|
I BOB. FAST-FOOD.UZ VEB ILOVASINI ISHLAB CHIQILISHINING TAHLILI
|
bet | 2/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,87 Mb. | | #240845 |
Bog'liq BMI I BOB. FAST-FOOD.UZ VEB ILOVASINI ISHLAB CHIQILISHINING TAHLILI 1.1. Frontend haqida qisqacha tushuncha
“PRO UNITY” xususiy korxonasi Axborot texnologiyalari departamentida ko‘plab boshqarmalar mavjud hisoblanadi. Jumladan, Avtomatlashtirilgan bank tizimlarini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi, Dasturlarni yaratish boshqarmasi, Masofaviy bank xizmatlari rivojlantirish bo‘limi raqamlashgan bank, Tizimlararo integratsiya va dasturlarni qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi. Har bir boshqarma o‘zlariga ajratilgan maxsus vazifalarni amalga oshiradi. Korxona ish faoliyati jarayonida ko‘plab ichki tartib qoidalar, xavfsizlik qoidalari mavjud hisoblanadi. Har bir xodim ushbu qonun qoidalar bilan ma’lum bir davrda tanishib chiqadi, hamda ushbu qoidalarga bo‘ysungan holda faoliyat olib borishadi. Agarda ushbu qoidalar buzilganligi aniqlangan taqdirda korxona tomonidan jazo choralari, xattoki ma’muriy, jinoiy jazolarga ham tortilishi mumkun. Hamda, ushbu korxonada xodimnin ish faoliyati jarayonida texnika xavfsizligi qoidalari ham muhim ro‘l o‘ynaydi. Har bir hodim, elektr uskunalaridan foydalanish, zinalardan tushish, ta’qiqlangan joylarga kirmaslik haqida ko‘rsatmalar olishadi. Yong‘in xavfsizlik qoidalari ham har bir xodimga tanishtirilib chiqiladi. Axborot texnologiyalar departamentida jamoasi orasida o‘zaro ahillik, birdamlik, hamjihatlik ko‘zga yaqqol namoyon bo‘ladi. Ushbu yerda barcha hodim korxona rivoji uchun jon berib kurash olib borishadi, hamda korxona ham hodimlarga munosib rag‘batlantirishlar ajratadi. Tizimlararo integratsiya va dasturlarni qo‘llab quvvatlash boshqarmasi asosan korxona hamda tashqi korxonalar orasidagi integratsion muhitni tashkil qilish, qo‘llab quvvatlash ishlarini amalga oshiradi. Ushbu jarayonda hodimlardan o‘ta aniqlikda ish olib boorish talab etiladi. Sababi ularning yelkasida axborot xavfsizligini ta’minlash vazifasi ham qo‘yilgan hisoblanib, korxona ma’lumotlarini tashqi tarmoqqa chiqib ketmasligini nazorat qilib borishadi.
|
| |