• Dars o’tish vaqti ______________ 8-sinf
  • Multimedia — matn, tovushli ma'lumotlami, tabiiy va grafik tasvirlami birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Krassvord




    Download 1,81 Mb.
    bet13/63
    Sana22.05.2021
    Hajmi1,81 Mb.
    #14576
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
    Multimedia — matn, tovushli ma'lumotlami, tabiiy va grafik tasvirlami birlashtiruvchi axborot texnologiyasi.

    Krassvord

    Kompyuter qurilmalari haqida krassvord.













    K

    L

    A

    V

    I

    A

    T

    U

    R

    A







    P

    R

    O

    T

    S

    E

    S

    S

    O

    R



















    M

    O

    D

    E

    M



















    D

    I

    S

    P

    L

    A

    Y

























    J

    O

    Y

    S

    T

    I

    K

























    M

    U

    L

    T

    I

    M

    E

    D

    I

    A






    P

    L

    O

    T

    T

    E

    R



















    S

    K

    A

    N

    E

    R





































    R

    E

    G

    I

    S

    T

    R











    Eniga:

    1. Ma’lumotlarni kiritish qurilmasi? - Klaviatura

    2. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, xotira bilan bog’lanadigan va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaruvchi asosiy qurilma nima deb nomlanadi? – Protsessor.

    3. Kompyuter signallarini telefon signallariga aylantiruvchi maxsus qurilma? – Modem

    4. Axborotlarni ekranga chiqaruvchi qurilma nomi? – Displey

    5. Tugmali harakatlanuvchi maxsus dastadan iborat qurilma? – Joystik

    6. Matn, tovushli ma’lumotlarni, tabiiy va grafik tasvirlarni birlashtiruvchi azborot texnologiyasi nima? – Multimedia

    7. Chizmalarni qog’ozda chiqarish uchun xizmat qiluvchi qurilma qaysi? – Plotter

    8. Fotosurat, grafik va matn shaklidagi axborotlarni kompyuterga kiritish uchun asosiy qurilma ismi? – Skaner

    9. Ma’lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo’ljallangan qurilma? – Registr

    «TASDIQLAYMAN»

    o'quv ishlari bo’yicha direktor

    o’rinbosari________________________
    O’qituvchi salomidan so’ng o’quvchilar shiori –

    Zamonaviy fanni o’rganmoqqa, Biz tayyormiz saboqqa ”.


    3- D A R S I S H L A N M A S I.

    Dars o’tish vaqti ______________ 8-sinf

    Mavzu: Kompyuter texnikasi vositalari


    Dars maqsadi:

    a) Talimiyligi: O’quvchilarni kompyuter texnikasi vositalari bilan tanishtirish

    b) Tarbiyaviyligi: O`quvchilarni bilimga tashnalik ruhida tarbiyalash

    c) Rivojlantiruvchi: Olingan bilimlarni mustahkamlash

    Dars tipi: kombinatsiyalashgan aralash dars

    Dars metodi. Suhbat davomida amaliyot

    Dars jihozi:

    1. konspekt va darsliklar

    2. ko’rgazma, tarqatma va didaktik materiallar

    3. EHM va texnika vositalari

    O’quvchilarga qo’yiladigan talablar: DTS

    1. O’quvchi bilishi kerak: Kompyuter qurilmalarini printer,modem,skaner, CDROM

    2. O’quvchi bajara olishi kerak: kompyuter qurilmalari bilan ishlay olishi

    Darsning borishi:

    1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

    2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

    2.Savol – javob kartochkalari

    3.Test

    Vazifa: darslikdagi savollarga javob yozish

    Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.

    Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.

    O’qituvchi: Boltayev A

    Darsning borishi

    Mavzu: Tashqi qurilmalar

    Tashqi qurilmalar quyidagi uskunalardan iborat: Printer, skaner, modem, strimer, grafik quruvchi va boshqalar (2.1-rasm).

    Printer. Printerlar kompyuterda olingan natijalarni, programma va berilganlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni bosmaga chiqarish uchun ishlatiladi. Printer yordamida matnlarni, grafiklarni, rasmlarni rangli va rangsiz ko'rinishda bosmaga chiqarish mumkin. Printerlar asosan uch xil bo'ladi: matritsali, oqimli va lazerli.

    Matritsali printerlar nuqtalar yordamida bosmaga chiqaradi. Shuning uchun ham ularni nuqta-matritsali printerlar deb ham atashadi. Bunday printerlar nisbatan sekin ishlaydi, chop qilish sifati uncha yaxshi emas va chop qilish tezligi ham katta emas. Ular keng (A3) va oddiy (A4) chop etish formatiga ega. 24, 48 ignali (nuqtali) printerlar mavjud bo'lib, albatta ignalar soni ko'pligi yaxshi ekanligi tushunarlidir.



    Oqimli printerlar. Bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkash yo'li bilan ishlagani uchun ular oqimli deb ataladi. Bu printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo'lib, ularning-kamchiligi siyohining tez tamom bo'lib qolishi va uning nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez, grafik tasvirlarni esa sekinroq chop etadi.

    Lazer printerlar. Lazer printerlar ham sifati, ham tezligi jihatidan eng yaxshi printer hisoblanadi. Ular rangli va rangsiz bo'ladi.

    Bunday printerlarning andozasi sifatida HEWLETT-PACKARD (HP) firmasi chiqaradigan HP LaserJet rusumli printerlar qabul qilingan. Lazer printerlarda chop etish juda qulay bo'lib, u tez (minutiga 8-15 hatto 40 varaqqacha) chop etishi mumkin. Ammo tabiiyki, bunday printerlarning narxlari nisbatan balandroqdir. Uning bir kamchiligi - unda ishlatiladigan toner rang va kartridjning tez almashtirib turilishidadir. Uning bir toneri taxminan 1500-2500 varaqqa yetadi. Albatta bu raqam tejab ishlatishga bog'liq albatta. Shuning uchun lazer printerda chiqarilgan nusxani kseroks orqali ko'paytirish maqsadga muvofiqdir.



    Modem. Modem modulyatsiya, demodulyatsiya so'zlaridan olingan bo'lib, uzluksiz signallarni raqamli (modulyatsiya) va raqamli ma'lumotlarni uzluksiz (demodulyatsiya) signalga almashtirib beradigan qurilmadir. Uning asosiy vazifasi kompyuterlararo aloqani o'rnatishdir. U o'zining kommunikatsion programmalariga ega bo'lib, bu programmalar yordamida uzoq masofalarga ma'lumotlarni uzatishi va qabul qilishi mumkin. Modem ichki va tashqi bo'lishi mumkin. Hozirda ko'p kompyuterlar modem bilan birga sotilmoqda.Kompyuter telefon tarmog'i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog'idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma lozim bo'ladi. Qurilmaning kirishida axborot modulyatsiya qilinadi, chiqishda esa aksincha, demodulyatsiyaga uchraydi, shundan modem nomi kelib chiqqan. Modemning asosiy vazifasi kompyuterdan kelgan signalni telefon tarmog'i ish chastotasi diapozoniga mos chastotadagi elektr signaliga aylantirishdan iborat. Bu tarmog'ning akustik kanalini modem quyi va yuqori chastota yo'laklariga ajratadi. Quyi chastotali yo'lak ma'lumotlarni uzatishda ishlatiladi, yuqori yo'lakli chastotalar esa qabul qilish uchun qo'llaniladi.

    Modemning, yuqorida aytganimizdek, ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko'rinishida kompyuter ichiga maxsus joyga o'rnatiladi. Tashqi modem esa, ham faks ham modem rolini o'ynaydi va alohida qurilma sifatida kompyuterga ulanadi.



    Modemlarning xalqaro standartlari:Eng ko'p tarqalgan modem birinchi modemlarni ishlab chiqargan firma nomi - HAYES deb nomlangan moslashtirilgan modemlardir. Bunday modemlar Hayes Smart modem bilan moslasha oluvchi AT buyruqlarni ishlatadi (inglizcha Attention diqqat so'zidan). Barcha Hayes -moslashgan modemlar uchun standart bo'lgan buyruqlardan tashqari, har bir ishlab chiqaruvchi foydalanuvchiga keng spektrdagi spetsifik buyruqlarni taklif etadi va bu buyruqlar o'sha firma modemlaridagina kuchga ega bo'ladi (masalan, US Robotics, Rockwell, ZYXEL va h.k.).

    Buyruqlar modem va telefon tarmog'i orqali uzatiladigan axborotning qaysidir bir standartiga xos bo'lishi kerak. 2400 bod (bod ma'lumotlarni uzatish tezligini belgilaydi va 1 bod =1 bit/sek.) tezlik uchun mos bo'lgan standartdagi modemlar axborotlari erkin almasha olishlari mumkin.

    ZYXEL firmasining modemlari ham keng qo'llanila boshladi. Ular ZYXEL ning ma'lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo'lla

    lumotlarini uzatish imkonini beruvchi maxsus ZYX protokoliga ega. Ularning keng qo'llanilishi 90-yillar xaridorlarining boshqa turdagi modemlarini xarid qilish imkonlari yo'qligidan kelib chiqadi. Ularning asosiy kamchiligi-yuqori narx, xaridorni cho'chitadi. Biroq, shunga qaramay, bank strukturasi va davlat idoralari, odatga ko'ra, shu firma modemlaridan foydalanadilar. Telebit firmasining TraiBlazer nusxasi va mashhur protokol PEP (Packet Eusemble Protosol) ham keng tarqalgan.



    Skaner :Skaner-matn, grafika, tasvirlarni kompyuterga kiritishni avtomatlashtirish uchun xizmat qiluvchi qurilma. U hozir asosan rangli ko'rinishda chiqarilayapti. Uning andozasi sifatida HP (Hewlett Packard) firmasi ishlab chiqaradigan HP Scanjet rusumli skanerlar qabul qilingan.

    Uning asosiy xarakteristikasi ma'lumotlarni aniq, tiniq, lozim bo'lgan rangda (xususan qora rangli) va ko'rinishda chiqarish qobiliyatidir. Ushbu tasvirlash qobiliyati gorizontal va vertikal chiziqlardagi nuqtalar (piksellar) soni orqali belgilanadi.

    Odatda bu xarakteristika, misol uchun, 300x600, 600x1200 ko'rinishda bo'ladi. Bu degani gorizontal chiziqlar bo'yicha nuqtalar (piksellar) soni 300 (600), vertikal bo'yicha piksellar soni 600 (1200)ta ekanligini bildiradi.

    Nuqtalar soni qancha ko'p bo'lsa ma'lumotlar aniqroq tasvirga ega bo'ladi. Tabiiyki, skanerni HP dan boshqa firmalar ham ko'plab ishlab chiqaradi. Lekin ular HP Jcanjet andozasiga mos kelishi kerak. Hozirda bunday skanerlar Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ko'plab chiqarilmoqda. Shuni aytish lozimki, programma vositalari yordamida skanerning tasvirlash qobiliyati ancha kuchaytirilishi mumkin. Skanerlarni ishlatish jarayonida, ayniqsa, matnlar bilan ish ko'rilganda u yoki bu milliy til drayverlarni aniq aks ettiruvchi programmalardan (masalan Fine Reader) foydalanish zarur.

    Skanerni kompyuterga ulash uchun turli usullarda foydalaniladi. Ba'zi skanerlar maxsus kontrollerga (kengaytiruvchi plata) ega bo'lib, ular u orqali ulanadi. Bunda plata kompyuterning asosiy platasiga (ona platasi) maxsus joyga va o'sha plata orqali o'rnatiladi.

    Ba'zi skanerlar parallel portga to'g'ridan-to'g'ri ulanadi. Hozirda asosan SCSI-3 interfeysi orqali ulanadi. Bu andoza kompyuterga ko'plab tashqi qurilmalarni, shu jumladan, skanerni ulash imkoniyatini beradi. Turli kompyuterlar uchun programma birligini ta'minlash maqsadida TWAIN qaydnomasi ishlatiladi.

    Demak, agar WINDOWSda shu qaydnoma o'rnatilgan bo'lsa, u skanerlar bilan bemalol ishlay oladi. Odatda skaner sotib olinayotganda uni qaysi operatsion sistemaga mo'ljallanganini bilish lozim. Shu bilan birga hozirda chiqarilayotgan skanerlarning aksariyati WINDOWSga mos skanerlardir. WINDOWS 98 dan boshlab esa operatsion sistemalar TWAIN qaydnomasini yaxshi taniydigan bo'ldi. Shuning uchun ham bu operatsion sistemalarda skanerlar bilan bevosita ishlash imkoniyati mavjud.

    Lazerli (kompakt) disk. CD ROM (Compact Disk Read Only Memory - faqat o'qish uchun lazerli disk). Keyingi paytda bu qurilma juda muhim rol o'ynamoqda. Uning asosiy sababi unga 650 Mbayt hajmdagi ma'lumotni sig'ishi bo'lsa, ikkinchi tomondan uni ishlatishda qulayligi bilan alohida e'tiborga loyiq. Uning CD ROM va CD Writer (yozuvchi) ko'rinishdagilari mavjud bo'lib, birinchisi faqat o'qish uchun mo'ljallangan bo'lsa, ikkinchisi ma'lumot va programmalarni yozish uchun keng qo'llanilmoqda. Ayniqsa, hujjatlarning elektron versiyasini bunday ma'lumot yuritgichi orqali ayirboshlash dolzarb masala bo'lib qoldi.

    CD ROM ning muhim ko'rsatkichlaridan biri uning ma'lumot ayirboshlash tezligidir. Hozirda ko'proq 48, 52 tezlikli lazer disklar ishlatilmoqda.

    Disketa. Ma'lumotlarni, programmalarni doimiy saqlash, ayirboshlash maqsadida disketalar ishlatiladi. Unga FDD (Floppy Disk Driver - egiluvchan disk qurilmasi) yordamida ma'lumotlar va programmalar yoziladi va undan o'qiladi. Hozirda HD (Higy density-yuqori zichlik) asosan hajmi 1,44 yoki o'ta yuqori 2,88 Mbaytga teng bo'lgani keng ishlatilmoqda. Ayni paytda 120 Mbayt siQimli Floppy disketalar ham ishlab chiqarilish arafasidadir.

    Klaviatura va sichqoncha:Klaviatura va sichqoncha ma'lum ma'noda bir-birining o'rnini bosadigan, ma'lumotlarni kiritadigan va kompyuter bilan muloqot qilish vazifasiri o'taydigan qurilmalardirlar. Ularsiz kompyuterda xususan, operatsion sistemasida ishlab bo'lmaydi. Ular yordamida siz operatsion sistemaga va uning boshqaruvi ostida ishlaydigan programmalarga buyruqlar, shuningdek, bu qurilmalar yordamida programmalarga kerak bo'lgan ma'lumotlar kiritiladi.

    Sichqoncha. Sichqoncha odatda ikki yoki uch klavishali bo'ladi: chap, o'ng va o'rta. Chap va o'ng klavishalar programma asosida almashtirilishi mumkin. Odatda chap klavisha yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k.) bajariladi. O'ng klavisha kontekst meny deb ataluvchi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog'liq. O'rta klavisha hozirda xususan, varaqlash (Page Down, Page Up amaliga o'xshab) maqsadlari uchun qulay.

    Klaviatura. Klaviatura 101-105 klavishlardan iborat.

    O'z vazifalariga ko'ra klavishlar beshta guruhga bo'linadi:

    1. Harflar va sonlarni kiritadigan klavishlar. Ular oddiy yozuv mashinkalarning klavishlariga o'xshaydi.

    2. Boshqaruvga oid klavishlar.

    3. Funksional yoki amal klavishlar.

    4. Kichik sonlar kiritadigan klavishlar.

    5. Maxsus belgilardan iborat klavishlar.

    Eng katta guruh-birinchi guruh bo'lib, ular yordamida rus va lotin katta-kichik harflari, sonlar, maxsus belgilar, tinish belgilari kompyuterga kiritiladi. Pastda joylashgan uzun, hech qanaqa belgisi bo'lmagan klavishning nomi Spacerbar yoki Space deb ataladi va bo'shliq belgisini kiritishga mo'ljallangandir. Boshqa klavishlar bir necha nomga ega, chunki ular klaviaturaning ish tartibiga (registriga) qarab turli belgilarni kiritishga mo'ljallangan.



    Mavzuni mustahkamlash: Savollar orqali mavzuni mustahkamlash.

    O`quvchilarni baholar

    «TASDIQLAYMAN»

    o'quv ishlari bo’yicha direktor

    o’rinbosari______________________
    O’qituvchi salomidan so’ng o’quvchilar shiori –

    Zamonaviy fanni o’rganmoqqa, Biz tayyormiz saboqqa ”.


    4- D A R S I S H L A N M A S I.


    Download 1,81 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




    Download 1,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Multimedia — matn, tovushli ma'lumotlami, tabiiy va grafik tasvirlami birlashtiruvchi axborot texnologiyasi. Krassvord

    Download 1,81 Mb.