Qisqacha tarixiy ma'lumot




Download 1,81 Mb.
bet16/63
Sana22.05.2021
Hajmi1,81 Mb.
#14576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63
Qisqacha tarixiy ma'lumot. Forobiy tomonidani mantiq (logika)ning turii muammolariga doir bir necha asarlar yaratilgan. Masalan, Forobiyning «Aql ma'nolari haqida» risolasida bayon etilganidek aql, umuman bilish haqidagi ta'limotida mantiq ilmi muhim o'rin tutadi. «Mantiq san'ati kishiga shunday qonunlar haqida ma'lumot beradiki, - deb yozgan edi u, - bu qonun­lar vositasida aql chiniqadi, inson sog'lom fikr yuritishga o'rganadi». Forobiy mantiq ilmi bilan grammatika o'rtasidagi mushtaraklikni qayd etadi: mantiqning aqlga munosabati grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi man­tiq ilmi ham tafakkurni haqiqiy yo'ldan olib borish uchun aqini to'g'rilab turadi.

Forobiyning bilish, mantiq, aql haqidagi fikdari uning inson haqidagi ta'limoti uchun xizmat qiladi, unga bo'ysundirilgaridir. Aqlga ega bo'lish bilimli, mantiqli bo'lish bilan chegaralanmay, u ma'lum axloqiy tamoyillarga, axloqiy madaniyatga egalik bilan yakunlanishi kerak.

Forobiy aqlli inson haqida gapirib shunday yozadi: «Aqlli deb shunday kishilarga ayitiladiki, ular fazilatii, o'tkir mulohazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalami kashfva ixtiro etishga zo'r iste'dodga ega: yomon ishlardan o'zini chetga olib yuradilar. Bunday kishilami oqil deydilar. Yomon ishlami o'ylab topish uchun zehn-idrokka ega bo'lganlami aqlli deb bo'lmaydi, ulami ayyor, aldoqchi degan nomlar bilan atamoq lozim».

Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo'lgan ba'zi amallar bilan tanishamiz.


Download 1,81 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   63




Download 1,81 Mb.