• Logout
  • Nomi Turi Uzunligi, oralig‘i Uzunligi, oralig‘i Izoh
  • Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet34/62
    Sana03.02.2024
    Hajmi1,78 Mb.
    #150970
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62
    Bog'liq
    Методичка Маълумотлар ва билимлар банки 2

     
    Nazariy ma’lumotlar 
    “Oracle Application Express” dasturi “Oracle XE” ning ajralmas qismi 
    hisoblanadi. Ushbu vosita Oracle dasturlarini loyihalash, ishlab chiqish va 
    joylashtirish imkonini beruvchi tezkor dasturiy ta’minotdir. “Application 
    Express” shuningdek, ma’lumotlar bazasini boshqarishning yordamchi 
    dasturlari, foydalanuvchi boshqaruvi, ma’lumotlarni yuklab olish va 
    boshqalar kabi bir qator ma’muriy vositalarni o‘z ichiga oladi. 
    “Application Express” dasturini ishga tushiring. 
    Tizimga kirish uchun login va parolingizni kiritasiz, so‘ngra “login” 
    tugmasini bosing. Aloqa o‘rnatilgandan so‘ng, “Application Express” 
    ma’lumotlar bazasining bosh sahifasini namoyon bo‘ladi (6.1-rasm). 
    6.1-rasm “Oracle express” bosh sahifasi 
    Tizim ishini yakunlash va undan chiqish uchun Logout tugmasidan 
    foydalaniladi. 
    ORACLE ma’lumotlarning turlari 


    Oracle ma’lumotlarning turlariga ko‘pgina relyatsion ma’lumotlar 
    bazasida qo‘llaniladigan ma’lumot turlarini keltirishimiz mumkun: CHAR, 
    VARCHAR2, 
    NUMBER, 
    BINARY_FLOAT, 
    BINARY_DOUBLE, 
    DATE, TIMESTAMP, CLOB, BLOB, BFILE. 1-jadvalda Oracle 
    ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar turlari batafsil bayon qilingan. 
    1-jadval 
    Nomi 
    Turi 
    Uzunligi, oralig‘i 
    Uzunligi, 
    oralig‘i 
    Izoh 
    CHAR 
    belgili 
    Ruxsat etilgan 
    uzunlikdagi satrlarni 
    2000 baytgacha, 
    standart qiymat 1 ga 
    teng 
    Maydonning barcha satrlari 
    bir xil uzunlikda bo‘lganda 
    foydalanilishi lozim 
    VARCH
    AR2 
    O‘zgaruvchan 
    uzunlikdagi 4000 
    baytgacha bo‘lgan 
    belgilar satrlarini 
    saqlash; maydon 
    o‘lchamini ko‘rsatish 
    majburiydir 
    Nomlar va manzillar kabi 
    o‘zgaruvchan uzunlikdagi 
    belgilar satrlarini saqlaydigan 
    maydonlar uchun ishlatiladi. 
    NUMBE

    raqamli 
    38 xonaga qadar 
    aniqlik (38 raqamdan 
    iborat maksimal 
    aniqlik) 
    Berilgan NUMBER maydon 
    uchun maqbul raqamlarni 
    cheklash. Aniqlik va 
    o‘lchovni aniqlash uchun 
    mumkin. Aniqlik raqamning 
    umumiy sonini bildiradi va 
    o‘lchov – kasr nuqtasidan 
    keyin raqamlarning sonini 
    aniqlaydi. Agar aniqlik 
    NUMBER maydonida 
    ko‘rsatilgan bo‘lsa, lekin 
    o‘lchov miqdorda 
    ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
    standart holatda u 0 (nol) ga 
    teng bo‘ladi. 
    BINAR
    Y_FLO
    AT 
    6 xonagacha aniqlik 
    “Oracle” ning (NUMBER) 
    tipidan ko‘ra haqiqiy sonlar 
    bilan yuqori aniqlikda 
    ishlovchi turi 
    BINAR
    Y_DOU
    BLE 
    13 xonagacha aniqlik 
    DATE 
    vaqt va 
    sana 
    Yil, oy, kun, soat, daqiqa va 
    soniya kabi vaqt bilan bog‘liq 
    ma’lumotlarni saqlaydigan 
    maydonlar uchun qo‘llaniladi. 
    TIMEST
    AMP, 
    TIMEST
    AMP 
    vaqt va 
    sana 
    vaqt zonalari, vaqt birliklari 
    bilan ishlash 


    WITH 
    TIME 
    ZONE, 
    TIMEST
    AMP 
    WITH 
    LOCAL 
    TIME 
    ZONE 
    CLOB 
    Multim
    ediali 
    axborot 
    8TB – 128TB gacha
    Bitta baytli katta belgi 
    obyektlarini (CLOB) saqlash 
    uchun foydalaniladi, masalan, 
    ma’lumotlar bazasi blokining 
    o‘lchamidan 400 marta 
    kattaroq hujjatlarni saqlash 
    BLOB 
    8 Tbaytdan – 128 
    Tbaytgacha 
    Katta o‘lchamli ikkilik 
    moslamalarni (BLOB) 
    saqlash uchun foydalaniladi, 
    masalan, o‘lchamlari 
    ma’lumotlar bazasi blokining 
    o‘lchamidan 400 marta 
    bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
    grafikalar, videokliplar yoki 
    ovozli fayllar 
    BFILE 
    Ma’lumotlar bazasidan 
    tashqaridagi tashqi fayllar 
    tomonidan boshqariladigan 
    LOB obyektlariga fayllarga 
    ko‘rsatgichlarini saqlash 
    uchun foydalaniladi. 
    Masalan, BFILE maydonida 
    CD–ROMda saqlangan 
    rasmdagi havolalar (fayl 
    nomlari) ro‘yxati bo‘lishi 
    mumkin. 
    Oracle Application Express ning Object Browser utilitasi yordamida 
    jadval yaratish jarayonini ko‘rib chiqaylik: 
    1. Create – table buyrug‘ini tanlang; 
    2. Create table muloqotli oynasida Table Name maydoniga jadval 
    nomini, Column Name maydoniga jadval maydonlari nomi, Type 
    maydoniga esa, jadval maydoni turlarini, Scale maydoniga ma’lumotlar 
    uzunligini kiriting. Jadval maydonlarini kiritib bo‘lgandan so‘ng, Next 
    tugmasini bosing; 
    3. Primary key muloqotli oynasidan jadvalning bosh kalit maydonini 
    ko‘rsatish zarur. Buning uchun “Populated from a new sequence” ni tanlab, 
    Primary Key maydonida jadvalning bosh kalit maydonini tanlash lozim. 


    Natijada bosh kalit maydon o‘rnatilib, uning uchun alohida ketma-ketlik 
    (sequense) generatsiya qilinadi. Bu har yozuvga kalit maydonning qiymatini 
    avtomatik holda bir qadam bilan o‘sib borishini ta’minlaydi. Next tugmasini 
    bosing. (6.2-rasm) 

    6.2-rasm. Bosh kalitni yaratish oynasi 
    4. “Foreign Key” oynasida jadvalning tashqi kalitlarini ko‘rsatish 
    mumkin. Agarda jadvalda tashqi kalitlar bo‘lmasa, Next tugmasi bosiladi. 
    5. “Constraints” oynasida biror cheklovlarni o‘rnatish mumkin. Agarda 
    jadvalda hech qanday cheklovlar belgilanmagan bo‘lsa, Finish tugmasini 
    bosing; 
    6. “Confirm” oynasida yaratilayotgan jadvalni tasdiqlash so‘raladi. SQL 
    tugmasini bosib, jadval yaratish uchun generatsiyadan sql kodni ko‘rishingiz 
    mumkin. Agarda hammasi joyida bo‘lsa, Create tugmasini bosing. 

    Download 1,78 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   62




    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli

    Download 1,78 Mb.
    Pdf ko'rish