|
Aviatransmilliy kompaniyalarning asosiy vazifalari, ishlash jarayoni tizimlari, band qilish tizimi, axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tartiblari
|
bet | 6/26 | Sana | 22.03.2021 | Hajmi | 2,87 Mb. | | #13380 |
1.2 Aviatransmilliy kompaniyalarning asosiy vazifalari, ishlash jarayoni tizimlari, band qilish tizimi, axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tartiblari.
Zamonaviy avia transport sanoati liberal bozor holatida amalga oshiriladi. Kichik mamlakatlarda ushbu kompaniyalarning daromadi, bozorga kirib kelishi va boshqa bo’linmalarining ustidan bo’lgan hukumatning nazorati avia kompaniyalarning sekin astalik bilan ishdan chiqishiga sababchi bo’lmoqda. ASA tizimi ostida Xalqaro nazoratlar ochiq osmon formulyatsiyasi tomon siljimoqda . Ya’ni bunga ko’ra mamlakatlar o’rtasidagi xizmatlar bilan tekin ta’minlanish ochiq bozorda muvaffaqiyat keltirsada, biroq sekinlik bilan oldinga siljimoqda. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, bunda havo yo’llari o’rtasida millatidan qat’iy nazar o’zaro hamkorlik chegaralanmagan. 1997- yilda dunyoda eng katta xalqaro avia transport xizmatlari Yevropa zonasida amalga oshirilgan va buning yordamida Yevropa hududida bu xizmat turi geografik jihatdan kengayib keldi. Avia transport strukturasining ta’minoti va operatsiyasi aeroport hamda havo transportining harakatini nazorat qiluvchi sistemalarning xususiylashtirilishi yoki franchayzing mexanizmlaridan foydalanib, xususiy kapitalni rivojlantirish natijasida bozori yanada chaqqon bo’lmoqda.
Avia transport sanoati hozirda Yevropa Birlashmasida va AQShda yalpi milliy mahsulotning 1 % ini tashkil qiladi hamda ushbu sanoatning turizm ekzotika va yuqori texnologiyalar yo’nalishida ulushi nihoyatda katta. Bu transport vositasi yuqori qiymatli kichik o’lchamli yuklar uchun eng muhim transportyor hisoblanadi. Xalqaro aviatsiya dunyo savdosida qiymat bo’yicha 40 % ini egallaydi. Mazkur bozor turli xil tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Ya’ni ayrim kompaniyalar uzoq masofali xalqaro yo’nalishlarda, ba’zilari qisqa masofali yo’nalishlarda faoliyat yuritishadi. 1- jadvalda ana shunday ulkan transmilliy aviakompaniyalarning ro’yxati keltirilgan:
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Aviatransmilliy kompaniyalarning asosiy vazifalari, ishlash jarayoni tizimlari, band qilish tizimi, axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tartiblari
|