Hkent axborot texnologiyalari universiteti




Download 0,8 Mb.
bet5/6
Sana20.05.2024
Hajmi0,8 Mb.
#245942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish
tizimlar va signallarni loyihalash mustaqil ish, Y,N, Sevinch, Amaliyot hisobot, Raxmatov, laboratoriya ishi 2
Gyuygens prinsipi[
To'lqinlarning difraksiya hodisasini 1690- yilda golland olimi Gyuygens tomonidan tavsiya qilingan prinsip asosida tushuntirish mumkin. Bu prinsip olimning nomi bilan Gyuygens prinsipi deb ataladi. Gyuygens prinsipiga ko'ra, muhitning to'lqin yetib borgan har bir nuqtasining o'zi, ikkilamchi to'lqinlarning manbayi bo'lib qoladi, ya'ni bu nuqtadan xuddi markazdan tarqalgandek, yangi sferik to'lqin tarqala boshlaydi. Ikkilamchi to'lqinlar dastlabki front harakatlanayotgan yo'nalishlardan boshqa (bu yo'nalishlar 1- rasmda strelkali chiziqlar bilan ko'rsatilgan) barcha yo'nalishlarda o'zaro so'nadi, ya'ni bir-birini so'ndiradi
. 4-rasm

Bir jinsli muhitda tarqalayotgan to'lqin fronti biror t vaqtda a vaziyatni egallagan bo'lsin. Uning keyingi �+△�  paytdagi vaziyatini aniqlash uchun to'lqin frontining har bir nuqtasini ikkilamchi to'lqinlar manbayi deb qarash kerak, ana shu ikkilamchi to'lqinlarning geometrik o'ramasi to'lqin frontining keyingi paytdagi b vaziyatini ko'rsatadi. Bu prinsip barcha to'lqinlarning tarqalishini tavsiflash uchun ham yaroqlidir.


Gyuygens prinsipini qo'llashga o'lchami to'lqin uzunligidan katta boʻlgan tirqishli to'siqqa yassi to'lqinning tushishini misol sifatida keltirish mumkin (2-rasm). To'lqin fronti aa to'siqqa yetib borganda tirqishning nuqtalari ikkilamchi to'lqinlarning manbalari bo'lib qoladi. Bu sferik to'lqinlarni yasab (front harakati yo'nalishida yarim sferani yasashning o'zi kifoya) hamda ularning o'rovchisini chizib, tirqishdan o'tgan to'lqinning frontini hosil qilamiz. Bu front faqat o'rta qismlaridagina yassi bo'ladi; tirqish chegaralarida to'lqin fronti (va, demak, nurlar) to'siq orqasiga egiladi, ya'ni to'lqinlar difraksiyalanadi.
5-rasm

Difraksiya hodisasi tovush to'lqinlarida yaxshi kuzatiladi. Qushlarning xonishini eshitishga bog'dagi daraxtlar xalaqit bermaydi, holbuki katta binolarning orqasida esa ularni eshitmaymiz. Bunga sabab shuki, daraxtlarning diametrlari tovush to'lqinlarining uzunligidan kichik va shuning uchun to'lqinlar daraxtlarni oson aylanib o'ta oladi, binoning o'lchamlari tovush to'lqinlarining uzunligidan ancha marta katta va shuning uchun binoni tovush to'lqinlari aylanib o'ta olmaydi.


Difraksiya hodisasi har qanday to'lqin jarayonlar, shuningdek, yorug'lik to'lqinlari uchun ham xarakterlidir.
Frenel difraksiyasi
Biz yuqorida ko’rib o’tdikki, Frenel difraksiyasi bu sferik to’lqinlar difraksiyasidir.

Faraz qilaylik, bizga yorug’lik manbaidan (R) masofada joylashgan diametri (MM1) ga teng bo’lgan dumaloq tirqishdan ( 0r ) masofada joylashgan (E) ekran berilgan bo’lsin. Bu holda hosil bo’ladigan difraksiyani ko’rib chiqaylik. Bizga ma’lumki, agar Frenel zonalarining soni toq bo’lsa A nuqtada difraksion maksimum kuzatiladi , agar zonalr soni juft bo’lsa markazda minimum kuzatiladi Bu holda zonalar radiusi qo’yidagicha topiladi.


Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 0,8 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hkent axborot texnologiyalari universiteti

Download 0,8 Mb.