• Kalit so‘zla
  • Ключевые слова
  • Davlat xizmatchilarini raqamli kompetensiyasi Цифровая компетентность госслужащих




    Download 32,43 Kb.
    bet1/2
    Sana22.05.2024
    Hajmi32,43 Kb.
    #250361
      1   2
    Bog'liq
    raqamli hukumat maq


    To‘rayev Sardor Sa’dulla o‘g‘li
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 4-bosqich talabasi.
    Email: sardortorayev15@gmail.com
    Tel: +998942091405

    Davlat xizmatchilarini raqamli kompetensiyasi

    Цифровая компетентность госслужащих

    Digital competence of civil servants

    Annotatsita: O‘zbekiston Respublikasida sohalarni raqamli tranformatsiya qilish bilan bog‘liq normativ huquqiy hujjatlar, Raqamli texnologiyalar vazirligi loyihasi doirasida joriy etayotgan strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari, “Raqamli O‘zbekiston 2030” strategiyasi, tizimlaridagi yangiliklar va ularning natijalari, oshirilayotgan loyihalar bayon etilgan.
    Kalit so‘zla: Raqamli tranformatsiyasi, davlat, qonun, jamiyat, raqamli jamiyat, elektron hukumat, yangiliklar, elektron hukumat, raqamli idora.

    Краткое описание: нормативно-правовые документы, связанные с цифровой трансформацией отраслей промышленности Республики Узбекистан, стратегические цели и приоритеты, реализуемые в рамках проекта Министерства цифровых технологий, инновации в стратегии «Цифровой Узбекистан 2030», системы и их результаты, реализуемые проекты. заявил.
    Ключевые слова: Цифровая трансформация, государство, право, общество, цифровое общество, электронное правительство, новости, электронное правительство, цифровой офис.

    Abstract: normative legal documents related to the digital transformation of industries in the Republic of Uzbekistan, strategic goals and priorities implemented within the project of the Ministry of Digital Technologies, innovations in the "Digital Uzbekistan 2030" strategy, systems and their results, ongoing projects stated.
    Keywords: Digital transformation, state, law, society, digital society, e-government, news, e-government, digital department.

    Raqamli Elektron hukumat tushunchashi ilk bor 1990-yilda paydo bo‘lgan va undan dastlab AQSH, Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya kabi davlatlar birinchilardan bo‘lib shug‘ullanib ko‘rishgan.
    Elektron hukumat — bu davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yo‘li bilan davlat xizmatlari ko‘rsatishga doir faoliyatini, shuningdek idoralararo elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy texnik vositalar tizimi.
    Davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni izchil takomillashtirib borishi, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy maʼlumotlari xavfsizligini taʼminlagan holda ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan. Raqamli davlat xizmati joriy etilishi har tomonlama manfaatli boʻlishi, ayniqsa, korrupsiyaning oldini olishi, turli ovoragarchilik va qogʻozbozliklarga barham berishi lozim.
    Elektron hukumatning asosiy prinsiplariga quyidagilar kiradi:

    • davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;

    • elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi;

    • «bir darcha» prinsipi bo‘yicha elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish;

    • davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish;

    • elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;

    • elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;

    • axborot xavfsizligini ta’minlash.

    Davlat organlarining elektron hukumat sohasidagi faoliyati qonun hujjatlariga muvofiq ochiq va shaffof tarzda amalga oshiriladi.
    Shu bilan birgalikda fuqarolar bugun vaqtini behuda oʻtkazib, davlat idoralariga borishi, navbatda turish kabi muammolarni oldi olinyapdi.Bunda kerakli mobil ilovalar orqali zarur xizmatdan foydalanish tartibi juda oddiy, hammasi bir joyda va “yagona oyna”da ishlaydi. Barcha sohalar kabi davlat fuqarolik xizmatida mavjud elektron loyihalar bir joyda jamlanadi va fuqarolarda “Qayerga borish kerak?” yoki “Bu qaysi platformada?” degan savollar tugʻilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish, hujjatlarni qog‘oz shaklidan elektron shakliga to‘liq o‘tkazish hamda ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida davlat organlari faoliyati va ular tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini raqamlashtirishning qamrovini yanada kengaytirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqdi.
    Shu bilan birga mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shunga muvofiq, oʻtgan davr mobaynida agentlik tomonidan respublikamizda oʻxshashi boʻlmagan, keng qamrovli “Davlat fuqarolik xizmati yagona elektron axborot-tahlil tizimi” dasturiy-apparat kompleksini joriy etish ishlari olib borildi. Hozirda vazirliklarning beshmingta funksiyasidan faqat 30 foizi raqamlashgan. Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan Ichki ishlar idoralarida 34 ta, Adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat raqamlashmagan. Ishga yoki o‘qishga kirish, haydovchilik guvohnomasini olishda kerak bo‘ladigan “086-shakl”dagi tibbiy ma’lumotnomani olish uchun odamlar har safar poliklinikalarga murojaat qilishga majbur bo‘layotgandi.
    Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. Birgina “Elektron hukumat” 1ning qator tizimlari — yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona tizimi (id.egov.uz), axborot tizimlari va resurslari yagona reyestri (reestr.uz), davlat fuqarolik xizmatining yagona elektron axborot portali (my.argos.uz), davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarining yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz), davlat fuqarolik xizmatchilarini sinovdan oʻtkazish moduli (test.argos.uz) hamda davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish portali (ilm.argos.uz) bilan integratsiya qilinadigan bo‘ldi.
    Joriy yilgi davlat dasturida davlat fuqarolik xizmatini zamonaviy standartlar asosida raqamlashtirish maqsadida “Davlat xizmatchisi” mobil dasturini joriy etish vazifasi belgilangan. Shundan kelib chiqib, davlat fuqarolik xizmatchisining yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan ish faoliyatiga oid munosabatlarini raqamlashtirish yuzasidan tahlil oʻtkazildi. Xususan, davlat xizmati tizimini raqamlashtirish, shuningdek, davlat xizmatchisining yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatini yagona elektron tizim orqali tashkil etish boʻyicha jahon tajribasi tahlil qilinganda, Osiyo mamlakatlarida “Raqamli davlat xizmati” tizimini shakllantirish va rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi model davlat faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilayotgani namoyon boʻldi. Ushbu tizim Janubiy Koreya, Singapur va Yaponiyada muvaffaqiyatli joriy etilgan boʻlib, davlat xizmatchilari uchun moʻljallangan bunday dasturlar “Elektron hukumat” tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan hamda mamlakatning yagona interaktiv portaliga integrallashtirilgan.
    Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali aholi (G2S) va tadbirkorlarga (G2B) raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi deb belgilanligi, davlat boshqaruvida (G2G) qog‘ozsiz ish yuritishga o‘tishni joriy etish orqali bosqima-bosqich ijro etuvchi hokimiyatning markaziy apparatlari hamda ijro etuvchi hokimiyatning hududiy bo‘linmalari va ular tasarrufidagi tashkilotlar to‘liq o‘tkazilishi belgilab qo‘yilgani alohida qayd etilgan. Bundan tashqari, 40 dan ortiq axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi ham amalga oshirilmoqda.
    Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ishlar olib borilgani bejiz emas.
    Bundan tashqari “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida yordamga muhtoj ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasini yaratish, jumladan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bilan integratsiya qilish talablari ham qo‘yilgandi.
    Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida” gi qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosi loyihasida “E-Anticor.uz” elektron platformasida amalga oshirish2 hamda, vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro hokimliklaridagi inson resurslarini boshqarish faoliyatini to‘liq raqamlashtirish maqsadida “hrm.argos.uz” elektron dasturi ishga tushirilgan, hozirgi kunda tizimga 4 mingga yaqin davlat organlari va tashkilotlar ulangan.
    Joriy yilning 22-fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi ham aynan raqamlashtirish ishlarini jadallashtirishga bag‘ishlangan edi. Unda raqamlashtirish yo‘nalishida mavjud kamchiliklar sanab o‘tildi va ko‘plab vazifalar belgilab berildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligining davlat organlari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini hamda davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, aholini sifatli optik tolali internet bilan ta’minlash hamda raqamli infratuzilmani rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari sanab o‘tilib muhokama qilindi.
    Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi va “KfW” banki o‘rtasida “Raqamli sog‘liqni saqlash islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini (keyingi o‘rinlarda – loyiha) moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 12 yil muddatga 45 million evro miqdorida qarz bitimi hamda 5,5 million evro miqdorida grant bitimi imzolanganligini ma’lumot o‘rnida aytish lozim.
    Qayd etilganidek, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan 2022-yilda Yagona portalda joriy etilgan davlat xizmatlari soni 370 taga yetkazilgan va 2023-yilda yana qo‘shimcha 200 ta elektron xizmatlar joriy qilindi. Bundan tashqari, “Elektron hukumat”ning asosiy prinsiplaridan biri elektron xizmatlarni “bir darcha” tamoili asosida, ya’ni elektron hamkorlik asosida ko‘rsatishi belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishda fuqarolardan 70 dan ortiq hujjat hamda ma’lumotnomalarni talab qilish amaliyoti bekor qilindi. 38 turdagi xizmatlardan foydalanishda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabi bekor qilindi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 22-avgustdagi PQ–357-son qarori ijrosi uchun mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlarining raqamlashtirish sohasidagi faoliyati natijadorligi hamda kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilishi o‘tkazilgandi.3
    “Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi raisi o‘rinbosari — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Davlat rahbarining ushbu qarori ijrosini ta’minlash holati, mavjud muammolarni muhokama qilish hamda ustuvor vazifalarni belgilab olish zarurligini, bugungi kunda Prezident tomonidan raqamlashtirish masalasiga katta e’tibor qaratilayotgani, o‘tgan yilning o‘zida mazkur masala yuzasidan 4 marotaba yig‘ilish o‘tkazilgani, raqamli texnologiyalar sohasini yanada rivojlantirishga doir Farmon (PF–76) va qaror (PQ–162) imzolangani, mazkur hujjatlarga asosan vazirlik va idoralar oldiga bir qator muhim vazifalar belgilab berilgandi.4
    Mamlakatimizda elektron hukumatni qurish, davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiq va shaffofligini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini takomillashtirishda tizimni raqamlashtirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash tizimini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda shu bilan birga raqamlashtirish va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi.
    Buning natijasini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ommaviy axborot vositalariga oid 5 ta muhum qoidasida ham ko‘rishimiz mumkun: Bular

    • Davlat Internet tarmog‘idan foydalanishni taʼminlash uchun shartsharoitlar yaratadi.

    • Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi.

    • Davlat ommaviy axborot vositalarining axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

    • Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

    • Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

    Bundan tashqari Markaziy Osiyo va Kavkazning yetti mamlakatidan 20 nafardan ortiq mutaxassis Koreya Respublikasining raqamli transformatsiyasi boʻyicha ilgʻor tajriba va texnologiyalarni oʻrganishdi. Seul shahrida tashkil etilgan tadbirda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Jasur Shorahmedov qatnashdi. Unda Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirining raqamli hukumat boʻyicha oʻrinbosari Sux Boram tadbirni ochar ekan, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari bilan raqamli hukumat hamda davlat xizmatlari sohasidagi ishlar faol ravishda olib borilayotganini takidladi. Uch kunlik tadbir dasturi doirasida “Koreyaning raqamli transformatsiya amaliyoti” seminari tashkil etildi. Seminar davomida davlat boshqaruvining raqamli platforma modeli, Koreya raqamli hukumatining soʻnggi tashabbuslari va ularni amalga oshirish usullari bilan tanishildi.
    “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2023” AKT doirasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti o‘tkazildi. Tadbirda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ekspertlari, Xitoy, Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlardan yetakchi vakillar qatnashdi. Mahalliy ekspertlarning taqdimotlari tinglandi. Sammitda soha vakillari va faollar davlatning raqamli transformatsiyasi va uning fuqarolar hayotiga ta’siri bilan bog‘liq muhim masalalarni, shuningdek, turli mamlakatlar va mintaqalarda raqamli hukumatlar erishayotgan muvaffaqiyatlari, duch kelinayotgan muammolar hamda imkoniyatlari muhokama qilindi.5
    2022—2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti strategiyasida.

    • “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish, elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga yetkazish hamda byurokratiyani bartaraf etish.

    • Davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali ko‘rsatishni kengaytirish. Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilish.

    • “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali davlat organlari hamda xususiy tijorat tashkilotlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish asosida byurokratik jarayonlarni qisqartirish.

    • Shaxsga doir ma’lumotlarning himoyasini ta’minlash hamda xabardor qilish tizimini joriy etish.

    • Fuqarolarga muddatli, muayyan faktni tasdiqlovchi hujjatlarni berish va almashtirishni hamda kompozit davlat xizmatlarini ularning murojaatini kutmasdan turib taklif etish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

    • Keksa va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, ularga qulayliklar yaratish.

    • “Raqamli idora” loyihasi doirasida davlat organlarida ish yurituvini raqamlashtirish orqali ma’muriy tartib-taomillarni optimallashtirish va boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish.

    • “Fuqarolarning raqamli pasporti” loyihasini joriy qilish hisobiga aholidan muayyan faktlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish amaliyotini bekor qilish.

    • Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyotini kengaytirish. Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish kabi takliflar kiritilgan

    Raqamlashtirish sohasida davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan kuchli ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni qo‘llab-quvvatlash hamda mazkur yo‘nalishida qabul qilingan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini o‘rnatish maqsadida 2023-yilning 3-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan eshituv o‘tkazilganligi ham bejiz emas.
    Fikrlarim so‘ngida shuni aytmoqchimanki, so‘nggi yillarda yurtimizda davlat organlari hukumat va tashkilotlarining faoliyatlarini hamda aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini raqamlashtirishi, olis hududlarda mobil aloqa va mobil internet qamrovini kengaytirishi, shuningdek mobil infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar ham buning natijasi desak adashmaymiz.

    Foydalanilgan adabiyotlar:



    1. Download 32,43 Kb.
      1   2




    Download 32,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Davlat xizmatchilarini raqamli kompetensiyasi Цифровая компетентность госслужащих

    Download 32,43 Kb.