|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 56/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarTashkiliy davr
Takrorlash
Web-sahifada jadval qanday tashkil etiladi?
Jadvalning chegara chiziqlarini qanday formatlash mumkin?
Jadvaldagi sarlavha haqida ma‘lumot bering.
Jadval sarlavhasi haqida ma‘lumot bering.
Jadval bilan matn web-sahifada qanday joylashishi mumkin?
Jadval ichidagi ma‘lumotlarni formatlashga oid misol tuzing.
Jadval chegara chiziqlarini formatlashga oid misol tuzing.
Yangi mavzuni o`rganish
Web-sahifadagi axborot bir nechta bo‘limdan iborat bo‘lishi mumkin. Bu bo‘limlarga tez
―o‘tish‖ imkoniyati web-sahifani ko‘rib chiqishni osonlashtiradi. Web-sahifada bunday o‘tishlar gipermatnli aloqani tashkil etadi. Gipermatn texnologiyasi o‘z vaqtida WWW hizmatining oz fursatda ommaviylashishiga sabab bo‘lgan edi.
Gipermurojaat, ya‘ni hujjatning bir joyidan boshqa joyiga yoki bir hujjatdan boshqa hujjatga o‘tish, juft tegi yordamida amalga oshiriladi. Bu tegning HREF parametri bor bo‘lib, uning qiymati o‘tish joyi manzili (adresi) bo‘ladi. Web-sahifaning mazkur teg yozilgan joyi o‟tish nuqtasi deyiladi. tegi parametri bilan umumiy holda quyidagicha yoziladi:
matn ,
bu yerda ―matn‖ – ixtiyoriy matn bo‘lib, brauzer uni ekranda belgilab ko‘rsatadi, ―manzil‖ – o‘tish kerak bo‘lgan joy (bo‘lim) manzili. Odatda o‘tish joyini aniqlovchi matn ekranga ko‘k rangda va tagiga chizilgan ko‘rinishda chiqadi. Manzil ham ixtiyoriy matn bo‘lishi mumkin.
Web-sahifaning o‘tish kerak bo‘lgan joyiga tegining NAME parametri yordamida ―manzil‖ kiritiladi. U o‘tish nuqtasidagi ―manzil‖ bilan bir xil bo‘lishi kerak. Bu teg NAME parametri bilan birgalikda umumiy holda quyidagi ko‘rinishda yoziladi:
matn ,
bu yerda ―matn‖ – ixtiyoriy matn bo‘lib, odatda, ―matn‖ sifatida web-sahifaning shu yeridan boshlangan bo‘lim nomi yoziladi, dagi ―manzil‖ dagi ―manzil‖dan ko‘rib turganingizdek ―#‖ belgisi bilan farq qiladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|