|
Hisoboti 215-20 ato‘ guruh talabasi
|
bet | 10/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 1,87 Mb. | | #240845 |
Bog'liq BMI Xulosa
Xulosa o‘rnida shularni aytishim mumkunki, oxirgi vaqtda axborotli muhitda katta o‘zgarishlar bo‘lib bormoqda. Ana shu o‘zgarishlar qog‘ozsiz texnologiya zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu esa o‘z navbatida, hisoblash texnikasining yanada keng rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Axborotli muhitning kelajakda inson hayotida o‘rni va ahamiyati bugungi holatdan ancha yuqori bo‘lishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi. Shuning uchun ijtimoiy faoliyatni zamonaviy kompyuterlar va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari asosida qayta qurish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir.
Frontend o‘zi nima? U orqali nimalarga erishish mumkin afzalliklari qanday ushbu savollaga ham yetarlicha javob oldim deb o‘ylayman. Ma’lumotlarni boshqarish tizimi - fayllar to‘plami mantiqiy kelishuvni quvvatlash, ma’lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta’minlash, har xil to‘xtalishlardan keyin ma’lumotlarni qayta tiklash, bir necha foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlash kabi xossalarga ega ekan. Ma’lumotlar bazasini yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyasion bazaning tuzilishi, ya’ni relyasion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyatsion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma’lumotlarining turi va o‘lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.
Amaliyot jarayonida korxona CRM va ERP axborot tizimi bilan tanishib chiqdim. Bunda tizimning funksionalligi, puxta ishlab chiqilganligi, zamonaviy texnologiyalardan qo‘llanilganligi hamda ma’lumotlar bazasi bilan bog‘langan xolda ko‘plab funksionallikni amalga oshirilganligi o‘z e’tiborimni tortdi. Albatta bunday axborot tizimlari korxonaning boshqaruv jarayonida katta o‘rin egallaydi. Ushbu axborot tizimlaridan o‘zimning BMI ga yangilik tariqasida statistik ma’lumotlarni tahlil qilib beruvchi jadvalni qo‘shishga qaror qildim. Amaliyotdagi vazifalar ko‘plab ko‘nikmalarga ega bo‘lishimga yordam berdi.
|
| |