-mashq. Matnni sahnalashtiring , ajratib ko`rsatilgan so`z zamonlarini tahlil qiling va muhokama o`tkazing. Sariq qarg`a




Download 71.1 Kb.
bet7/8
Sana25.01.2021
Hajmi71.1 Kb.
#13071
1   2   3   4   5   6   7   8
3-mashq. Matnni sahnalashtiring , ajratib ko`rsatilgan so`z zamonlarini tahlil qiling va muhokama o`tkazing.

Sariq qarg`a
Bog`dagi bir qancha vaqtdan beri so`ppayib turgan eski to`ngakni ko`chirishga jazm etgan bir mulla uch kundan beri shu ish bilan mashg`ul edi. Nonushtadan so`ng chol boltasini ko`tarib kampiriga debdi: “Men yana to`ngak bilan olishgani ketyapman”. Biroz o`tmay bog`dan halloslab chiqib kelayotgan chol:

- Mo`jiza , kampir, mo`jiza! Ha, mo`jiza ro`y berdi. To`ngak tomiriga boltani zarb bilan urganimni bilaman, yopiray, qaraginki, to`nka ostidan bir sariq qarg`a qag`illab uchib ketayotganini ko`rdim. Kapalagim uchib ketdi. Buni qara, sap-sariq qarg`a-ya! Qarg`aning sarg`ini eshitganmisan, kampir?

- Yo tavba! Hoy, chol, bo`ldi endi, u yerga bormang. Sizga ko`ringan sariq qarg`a jin-pin bo`lmasin tag`in!

- Bo`ldi-ye! Chol boltani uloqtirib, so`ri tomon, kampir esa qo`shnisi tomon yo`l olibdi. Bo`lgan voqeani kampir hayratlanib qo`shni xotinga hikoya qilib beribdi. Qiziqroq bo`lsin deb ikkita sariq qarg`a uchib chiqqanini uqtiribdi.

- Shu kuni qo`shni xotin ma’rakaga boradi. Gapdan gap chiqib, yig`ilganlarga sariq qarg`a haqida “voy, shu deng…” dan boshlab, uchta sariq qarg`a uchib chiqqanini ko`pirtirib aytibdi.

Bu hodisa haqidagi gap shu kuni peshinga yaqin yurt vaziriga: “Nima deysizki, falonchi mahalladagi falonchi mulla bor-ku, o`sha kishi kavlayotgan to`nka ostidan o`ttiz to`qqizta “sariq qarg`a” patir-putur chiqqan emish”, degan mazmunda etib keladi. Bu gapdan taajjubga tushgan vazir “Tavba!” debdi-yu, shoh oldiga kirganda, uni ham taajjublantiray deb, sariq qarg`a haqidagi gapni oqizmay-tomizmay so`zlab beradi. Lekin u o`ttiz to`qqizta emas, bitta qo`shib sariq qarg`a to`nka ostidan chiqqanini hayratomuz ohangda bayon etadi. Shoh nihoyatda taajjublanadi va buni anig`iga yetishni istaydi. Yasovullar hech qancha vaqt o`tmay, mullani zang`illatib saroyga olib kelishadi. Shoh undan qirqtqta sariq qarg`a haqida so`raydi.

- Sariq qarg`a ko`rganim rost, lekin u bitta edi,- deydi mulla saqolini tutamlab. Shoh vazirdan so`raganda, vazir devonbegidan eshitganini va bitta qo`shganini aytadi.Su tarzda voqea zanjirining xalqasi cholning kampiriga yetganda, u ham cholining bitta sariq qarg`a deganini bitta qo`shib yuborganini duduqlana-duduqlana bayon etadi.

Shunda chol boshini sarak-sarak qilib kuladi-da, shohga yuzlanadi:



  • Shohim, ishonchli ikki kishingizni menga qo`shib bersangiz, o`sha to`nka yoniga borib kelsak, keyin sariq qarg`a haqidagi bor gapni aytib beraman,-deydi.

Chol ishonchli odamlar bilan to`ngak yoniga kelgach, to`ngak tomiriga omonat qo`yilgan katta kesakni olib, kavakda sap-sariq oltin bilan liq to`lgan bir xumcha turganini hamma ko`rib, hayratdan yoqalarini ushlashadi.

Oltin to`la xumchani olishib, shoh huzuriga kelishadi. Oltinli xumchani ko`rib shoh taajjublanadi. Shunda chol: ”Shohim, sariq qarg`a shu bir xum oltin edi. Uning faqat bittagina ekanligini ishonchli odamlaringiz o`z ko`zlari bilan ko`rdilar Agar men to`g`risini aytganimda bormi qirq xum oltin topibdi degan ovoza tarqalar, siz esa qolgan o`ttiz to`qqiz xum tilla uchun noo`rin darg`azab bo`lardingiz. Shu bois ham, haqiqat qilinguncha belim sinmasin deb, bir yo`l qilgan edim. Mana, oldingizda o`sha bitta “sariq qarg`a”, shohim!”

Shoh tadbirkor va zukko mullaga ofarin aytib, uni munosib taqdirlabdi. Ha, mish-mish insonning xavfli dushmani ekanligiga yana bir bor amin bo`lyapmiz.

FIKR-SHOU
Har bir guruhga 3 daqiqa vaqt belgilanadi. Shu vaqt ichida ular o`z xulosasiga ega bo`lishi kerak. Guruhlar fikri ninglangach, yagona xulosa chiqariladi.


  1. Faraz qiling, siz bir xum tilla topdingiz nima qilgan bo`lardingiz?

  2. Siz haqingizda mish-mish bo`lishini istaysizmi, nima uchun?




Download 71.1 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 71.1 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mashq. Matnni sahnalashtiring , ajratib ko`rsatilgan so`z zamonlarini tahlil qiling va muhokama o`tkazing. Sariq qarg`a

Download 71.1 Kb.