|
Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi
|
bet | 15/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
Darsning borishi:
1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).
2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.
2.Savol – javob kartochkalari
3.Test
Vazifa: darslikdagi 2.5-$ ni o’qish, 45-betdagi 6-7-mashq
Darsni yakunlash: o’qituvchi tomonidan qisqa takrorlab, mustahkamlab yakunlash.
Xulosa: o’quvchilarning shu o’tilgan mavzu haqidagi fikrini olib, baholash.
Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
Mantiqiy amallar. Kundalik hayotimizda turii mulohazalardan foydalanamiz. Mulohaza - bu narsa va hodisalaming sifatini anglatuvchi darak gapdir.
Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan «VA», «YOKI» kabi bog'lovchilar, «EMAS» shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi.
Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: «rost» yoki «yolg'on» mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun «rost» ni 1 raqami bilan, «yolg'on»ni esa 0 raqami bilan belgilaymiz.
Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin.
|
| |