• Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I
  • «Panel upravleniya»
  • «Moy kompyuter»
  • «Panel instrumentov»
  • «Vid»
  • Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi




    Download 1,81 Mb.
    bet41/63
    Sana22.05.2021
    Hajmi1,81 Mb.
    #14576
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63
    Darsning borishi:

    1.Darsni tashkil etish (sinfni darsga tayyorlash).

    2. Yangi mavzuni o’quvchilar hamkorligida o’tish.

    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1.O’tilgan mavzuni savollar asosida bir necha o’quvchidan so’rab, o’qituvchi tomonidan mustahkamlab baholash.

    2.Savol – javob kartochkalari

    3.Test

    Y A N G I M A V Z U N I N G B A Y O N I

    Windowsda ma`lumotlarni saqlash strukturalarini boshqarish va ko`rib chiqishni ikki usulda bajaradi: «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) va «Provodnik» (Boshlovchi) ilovalari yordamida.



    «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning faylli strukturasini va disklarini, jild va fayllarini, shu jumladan, «Panel upravleniya» (Boshqarish paneli) va «Printer» (Chop etish kurilmalari) ilovalari faoliyatini muvofiklashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. «Moy kompyuter» fayllarni o`chirish, qayta nomlash, joyini o`zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi xam mumkin.

    Ish stolidagi «Moy kompyuter» ob`ektida sichqonchani ikki marta bossangiz, ilova oynasi ochiladi. «Moy kompyuter» oynasi ochilganda, unda fayllar strukturasining yuqori pog`onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo`lgan disklar kulrang ob`ektlar bo`lib, qolgan resurslar — sariq jild ko`rinishida namoyish etiladi.

    Agar (S:) disk belgisi ustida sichqonchaning chap tugmachasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan xolat qatorida diskdagi bo`sh joy miqdori aks etadi.

    Diskdagi fayllar va jildlarni ko`rib chiqish uchun diskning rasmchasi ustida sichqonchani ikki marta bosamiz. Natijada oynada disk ichidagi axborot namoyon bo`ladi. Agar disk ichidagi jild ustida sichqoncha ikki marta bosilsa, oyna o`zgarib, monitor ekranida jild ichidagi axborot paydo bo`ladi. Boshqa ob`ektlarda ham ikki marta sichqonchani bosish mumkin:

    Faylli strukturaning pog`onalarini aks ettirish uchun ekranga  «Panel instrumentov» (Uskunalar paneli)ni chiqarish mumkin. Buning uchun «Vid» (Ko`rinish) menyusidan «Panel instrumentov» (Uskunalar paneli) buyrug`ini tanlang. Bir nechta uskunalar aks etgan kator chigadi. Keyin «Perexod na odin uroven vverx» (Yukoriga bir pog`ona o`tish) sarik piktogrammasini bosib, oldingi pog`onaga o`ting.

    «Adres» (Manzil) gatoridan turli disklarga, jildlarga, katta jildlarga o`tish uchun  muqobil usul ishlatilishi mumkin. Buning uchun Siz adres qatori oxirida turgan «pastga» ko`rsatgichni bossangiz, turli disklar va jildlar ro`yxati chikadi. Kerakli ob`ekt ustida sichqonchani bossangiz, oynada ob`ektdagi axborot aks ettiriladi.

    Siz oyna ichidagi ob`ektlar tasvirlanishi turlarini «Vid» (Ko`rinish) menyusini yoki uskunalar panelining o`ng tomonida joylashgan to`rtta piktogrammani ishlatib o`zgartirishingiz mumkin. Ular ko`yidagilar: «Krupno’ye znachki» (Yirik belgilar), «Melkiye znachki» (Mayda belgilar), «Spisok» (Ro`yxat) va «Tablitsa» (Jadval) (5.12-rasm).




    Download 1,81 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   63




    Download 1,81 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hisoblash texnikasining qisqacha tarixi

    Download 1,81 Mb.