|
«Perexod» (O`tish) menyusida o`tish buyruqlari yig`ilgan: «Nazad»
|
bet | 43/63 | Sana | 22.05.2021 | Hajmi | 1,81 Mb. | | #14576 |
«Perexod» (O`tish) menyusida o`tish buyruqlari yig`ilgan: «Nazad» (Orqaga), «Vpered» (Oldiga), «Na odin uroven vverx» (Bir pog`ona yuqoriga), «Na domashnyuyu stranitsu» (Uy saxifasiga), «Putevoditel po kanalam» (Kanallar buyicha yo`l ko`rsatuvchi), «Poisk v Web» (Webda qidiruv) va hokazo.
«Izbrannoye» (Tanlangan) menyusida Sizga Internet xizmatlarini ishlatish imkonini beradigan buyruqlar yig`ilgan (5.14- rasm).
«Spravka» (Ma`lumot) menyusida Ilovalar hamda tizim bo`yicha uzingizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin.
«Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) ilovasini o`rganish jarayonida Siz aniq bir masalani hal qiluvchi fayllar alohida jildlarda jamlanganini ko`rdingiz. Endi yangi, masalan, Sizning fayllaringizni saqlaydigan jild yaratamiz. Buning uchun kompyuter ekranida 5.11-rasmda aks etgan oyna namoyon bo`lganida, S: diski belgisi ustida ikki marta sichqoncha bosiladi. Sung, «Fayl» menyusida «Sozdat» (Yaratish) buyrug`i faollashtiriladi. Namoyon bo`lgan ro`yxatdan «Papka» (Jild) qatori tanlanadi.
Hosil bo`lgan darchada uzingiz xohlagan nomni kiritasiz va, albatta, ENTER tugmachasi bilan tasdiklaysiz. Jild tayyor. Shu jildga ba`zi fayllarni ko`chirish uchun boshqa jilddagi yoki diskdagi kerakli fayllar belgilanib, «Pravka» (To`g`rilash) menyusidagi «Kopirovat» (Nusxalash) buyrug`i yordamida nusxa olinadi hamda «Pravka» (Tug`rilash) menyusidagi «Vstavit» (quyish) buyrug`i yordamida joriy jildga kiritiladi. Bu amalni uskunalar panelida joylashgan piktogrammalar yordamida ham bajarish mumkin.
|
| |