Web-sahifada o‘tish nuqtasi boshqa matnlardan ―ajralib‖ turishi uchun, uni ro‘yxat tarkibiga kiritish ham mumkin. Gipermurojaat web-sahifada o‘tish nuqtasida berilgan matnga sichqoncha parametrini olib kelib, sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Bu holda o‘tish nuqtasidagi matn rangi o‘zgaradi (odatda pushti rangga bo‘yaladi).
Keltirilgan misolda o‘tish nuqtalari markerli ro‘yxat tarkibiga kiritilgan. O‘tish nuqtasi bilan o‘tish joyi ekranda ko‘rinib turgan bo‘lsa, o‘tish bajarilgani bilinmaydi.
Gipermurojaat o‘tish nuqtasidagi matn o‘rniga yoki matn bilan birga rasm ham qo‘yish mumkin. Buning uchun o‘tish nuqtasidagi matn o‘rniga tegi ishlatiladi. Mazkur teg yordamida qo‘yilgan rasmni brauzer avtomatik ravishda o‘tish buyrug‘i bilan bog‘laydi. Endi web-sahifada
―o‘tish‖ uchun matndan ham, rasmdan ham foydalansa bo‘ladi. Masalan, HTML-hujjatga
yozuvi kiritilsa, web-sahifada ―mypic.jpg‖ rasm orqali ―1-bob‖ga o‘tish mumkin bo‘ladi.
tegi yordamida nafaqat bitta web-sahifa ichida, balki bir web-sahifadan boshqa web- sahifalarga o‘tishni ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun mazkur tegdagi ―manzil‖ sifatida Internet tizimidagi biror web-sahifa manzilini, ya‘ni URL-manzilni yozish kifoya. Masalan,
Rambler.ru ga o‘tish
O‘tishdagi ―manzil‖ sifatida diskdagi web-sahifa faylining nomini yozsa ham bo‘ladi va bu holda diskdagi web-sahifa ochiladi. Bu hususiyat tarkibiy web-sahifalar (web-saytlar) yaratish imkonini beradi.