• Tashkiliy davr
  • Yangi mavzuni o`rganish
  • Mavzu: Windows operatsion sistemasi tarkibidagi qobiq-dasturlar Maqsad




    Download 3,15 Mb.
    bet41/62
    Sana12.01.2024
    Hajmi3,15 Mb.
    #135281
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
    Bog'liq
    8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

    Mavzu: Windows operatsion sistemasi tarkibidagi qobiq-dasturlar Maqsad:


    1. ta‘limiy: o`quvchilarga Windows operatsion sistemasi tarkibidagi qobiq-dasturlar haqida ma‘lumot berish;

    2. tarbiyaviy: o`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish;

    3. rivojlantiruvchi: o`quvchilrning Windows operatsion sistemasida ishlash ko`nikmalarini rivojlantirish

    DTS: ―Mening kompyuterim‖ sistema katalogi haqida ma‘lumotga ega bo`lish
    1. Tashkiliy davr


      1. Salomlshish;

      2. Davomatni aniqlash.
    2. Takrorlash


    1. Menyu nima va ularning qanday turlari mavjud?

    2. Windows OS da foydalanuvchi necha turdagi menyu bilan ishlashi mumkin?

    3. Kontekst-menyu ochilishini amalda ko‘rsating.

    4. Menyu bandlarida qanday shartli belgilar qo‘llaniladi va ularning vazifalari qanday?

    5. Qism menyular haqida so‘zlab bering.

    6. Sozlash bandining qanday qism menyulari bor?

    7. Bosh menyuning Hujjatlar bo‘limi haqida ma‘lumot bering.

    8. Bosh menyuning Qidirish va Ma‘lumot bandlarining vazifasini tushuntirib bering.
    1. Yangi mavzuni o`rganish


    Avval aytilganidek, Windows ish stoli ko‘rinishi Bosh menyu ko‘rinishini tanlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bosh menyuning ―Klassik bosh menyu‖ ko‘rinishi tanlanganda Windows muhitining ish stolida quyidagilar aks etib turadi:
    ―Mening kompyuterim‖ – bu sistema katalogi (qisqacha, katalog) orqali ushbu kompyuterdagi disklar, fayllar va papkalar bilan ishlash va ularni boshqarish, ularning hajmi va xossalarini bilib olish, printerlarni o‘rnatish va sozlash, dasturlarni o‘rnatish va boshqa ishlarni bajarish mumkin;
    ―Mening hujjatlarim‖ – bu papkada MS Office paketi, Paint, Bloknot kabi dasturlarda tayyorlangan (foydalanuvchi) fayllari joylashgan bo‘ladi;
    ―Internet Explorer‖ – web-brauzer piktogrammasi bo‘lib, u Internet tarmog‘idan foydalanish, kompyuterdagi web-sahifalar bilan ishlash imkonini beradi;
    ―Тarmoq muhiti‖ (Сетевое окружение) – bu piktogramma yordamida lokal kompyuter tarmog‘iga ulangan kompyuterlar ro‘yxati, nomi, tarmoqdagi o‘rnini ko‘rish, va umuman, lokal kompyuter tarmog‘idan foydalanish imkonini beruvchi bo‘limlar bilan ishlash mumkin;
    ―Savatcha‖ – vinchesterdan foydalanuvchi tomonidan bexosdan yoki ataylab o‘chirilgan fayllar va papkalar vaqtincha joylashadigan maxsus katalog bo‘lib, zaruratga qarab bu ma‘lumotlarni tiklash yoki vinchesterdan butunlay o‘chirish mumkin.
    ―Mening kompyuterim‖ katalogini qobiq-dastur deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki, birinchidan boshqa papkalar kabi bu katalog biror qattiq disk ro‘yxatidan o‘tgan emas, ikkinchidan, bu
    katalogda aks etgan Windows elementlari yordamida shu kompyuterdagi ixtiyoriy papka, dastur yoki faylga borish va ochish mumkin. Shu sababli Windowsning boshqa papkalaridan farqlash maqsadida katalog deb atayveramiz.
    ―Mening kompyuterim‖ katalogi interfeysida quyidagilar aks etgan:



    Sarlavha satri

    Menyu satri

    Uskunalar paneli

    Adres satri

    Boshqaruv sohasi

    Obyektlar sohasi

    Windows oynasining Sarlavha satri, Menyu satri, Uskunalar paneli kabi elementlari bilan Kalkulyator, Bloknot, MS Word kabi dasturlar orqali tanishsiz.
    ―Mening kompyuterim‖ katalogining menyular satri quyidagi menyulardan iborat:



    Fayl

    Tahrir

    Ko‘rinish

    Tanlanganlar

    Servis

    Ma‘lumot

    Bu menyular Siz bilgan dasturlarning shu nomli menyularidan farq qiladi, ya‘ni masalan, Fayl menyusi belgilangan obyektlar bilan bajarish mumkin bo‘lgan quyidagi bo‘lim va amallardan iborat:




    Download 3,15 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




    Download 3,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Windows operatsion sistemasi tarkibidagi qobiq-dasturlar Maqsad

    Download 3,15 Mb.