• AngularJS, ReactJS va VueJS
  • Frontend developer egallashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha bilimlar va ko‘nikmalar
  • Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar




    Download 1,87 Mb.
    bet7/11
    Sana17.05.2024
    Hajmi1,87 Mb.
    #240845
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    BMI

    Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar
    Bu freymvorklar dasturchiga deyarli tayyor ko‘rinishdagi sayt elementlarini taklif qiladi. Ular yordamida odatda ko‘p ishlatiladigan elementlarni bir necha daqiqalar ichida tuzish mumkin. Ularning har biri o‘ziga xos stildagi elementlarga ega. Material va yassi stillar ham shular jumlasidandir. Hatto saytni qog‘ozda qo‘lga chizilgandek ko‘rinishga keltiradigan freymvork ham bor.

    AngularJS, ReactJS va VueJS
    AngularJS, ReactJS va VueJS JavaScript dasturlash tiliga asoslangan bo‘lib, ular yordamida veb saytlarni yanada takomillashtirish, qo‘shimcha imkoniyatlar qo‘shish va bu o‘zgartirishlarni dasturchi o‘ylagandan ham oson usulda amalga oshirish mumkin. Agar siz HTML, CSS, Bootstrap va JavaScriptni biladigan frontend dasturchi bo‘lsangiz, bugungi kunda yurtimizda oyiga o‘rtacha 100$ dan 300$ gacha daromad topishingiz mumkin. Bordiyu siz yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari AngularJS, ReactJS va VueJS texnologiyalaridan birini bilsangiz, sizning o‘rtacha oylik daromadingiz 400$ dan 600$ gacha bo‘lishi mumkin. Bu daromad albatta nisbiy olingan. Veb dasturchilarning daromadi odatda ularning bilim darajasi va tajribasi bilan belgilanadi.
    Frontend developer egallashi kerak bo‘lgan qo‘shimcha bilimlar va ko‘nikmalar:

    1. Veb dizayn va mobil dizayn. Frontend dasturchi veb va mobil dizayn bo‘yicha boshlang‘ich ma’lumotga ega bo‘lishi va dizaynning mazmunini tushunishi lozim. Bu ularga saytni chiroyli hamda qulay ko‘rinishga keltirishda qo‘l keladi.

    2. Adobe Photoshop yoki Sketchda ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Frontend dasturchi rasm ko‘rinishidagi sayt dizaynini kodga o‘tkazadi. Shu ish mobaynida grafik tahrirlash dasturlari bilan ishlash saytning rasm ko‘rinishidan kerakli elementlari ishlatish uchun ajratib olish uchun zarur.

    3. Git texnologiyasini bilishi va unda ishlay olishi lozim.

    4. Veb dasturlashning yana bir asosiy qismi bekend sohasi ishlash prinsipini bilishi lozim.

    5. Frontend dasturchi ma’lumotlar bazasidan kelayotgan ma’lumotlar bilan ishlay olishi lozim.

    6. Frontend dasturchi veb dasturlarni test qilish texnologiyasi bilan tanish bo‘lishi va bilishi lozim.

    7. Eng muhim ko‘nikmalardan biri o‘z ustida doimiy ishlash va boshqalarning xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarishdir.

    Ushbu maqolamizdan frontend texnologiyasi haqida umumiy ma’lumot oldingiz va sizda veb sayt yaratilishi bo‘yicha ilk tasavvurlar shakllandi, deb o‘ylayman.

    Download 1,87 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bootstrap, Materialize, Foundation va boshqa CSS freymvorklar

    Download 1,87 Mb.