4.
Avvalgi laboratoriya ishida berilgan so‘rovlarni
Query Builder
yordamida bajaring;
5.
Loyihalash panelining turli bo‘limlarini o‘rganib chiqing (Conditions,
SQL, Results, SavedSQL);
6.
“Query Builder yordamida so‘rovlar yaratishni o‘rganish” hisobotini
tayyorlang;
7.
Nazorat savollariga javob berib, laboratoriya ishini himoya qiling.
Nazariy ma’lumotlar
Oracle
Application
Expressning
Query
Builder
utilitasi
foydalanuvchilarga SQL so‘rovlar yaratish imkonini beradi. Buning uchun
SQL – Query Builder buyrug‘ini bajaring.
Query builder oynasining asosiy komponentlari quyidagilar:
•
Obyektlarni tanlash paneli: oynaning chap tarafida joylashgan
bo‘lib, sql so‘rovda qatnashuvchi obyektlarni
tanlash imkonini beradi
(jadval, ko‘rinish va hokazo);
•
Loyihalash paneli: tanlangan obyektlarni oynaning o‘ng tarafida
ko‘rsatadi.
•
So‘rovni chiqarish paneli: loyihalash paneli ostida joylashgan bo‘lib,
4 ta bo‘limdan iborat bo‘ladi:
• Conditions – so‘rovda shart o‘rnatish imkonini beradi;
• SQL – foydalanuvchi tomonidan loyihalangan so‘rovning sql
ko‘rinishi avtomatik tarzda yaratiladi. Bu so‘rovni
tahlil qilish imkonini
beradi;
• Results – foydalanuvchi tomonidan loyihalangan so‘rov natijasini
ko‘rsatadi;
• Saved sql – tizimda avval saqlangan SQL so‘rovlarni ishga tushirish
imkonini beradi;
•
Hоmе, Logout va help tugmalari: sahifaning yuqori o‘ng burchagida
Oracle Application Express dasturining bosh sahifasiga o‘tish (home),
tizimdan chiqish (logout) hamda tizim haqida ma’lumot olish (help)
tugmalari joylashgan;
•
Save va Run tugmalari: “Query Builder” da yaratilgan so‘rovlarni
ishga tushirish hamda saqlash imkoniyatini beradi.
“Query Builder” yordamida quyidagi so‘rovlarni yaratish mumkin:
• jadvaldagi barcha maydonlar yoki bir nechta
maydonlarni chiqarish
uchun;
• maydonlarni ALIAS (nomlab) bilan chiqarish;
• so‘rovning WHERE shartida AND operatorini qo‘llash;
• sodda guruhlash amallarini bajarish;
• bir nechta jadvallarni bog‘lab, so‘rovlar yaratish (INNER JOIN,
OUTER JOIN);
“Query builder” yordamida quyidagi so‘rovlarni yaratib bo‘lmaydi:
• so‘rovning WHERE shartida OR operatorini qo‘llash;
• SELECT ifodasida maydonlar ustida arifmetik amallar bajarish, ikki
va undan ortiq maydonlarni birlashtirish;
• DML yordamida ma’lumotlarni o‘zgartirish operatorlari: INSERT,
UPDATE, DELETE;
• GROUP BY operatorida HAVING operatoridan foydalanish;
“Query Builder” da grupp va student jadvallaridan talabalar va guruhlar
haqidagi so‘rovni tuzish ketma-ketligi:
1. “Query builder” ni ishga tushiring. Obyektlarni tanlash panelidan
grupp va student jadvalarini tanlang. Ushbu jadvallarning SQL so‘rovda
qatnashuvchi mos maydonlarini tanlang (name, sname – student jadvalidan,
name_gr – grupp jadvalidan);
2. Jadvallarni o‘zaro bog‘lash uchun jadvallarning
bosh va tashqi
kalitlari o‘rtasida bog‘lanish o‘rnating;
• “Condition” bo‘limining “Sort Type” xossasida maydondagi
ma’lumotlarni tartiblash usulini ko‘rsating;
• So‘rovni bajarish uchun RUN tugmasini bosing;
Join turlari bilan ishlash (OUTER JOIN)
Natija:(Right outer join)