|
JavaScript dasturlash tili mohiyati
|
bet | 3/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,87 Mb. | | #240845 |
Bog'liq BMI
Korxonaga kelganda korxona tomonidan biriktirilgan shaxs tomonidan bizga amaliyot oldidan texnika xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirilib o‘tildi. Bilamizki har bir korxonada, o‘zining ish jarayonidan kelib chiqqan holda texnika xavfsizligi qoidalari ishlab chiqiladi. Mehnat xavfsizligining asosiy masalalaridan biri ishlovchilarning xavfsizligini taminlash bo‘yicha ish hisoblanadi. Zamonaviy ishlab chiqarish uni doimiy ravishda texnik jihatdan qurollantiruvchi, kimyoviy va mikrobiologik vositalardan foydalanishi, mobillashgan jarayonlarning keng qo‘llanilishi bilan xarakterlanadi. Bunday sharoitlarda xavfsizlik talablarining buzilishi, baxtsiz hodisalarga olib keladigan xavfli holatlarni keltirib chiqaradi. Mehnat xavfsizligi-bu shunday mehnat sharoitiki, bunday ishlab chiqarishda ishchilarga zararli va xavfli omillarning ta’sirini butunlay oldi olingan bo‘ladi. Ishlab chiqarish sharoitida odamlar ishlab chiqarishning fizik va kimyoviy omillaridan jarohatlanadi. Ishlab chiqarishning xavfli fizikaviy omillari harakatlanayotgan mashinalar, uskunalarning himoyalanmagan ko‘zgaluvchan elementlari, harakatlanuvchi buyumlar, materiallar, uskunalar yoki materiallarning sirtidagi yuqori yoki pastki haroratlar, elektr setidaga xavfli kuchlanishlar, qisilgan havoning, gazning energiyasi, portlashlar, to‘lqin zarbi va shunga o‘xshashlar hisoblanadi. Odamlarning sog‘ligi uchun ayniqsa ishlov berilayotgan materiallardan va instrumentlardan uchayotgan qismlar jiddiy xavf tug‘diradi. Ishlab chiqarishning xavfli kimyoviy omillari inson organizmiga achchiq, zararli va og‘rituvchi moddalarni ta’siri bilan xarakterlanadi. Ishlab chiqarishning u yoki bu xavfli omillarining paydo bo‘lishi texnologik jarayon, uskunalar konstruksiyasi, mehnatni tashkillashtirish darajasi va unga o‘xshashlarga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning xavfli omillari namoyon bo‘lish xarakteri bo‘yicha ochiq va yopiq turlarga bo‘lish mumkin. Ochiq xavfli omillar ochiq tashqi belgilari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bunga mashinalarning harakatlanayotgan qismlari, yong‘in, ko‘tarilgan va tarozidagi osilgan holda turgan yuklar kiradi. Yopiq xavflar mashina, mexanizm, jihoz va asboblardagi ko‘zga ko‘rinmas nuqson va kamchiliklar yoki ma’lum avariya va xavfli holatlarda paydo bo‘ladigan kamchilik ko‘rinishda bo‘ladi. Mashina va mexanizmlarning xavfli zonalari. Ishchilar xavfning manbaiga bevosita tekkanda yoki unga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan masofaga yaqinlashganda jarohatlanishi mumkin. Inson sog‘ligiga va hayotiga xavf tug‘diradigan xavfli ishlab chiqarish omillari doimo mavjud bo‘lgan yoki vaqti-vaqti bilan namoyon bo‘ladigan fazo xavfli zona hisoblanadi.
Kompyuter oldida xavfsizlik qoidalari quyidagilar:
kompyuter xonasiga ustki (palto, kurtka) kiyimda kirmaslik kerak.
kompyuter va uning qurilmalarini elektr manbaiga ruxsatsiz ulash yoki o‘chirish mumkun emas.
qurilmalardagi murvatlarni burash mumkun emas.
ochiq qurilmalarga metal va elekktr o‘tazuvchi narsalarni tekizish mumkun emas.
qurilmalarni arduinoga ulamasdan turib elektrga ulash mumkun emas.
monitorga qo‘l va boshqa narsalarni tekkazish, himoya qopqoqlarini ochish mumkun emas.
qurilmalarning ulanish joylariga tegish mumkun emas.
kompyuter yaqinida isitish asboblaridan foydalanish mumkun emas.
qurilmalar yonida tez yonuvchi moddalar ishlatish mumkun emas.
xonaga qurilmaning ichki elementlariga salbiy ta’sir etuvchi (kislotali,tarkibida xlor bo‘lgan) moddalarni olib kirish, xonani changitish mumkun emas.
kompyuter va qurilmalar ustiga turli buyumlarni qo‘yish mumkun emas.
kompyuterlar elektr manbaiga ulangan holda tozalash ishlarini olib borish mumkun emas.
qurilmalardan foydalanishda kuch ishlatishda sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish kerak.
|
| |