’yxatdan o’tkazish, o’rinlarning joylashhuvi, hisobotlar va buyurtmalarni jamlash ya’ni bular uchish yo’llari, ob’havo prognozi, yuk va balans kalkulyatsiyasi, aeroportga kirish va xavfsizlikni boshqarish bo’limlariga manifestlar, uchish davomida oziq- ovqat buyurtmalaribilan ta’minlash va ekipaj ro’yxatlari kabilar shular jumlasidandir. IKT, shuningdek , yana bir qancha vazifalarni bajaradi. Ular sirasiga mol-mulkni boshqarish, bronlashni boshqarish hamda chipta bilan ta’minlash kabi funksiyalarni ham birlashtirgan holda boshqarishni kiritish mumkin.aviakompaniyalar dunyo bo’ylab juda ko’plab bazalar va distribyutorlarga egalar, ayniqsa, o’zi xizmat ko’rsatadigan destinatsiyalarda. Shu tariqa, ular o’z bekatlari , o’z tarmoqlari distribyutorlariva iste’molchilari bilan samarali muvofiqlashuvni yuzaga keltirishga muhtoj. Distribyutorlar, tur agentliklar va boshqa distribyutorlar bilan o’zaro aloqalar savdoning darajasini shunday aniqlaydiki, schyot faktura va daromad yig’imlarining samaradorligi keskin ravishda kirimning likvidligi harakatiga bog’liqdir.

    Nihoyatda, aviakompaniyalar iste’molchi aloqalarini boshqarish dasturiga investitsiya kiritishmoqda. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad iste’molchilar bilan tog’ridan tog’ri kommunikatsiyani yaxshilash va sodiq iste’molchilar guruhini boshqarish hisoblanadi. Bundan tashqari electron chiptalar yo’lovchilarga qog’ozsiz faoliyatni yuzaga keltirib , juda katta nobudgarchiliklarning oldini oladi.

    Uslubiy narxlashtirish, foydani boshqarish, maxsus takliflar va siljitish ishlari doimiy ravishda havo transport harakatini taqsimlash orqali va talab hamda taklifni tartibga solish orqali yengillashtirilib boshqariladi. IKT shuningdek, doimiy ravishda ta’minotchilardan va hamkorlardan xom- ashyo va materiallarni electron tarzda xarid qilishga yordam beradi.

    Ko’pgina aviakompaniyalar bu kabi standartlashgan dastur, qurilmalardan barcha funksiyalar hamda hisobotlarni umumlashtirgan holda boshqarish uchun foydalanishadi.

    Elektron tarzda faoliyat ko’rsatuvchi aviakompaniyalar sxemasi quyidagicha:


    Download 2,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




    Download 2,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -Jadval. Solnoma asosida yo’lovchi tashuvchi xalqaro havo yo’llari kompaniyalar ro’yxati

    Download 2,87 Mb.