• Mavzu: Bosh menyu Maqsad
  • Tashkiliy davr
  • Yangi mavzuni o`rganish
  • Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




    Download 3,15 Mb.
    bet38/62
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #135281
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62
    Bog'liq
    8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

    Uyga vazifa


    Mavzuni takror o`rganish
    KO‟RIB CHIQDIM” O‟QUV ISHLAR BO‟YICHA
    DIREKTOR ORINBASORI:
    201 YIL
    Fan – Informatika

    Sinf

    8 «А»

    8 «V»

    8 «G»

    8 «B»

    Sana












    Mavzu: Bosh menyu Maqsad:


    1. ta‘limiy: o`quvchilarga Wndowsning bosh menyusi haqida ma‘lumot berish;

    2. tarbiyaviy: o`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;

    3. rivojlantiruvchi: o`quvchilrning Windows operatsion sistemasida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish

    DTS: Bosh menyu haqida ma‘lumotga ega bo`lish

    Tashkiliy davr


      1. Takrorlash

    1. WINDOWS operatsion sistemasining qanday afzalliklari bor?

    2. Windows obyekti deb nimalarga aytiladi? Misollar keltiring.

    3. Savatchadan qanday maqsadda foydalaniladi?

    4. Nima sababdan Windows grafik sistema deb ataladi? Javobingizni misollar bilan asoslang.

    5. Yopiq ishchi muhit deganda nima tushuniladi?

    6. Masalalar paneli haqida so‘zlab bering.
      1. Yangi mavzuni o`rganish


    Menyu – biror xususiyat bilan mujassamlashtirilgan buyruq yoki amallar majmuidir.
    Windows operatsion sistemasidan foydalanuvchilar to‘rt turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

    • operatsion sistemaning bosh menyusi;

    • barcha obyektlarning kontekst-menyulari (sichqonchaning o‘ng tugmasi yordamida ochiladi);

    • dastur menyulari;

    • dastur va hujjat oynalarining, shuningdek, muloqot oynalarining boshqaruv menyusi.

    Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism (yoki kichik) menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo‘lishi mumkin. Bu holda iyerarxik yoki ichma-ich joylashgan menyu bilan ishlanadi.
    Menyular sistemasida shartli belgilashlar ishlatilib, ularning mazmuni quyidagilardan iborat:

    1. agar menyu bandi davomida ko‘p nuqta (...) berilsa, shu band bajarilganda muloqot oynasi ochiladi;

    2. agar menyu bandi davomida uchburchak (🞂) berilsa, shu band bajarilganda qism menyu ochiladi;

    3. agar menyu bandi och kulrang ko‘rinishda bo‘lsa, menyuning shu bandi ayni vaqtda faol emasligini bildiradi;

    4. agar menyu bandi davomida klavish yoki klavishlar majmuasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, u holda menyuning shu bandini menyuga kirmasdan turib klaviatura yordamida ko‘rsatilgan klavishlarni bosib bajarish mumkin, bu tugmalar tezkor klavishlar (ing. shortcut keys) deyiladi;

    5. menyu bandidagi tagiga chizilgan harf faol klavish (ing. hot key) deb nomlanadi va menyu faol vaqtda klaviaturadan shu harfni terib tegishli buyruqni bajarish mumkin.

    Odatda, Bosh menyu masalalar panelining chap burchagida joylashadi. Bosh menyu sichqoncha yordamida tanlanganda yoki (Win) klavishi bosilganda ekranda Windowsda ish boshlash uchun
    kerak bo‘ladigan bo‘limlar ochiladi. Unda dasturni ishga tushirish, hujjatini ochish, sistema parametrlarini sozlash, kerakli faylni topish, zaruriy ma‘lumotlarni olish va boshqa amallarni bajarish mumkin.
    Windows XP operatsion sistemasida Bosh menyuning ―Klassik bosh menyu‖ (chapdagi) va ―Bosh menyu‖ (o‘ngdagi) ko‘rinishlaridan birini tanlash imkoniyati bor:
    Bu ko‘rinishlardan birini Boshlash tugmasi kontekst-menyusining ―Свойство‖ bandi yordamida tanlash mumkin. Odatda, Boshlash tugmasining ―Bosh menyu‖ ko‘rinishida Windowsning ish stolida faqat Savatcha aks etib turadi.
    Bosh menyu quyidagilardan iborat:


    Ingliz variantida

    Rus variantida

    O‘zbek variantida

    Programms

    Программы

    Dasturlar

    Documents

    Документы

    Hujjatlar

    Settings

    Настройка

    Sozlash

    Find

    Поиск

    Izlash

    Help

    Справка

    Ma‘lumot

    Run

    Выполнить

    Bajarish

    Shut down

    Выключить

    O‘chirish

    Menyuning Dasturlar bo‘limi yordamida installyatsiya qilingan barcha dasturlarni ishga tushirish imkonini beruvchi iyerarxik qism menyuga kiriladi. Bosh menyu yordamida biror dasturni ishga tushirish bilan esa Kalkulyator yoki Paint dasturida ishlaganda tanishgansiz. Dasturlar bo‘limi, asosan, quyidagi qism menyulardan iborat bo‘ladi:



    Ingliz variantida

    Rus variantida

    O‘zbek variantida

    Accessories

    Стандартные

    Standartlar

    Start UP

    Автозагрузка

    Avtoyuklash

    Games

    Игры

    O‘yinlar

    Internet Explorer

    Internet Explorer

    Internet Explorer


    Download 3,15 Mb.
    1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   62




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

    Download 3,15 Mb.