|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 39/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarDasturlar bo‟limiga yangi dasturlarni ham qo‘shish mumkin. Masalan, instalyatsiya qilingach, Mcrosoft Office dasturlar paketi ham shu bo‘limda aks etib turadi.
Hujjatlar bo‟limi yaqin vaqt ichida ishlangan hujjat, rasm yoki multimediya fayli ro‘yxatini ko‘rsatuvchi menyuni yuklab beradi. Bosh menyuning Klassik ko‘rinishida bu bo‘lim
―Mening hujjatlarim‖ va ―Mening rasmlarim‖ papkalarini ham aks ettiradi.
Sozlash bo‟limi sistemadagi barcha elementlarni, qurilmalarni, dasturlarni, foydalanuvchilar ro‘yxati va imkoniyatlarini qayta sozlash imkoniyatini beradi. Uning qism menyusida Boshqarish paneli ( ), Printerlar, Masalalar paneli bandlari bor. Boshqarish paneli quyidagi elementlardan tashkil topgan bo‘lib, ularni sozlash imkoniyatini
beradi:
Masalan, Foydalanuvchilarni hisobga olish (Учетные записи пользователей) bo‘limi
orqali operatsion sistemaning ko‘pfoydalanuvchilik imkoniyatini ko‘rish mumkin. Bu bo‘lim orqali shu sistemada bir nechta foydalanuvchi hisobdan o‘tishi, foydalanuvchilarning kompyuterni boshqarishdagi imkoniyatini belgilash, parollar kiritish va o‘zgartirish, foydalanuvchini hisobdan chiqarish kabi ishlarni amalga oshirish mumkin.
Qidirish bo‟limi papkalarni, fayllarni, server kompyuteri yoki E-Mail ma‘lumotlarini qidirish imkonini beradi. Masalan, agar Navro‘z haqida yozgan hujjatlarimiz nomi va qaysi papkada ekanligi yodimizdan ko‘tarilgan bo‘lsa, fayllar va papkalarni qidirish bo‘limidan foydalanamiz. Bu bo‘lim barcha hujjatlar (fayl xususiy nomi o‘rniga * belgisi qo‘yilgani
uchun: *.doc) ichidan Navro‘z so‘zi qatnashganlarini topish imkonini beradi. Qidirish jarayoni cho‘zilib ketmasligi uchun qo‘shimcha qidirish xossalarini kiritish mumkin. Masalan, qaysi katalogdan – C: yoki D: diskdami yoki disklarning biror pog‘ona katalogidami; fayl hajmi –
taxminiy o‘lchami ma‘lum bo‘lsa; qachon
o‘zgartirish kiritilgani – o‘tgan haftadami, o‘tgan oydami, o‘tgan yilmi, qaysi davr oralig‘ida kabi:
Ma‘lumot - ma‘lumotlar tizimini chaqirishni amalga oshiradi. Axborot olish uchun ma‘lumot tizimi mazmunidan yoki mavzular ko‘rsatkichidan foydalanish mumkin. Bu tizim Windowsning imkoniyatlari va unda ishlash bo‘yicha to‘liq axborot beradi.
Bajarish buyrug‘i dasturlarni ishga tushiradi va papkalarni ochadi, MS DOS buyruqlarining bajarilishini ta‘minlaydi. Bu buyruqning muloqot oynasida tugmachasi bo‘lib, uning yordamida
dasturlar tanlanadi va buyruqlar satrida dasturning to‘liq nomi aks ettirladi. Buyruqni ishga tushurish uchun OK, bekor qilish uchun esa tugmachasi bosiladi.
O‘chirish bandi orqali Windowsda ish tugallanadi va kompyuter o‘chiriladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|