|
Mavzu: operatsion sistemalar
|
bet | 1/9 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 92,5 Kb. | | #117606 |
Bog'liq 1. Operatsion sistemalar. MS-DOS, Norton Comander.
MAVZU: OPERATSION SISTEMALAR.MS-DOS,NORTON COMMANDER OPERATSION SISTEMALARI.
MAQSAD: EXM bilan foydalanuvchi o’rtasida muloqot o’rnatuvchi dasturlar MS-DOS,NORTON COMMONDER operatsion sistemalari xaqida tushuncha berish.
Ma’ruza rejasi:
I. Kirish.
1. Amaliyot tizim (AT) tushunchasi, tarkibi va ularning asosiy vazifalari.
II. Asosiy qism
1. MS DOS ning asosiy tarkibiy qismlari va ularning vazifalari.
2. MS DOS tizimida fayllar bilan ishlash.
2.1. Fayl tushunchasi
2.2. Fayllarni shartli belgilash.
2.3. Fayllarning diskda joylanishi.
2.4. Fayllarning taqiqlangan nomlari.
2.5. Kataloglar. Kataloglarda fayllar bilan ishlash.
2.6. MS DOS ning asosiy komandalari.
Norton commander programmasi.
Norton commanderda fayllar bilan ishlash.
III. Xulosa
I. Kirish
Amaliyot tizim (AT) tushinchasi tarkibi va uning asosiy vazifalari.
Kompyuter mukammal ravishda foydalanish uchun turli tuman operatsiyalar mavjudki, ular to’g’risida to’liq ma’lumotga ega bo’lmagan xolda, foydalunuvchi ularni imkoniyatiga egan bo’ladi. Masalan, bir magnit diskidan yozilgan axboratni ikkinchi magnit diskiga ko’chirish uchun kompyuter mingdan ortik operatsiya bajaradi.
Bular:
AT ning birinchi vazifasi mana shu va sho’nga o’xshash bir qator, bajarilayotganligi biz uchun bilishni zarur bo’lmagan operatsiyalarni foydalanuvchidan yashirin xolda bajarishdan iboratdir.
Amaliyot tizimi – bu foydalanuvchi va kompyuterning uzoro ta’sirini hamda shaxsiy kompyuterning apparat qismini ishiniboshqarishni tashkil etuvchi dasturlarning majmuasiga aytiladi.
AT quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
1. Boshqaruvchi dastur – AT ning bu tarkibiy qismi ShEXM bilan chambarchas bog’langan bo’lib, uning asosiy vazifasi kompyuterning ish faoliyatining boshqarishdan iborat.
2. Buyruqlar interpretatori – foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasida muloqatni o’rnatadi, uning buyruqlarning qabul qiladi, izoxlaydi va bajarilishini ta’minlaydi.
Fayl tizimi – AT tarkibiga kiruvchi dastur vositalarini tsigindisidan iborat bo’lib ma’lumotlarni kiritish qidirish va chiqarish operatsiyalarining bajarilishini ta’minlaydi.
Dasturlashtirish tizimi – AT ning bu tarkibiy qismi algoritmik tillarni tarjima qilish vazifasini bajaradigan vositalardan iborat. ShEXM larda BEYSIK, PASKAL, SI, PL/M, PROLOG kabi bir qator dastur tarjimon tizimlari mavjuddir.
Texnik xizmat ko’rsatuvchi dastur – magnit disketalarni, disk yurituvchi qurilmalar faoliyatini nazorat qiladi, dastur va ma’lumotlarni printerda chop kilib chiqaradi.
Yuqorida bayon qilingan Atning tarkibiy qismlaridan tashqari kompyuterning ichki va tashki dasturiy vositalari ham mavjuddir.
Ichki dasturiy vositalarga AT asosida ishlovchi NC (Norton Kommander), RS TOOLS dasturlari kiradi.
Shaxsiy EXMning tashki dasturiy vositalari esa turli maqsadlarga muljallangan minglab amaliy dasturlarni uz ichiga oladi.(2-rasm)
Tashki dastur vositalari orasida matn muharrirlari ma’lumotlar to’plamini boshqarish tizimlari, jadvali ma’lumotlar ustida ish olib boruvchi dastur bog’lamlari muxim ahamiyatga egadir.
Xozirgi kunda
- LEXICON FOTON WORDSTAR MS WORD kabi matn muharrirlari :
DBASE KARAT FOX BASE CLIPPER SUBD REBUC kabi ma’lumotlarni boshqarish tizimlari;
- SUPER CALK LOTUS 1-2-3 VARITAB-86 ABAK MS EXCEL kabi elektron jadvallari yaratilgan.
|
| |