|
Hisobo t kompyuter injiniring
|
bet | 5/7 | Sana | 06.06.2024 | Hajmi | 291,14 Kb. | | #260866 |
Bog'liq 13-1 Diyor2013-yil. 2257,4 km.dan ortiq optik-tolali aloqa liniyalari foydalanishga topshirildi va shaharlararo, xalqaro, zona ichi va mahalliy aloqa kanallari umumiy uzunligi 381,3 mln. kanal/km., ulardan, tashkil etilganlari 368,2 mln. kanal/km.ni tashkil etdi. Respublika viloyatlari, tuman markazlari va shaharlarning raqamli telekommunikatsiya tarmogʻi bilan qamrab olinishi 100 foizni, qishloq aholi punklarini telekommunikatsiya tarmogʻi bilan qamrab olish darajasi 96 foizni tashkil etdi. Respublika hududida CDMA-450 texnologiyasi boʻyicha mobil tarmogʻi bilan qamrab olish zonasi 74 foizni tashkil etdi. Taqdim etilayotgan xizmatlar qatorida: telefoniya, telegraf aloqasi va kommutatsiya orqali Internetga ulanish, bugungi kunda katta talabga ega boʻlgan Internetga zamonaviy kengpolosali (yuqori tezlikda) ulanish, IP-TV interaktiv raqamli televideniye xizmati, CDMA-450 texnologiyasi boʻyicha mobil aloqasi, shuningdek, kengpolosali 3G (EVDO) ulanish xizmatlari mavjud. 2013-yil natijalariga koʻra Internetga kengpolosali ulangan abonentlar soni 62 foizga, IP-TV foydalanuvchilari soni 4,3 barobar, mobil aloqasi xizmati foydalanuvchilari soni 72 foizga oʻsdi, mahalliy telekommunikatsiya tarmogʻiga ulanish uchun abonentlar arizasining qondirilishi yuqori darajada ta'minlandi. 2013-yil mobaynida Internet tarmogʻiga ulanish tezligini 30 foizga oshirib, 10 Gbit/s.dan ortiq tezlikka erishildi, Internet-provayderlari uchun 1 Mbit/s. narxi 1,3 marta pasaytirishga erishildi. CDMA-450 standartidagi simsiz tarmoq bilan qamrab olish zonasini oshirish maqsadida 140 bazaviy stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha iishlar amalga oshirildi, natijada CDMA-450 standartidagi mobil aloqa qamrab olish zonasi respublika aholi punktlari soniga nisbatan 71 foizni tashkil etdi. «Oʻzbektelekom» AK tarmogʻida hammasi boʻlib, «Yagona oyna» tamoyili boʻyicha ishlaydigan 163ta UZTELECOM sotuvlar ofisi mavjud.
2014-yil. Хalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligi 2014-yil boshiga nisbatan 151,3 foizga oʻsib, 15,5 Gbit /s.ni tashkil etmoqda. Xalqaro paketli kommutatsiyalar markaziga ulangan Internet tarmogʻi operator va provayderlari tariflari 2014-yil boshiga nisbatan 1 Mbit/s. uchun 276,27 AQSH dollarigacha, yaʼni 11,6 foizga pasaydi. «Buzatau-Qoʻngʻirod», «Gʻuzor-Boysun», «Denav-Uzun-Shargun», «Jaslik-Qoraqalpogʻston», «Moʻynoq–Qibla Ustyurt», «Uzun –Tojikiston chegarasi» hududlarida videotelefoniya, internet-televideniye, yuqori tezlikdagi Internet, HDTV-kanallarining namoyishi va boshqa konvergent xizmatlarni taqdim etuvchi, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha kengpolosali ulanishga moʻljallangan 2000 km optik-tolali aloqa liniyalarining qurilishi amalga oshirildi. Internet tarmogʻiga qayd etilgan keng polosali ulanish xizmatini koʻrsatish uchun oʻrnatilgan portlar soni 640 mingtaga yetkazildi, foydalanishdagi portlar soni 135,1 foizga oʻsgan. Matbuot anjumanida aytilganidek, soʻnggi avlod texnologiyalari asosida mahalliy telefon tarmogʻini asta modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Joriy yil mobaynida respublika boʻyicha 26ta zamonaviy kommutatsiya uskunalari foydalanishga topshirildi, bu esa telefon raqamlari sigʻimini sezilarli darajada oshirdi. Davlatimiz rahbarining 2014-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash investitsiya loyihasini Xitoy Davlat taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirish boʻyicha choralar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq umumiy summasi 117,6 mln. AQSH dollar miqdorida, jumladan, Xitoy (XXR) rivojlanish Davlat banki tomonidan 100,0 mln. AQSH dollari miqdorida ajratilgan kredit mablagʻlari hisobiga telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish boʻyicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihalarda maʼlumotlarni uzatish magistral tarmoqlari oʻtkazish qobiliyatini kengaytirishni: xalqaro yoʻnalish boʻyicha —10 martaga (100 Gbit/s.gacha), viloyat markazlarida — 4 martа (40 Gbit/s.gacha) hamda tuman markazlarida — 10 martaga (10Gbit/s.gacha) oshirishni maqsad qilingan.
Foydalanuvchi talablariga tezkor javob berish maqsadida, shuningdek, davlat va xoʻjalik subyektlari ehtiyojlari uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlari boʻyicha mamlakatimiz barcha mintaqalarida «Oʻzbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat koʻrsatish Yagona markazini joriy etish loyihasi doirasida, 13 ta koll-markaz tashkil etiladi. Mazkur choralar koʻrsatilayotgan telefon va internet-xizmatlarining yanada yuqori darajada sifatini koʻtarishga xizmat qiladi. Abonentlarga qulaylik yaratish uchun 2014-yil 1 dekabrdan mamlakatimiz boʻyicha «Call-centre» xizmatining “1084” – yagona raqami kiritildi[1].
|
| |