|
Mantiqiy ko'paytirish amali
|
bet | 17/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
Mantiqiy ko'paytirish amali
A va В sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagina rost bo'ladigan yangi ( murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko’paytirish amali deb ataladi.Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki undan ortiq sodda amallarni «VA» bog'lovchisi bilan bog'laydi hamda «A va В» , «А ^ В» kabi ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy ko'paytirishni jadval yordamida quyidagicha ifodalash mumkin:
A
|
B
| A^B |
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
0
|
0
|
1
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Mantiqiy qo'shish amali
A va В mulohazalarning kamida bittasi rost bo'lganda rost bo'ladigan yangi murakkab mulohazani hosil qilish amali mantiqiy qo'shish amali deb ataladi va «A yoki B», AvB, A+B kabi ko'rinishlarda belgilanadi.Mantiqiy qo'shish amalini jadval ko'rinishida quyidagicha ifodalash mumkin:
A
|
B
| AvB |
1
|
1
|
1
|
1
|
0
|
1
|
0
|
1
|
1
|
0
|
0
|
0
|
Mantiqiy inker amali
A mulohaza rost bo'lganda yolg'on, A yolg'on bo'lganda esa rost qiymat oladigan mulohaza hosil qilish amali mantiqiy inkor amali deb ataladi.
Mantiqiy inkor amali «A EMAS» , ] A ko'rinishlarda yoziladi. Mantiqiy inkor amali jadval ko'rinishida quyidagicha ifodalanadi:
Y A N G I M A V Z U N I M U S T A H K A M L A S H
Savol – javob kartochkalari
Savol kartochkasi № 1
Mantiq ilmi haqida “Aql ma’nolari haqida” risolasini yozgan O’rta Osiyolik olim kim?
|
Javob kartochkasi № 1
O’rta Osiyolik olim – Farobiy
|
Savol kartochkasi № 2
Mantiqiy ko’paytirish deb nimaga aytiladi?
|
Javob kartochkasi № 2
A va B soda mulohazalar bir paytda rost bo’lganda rost bo’ladigan, qolgan hollarda yolg’on qiymat qabul qilsa mantiqiy ko’paytirish deyiladi
|
Mashqlar № 2
A = rost, B=rost, D=rost qiymatlar uchun quyidagi amallarni bajaring?
a) A ^ B ^ D = 1 ^ 1 ^ 1 = 1 = rost
b) A V B V D = 1 V 1 V 1 = 1 = rost
d) A V B ^ D = 1 V 1 ^ 1 = 1= rost
Mustaqil ish
1. A = rost B = yolg’on C = rost D = yolg’on
(A V D) ^ ┐ (C V B) = (1 V 0) ^ ┐ (1 V 0) = 1^ 0 = 0 = yolg’on
2. A ^ B V D V (A V C) = 1 ^ 0 V 0 V (1 V 0) = 0 V 1 = 1 = rost
3. Agar D = 5,3 , E = 4, 0, A = “rost”, B = “yolg’on” qiymatlar qabul qilsa, quyidagi amallarni bajaring:
(D=E) ^A^B = (5,3 =4)^1^0= 0^1^0=0= yolg’on
(D>E)^ ┐ A = (5,3>4) ^ 0 = 1^0=0 = yolg’on
A V (D < E ) ^ A V B = 1 V (5,3 <4) ^ 1 V 0 = 1 V 0 ^ 1 V 0 =
= 1 ^ 1 V 0 = 1 = rost
Test – boshqotirma.
Ushbu mulohaza quyidagi qiymatlarni qabul qilsa
A = “Nozima sakkiz yoshda”
B = “U ikkinchi sinfda o’qiydi”
C = “U ikkichi”
A V B ^ ┐ C = ?
Nozima sakkiz yoshda va u ikkinchi sinfda o’qiydi yoki u ikkichi
Nozima sakkiz yoshda yoki u ikkinchi sinfda o’qiydi va u a’lochi
Nozima sakkiz yoshda yoki u ikkinchi sinfda o’qiydi va u ikkichi
Test – boshqotirma kaliti: b
«TASDIQLAYMAN»
o'quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari______________________
O’qituvchi salomidan so’ng o’quvchilar shiori –
“Zamonaviy fanni o’rganmoqqa, Biz tayyormiz saboqqa ”.
5- D A R S I S H L A N M A S I.
|
| |